Xalqaro jurnalistika


Download 55.29 Kb.
bet3/7
Sana26.01.2023
Hajmi55.29 Kb.
#1124660
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Razzoqova E\'zoza Referat

Bilish va bilim. Bilishning moxiyati, shakllanish va rivojlanish konuniyatlari, xususiyatlarini o’rganish falsafa tarixida muxim o’rin egallab kelmoqda. Inson o’z bilimi tufayli borlik, tabiat, jamiyatni va nixoyat, o’z-o’zini o’zgartiradi. Bilishga qaratilgan inson faoliyatini va uni amalga oshirishning eng samarali usullarini tadqiq etish falsafa tarixida muxim axamiyatga ega. SHu bois xam falsafaning bilish masalalari va muammolari bilan shug’ullanuvchi maxsus soxasi - gnoseologiya vujudga keldi. Inson bilishi nixoyatda ko’p qirrali, murakkkab va ziddiyatli jarayondir. Gnoseologiya asosan, bilishning falsafiy muammolarini xal etish bilan shug’ullanadi. Xar bir tarixiy davr jamiyatning rivojlanish extiyojlaridan kelib chikib, gnoseologiya oldiga yangi vazifalar qo’yadi.
Xususan, XVII asr o’rtalarida Yevropalik faylasuflar ilmiy bilishning axamiyati, haqiqiy ilmiy bilishlar xosil qilishning usullarini o’rganish, ilmiy xaqiqat mezonini aniqlash bilan shug’ullandilar. Tajribaga asoslangan bilimgina haqiqiy bilimdir, degan g’oyani olg’a surdilar. XVIII asr mutafakkirlari ilmiy bilishda inson aqli imkoniyatlariga, ratsional bilishning xissiy bilishga nisbatan ustunligiga aloxida urg’u berdilar. Buyuk nemis faylasufi I. Kant bilish natijalarining xakikiyligi xususida emas, balki insonning bilish qobiliyatlari xaqida baxs yuritdi.
Bilish nima? Bilish insonning tabiat, jamiyat va o’zi to’g’risida bilimlar xosil qilishga qaratilgan aqliy, ma’naviy faoliyat turidir. Inson o’zini qurshab turgan atrof-muxit to’g’risida bilim va tasavvurga ega bo’lmay turib, faoliyatning biron-bir turi bilan muvaffaqiyatli shug’ullana olmaydi. Bilishning maxsuli, natijasi ilm bo’lib, xar qanday kasb-korni egallash faqat ilm orqali ro’y beradi. SHuningdek, bilish insongagina xos bo’lgan ma’naviy extiyoj, xayotiy zaruriyatdir. Insoniyat ko’p asrlar davomida orttirgan bilimlarini umumlashtirib va keyingi avlodlarga berib kelganligi tufayli xam o’zi uchun kator kulayliklarni yaratgan. Inson faoliyatining xar kanday turi muayyan ilmga tayanadi va faoliyat jarayonida yangi bilimlar xosil qilinadi. Kundalik faoliyat jarayonida tajribalar orqali bilimlar xosil qilish butun insoniyatga xos bo’lgan bilish usulidir. Bilimlar bevosita xayotiy extiyojdan, farovon xayot kechirish zaruratidan vujudga kelgan va rivojlangan. Insoniyatning ancha keyingi taraqqiyoti davomida ilmiy faoliyat bilan bevosita shug’ullanadigan va ilmiy nazariyalar yaratuvchi aloxida sotsial gurux vujudga keldi. Bular ilm-fan kishilari bo’lib, ilmiy nazariyalar yaratish bilan shug’ullanadilar.
Bilishning 2 shakli mavjud:
1. kundalik (empirik) bilish;
2. nazariy (ilmiy) bilish.

Download 55.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling