Xalqaro jurnalistika
Download 55.29 Kb.
|
Razzoqova E\'zoza Referat
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Gnoseologiya»
Tashkent davlat sharqshunoslik universiteti “Xalqaro jurnalistika” fakulteti Falsafa fanidan Mustaqil ish Mavzu: Bilish ijodiy jarayon sifatida Topshirdi: Sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti xitoy-ingliz guruh 2-bosqich talabasi Razzoqova E’zoza REJA: 1. Ong va xotira. Ijtimoiy va individual ong 2. Bilish va bilim, ularning falsafiy talqini 3. Inson bilishining darajalari Xulosa Adabiyotlar Kirish
Ong nima? Inson azal-azaldan o’zigagina xos bo’lgan ongning nima ekanligi to’g’risida o’ylab, bahslashib keladi. Bu bahslarning bir jixati, ong tabiat maxsulimi yoki inson ongi iloxiy yaratilganmi? degan masaladan iborat. Ikkinchi jixati esa, inson dunyoni doimo bir xil anglaganmi? Ya’ni asrlar davomida inson ongi takomillashib kelganmi yoki xamon o’sha-o’shami? degan muammo bilan bog’liq. “O’zingni bilsang, olamni bilasan”, degan edi Suqrot. Aforizmga aylanib ketgan bu fikr ortida olam kabi inson xam siru sinoatlarga boy, u O’zini bilish orqali olam moxiyatini anglashga yo’l ochishi mumkin, degan g’oya yotibdi. SHu ma’noda, inson O’zini tashki olamdan ajratib, aloxida bir mo’jiza va tadkikot mavzui sifatida Urganishga xarakat kila boshlagan paytdan buyon uni o’ylantirib kelayotgan muammolardan biri ongning moxiyati, uning kelib chikishi masalasidir. SHu nuqtai nazardan karaganda, ongning tabiatini anglash masalasi eng qadimiy falsafiy masalalardan biri, deyish mumkin. Garchand ong va uning turli xususiyatlari insonga xos xodisa sifatida psixologiya, adabiyot, sotsiologiya kabi fanlarning tadqikot mavzui doirasiga kirgan bo’lsa-da, ongning moxiyati, uning turli ko’rinishlari o’rtasidagi munosabat kabi masalalarni o’rganish bilan aynan falsafa shug’ullanadi. Bunday karashlarning ildizi juda qadimiy bo’lsa-da, ular xamon o’zining ko’plab tarafdorlariga ega. Zero, u olam va odamning yaratilganligi masalasi bilan bevosita bog’likdir. Kimda-kim olam va odam yaratilganligini tan olar ekan, ong xam yaratganning kudrati ekanligini tan olishi tabiiy. Ong moddiylikning miyada aks etishi deb tushunishda, uning moxiyati inson tanasi faoliyati bilan bog’lab talkin etiladi. Bunday karashlar xam qadimiy ildizlarga ega. XVIII asrga kelib ongni bevosita inson miyasi faoliyati bilan bog’lashga xarakat kilgan karashlar xam shakllandi. Ayni paytda materialistik yo’nalish nomini olgan bunday yondashuvlar doirasida ongning moxiyatini buzib talkin qilish xollari xam paydo bo’lgan. Falsafa tarixida Vulgar materializm deb nom olgan okim namoyandalarining qarashlari bunga misol bo’la oladi. Ularning fikricha, xuddi jigar safro ishlab chiqargani kabi, miya xam ongni ishlab chikaradi. Bunday yondashuv natijasida ong ideal emas, balki moddiy xodisa, degan xulosa chiqadi. Vaxolanki, safroni ko’rish mumkin, ammo ongni ko’rib xam, ushlab xam, o’lchab xam bo’lmaydi. Xo’sh, ong tarixan qachon va qanday omillar ta’sirida shakllangan? U xaqiqatan xam miya bilan bog’likmi? 1. Ong va xotira. Ijtimoiy va individual ong Ong tarixi insonning inson bo’lib shakllana boshlashi tarixi bilan bog’likdir. Uzoq vaqt davomida inson, uning ongi planetar, ya’ni Yer shari doirasidagi xodisa sifatida karab kelindi. Xozirgi zamon fani masalaga kengroq doirada yondashish zarurligini ko’rsatmokda. CHunki fan dalillari inson paydo bo’lishini faqat Yerda kechgan jarayonlar bilan cheklab qo’yish to’g’ri emasligini, u koinot evolyusiyasining tabiiy xosilasi ekanligini tobora chuqurrok isbotlamoqda. Inson biologik va ijtimoiy xarakatning tashuvchisi ekan, xarakat shakllari O’rtasidagi uzviy alokadorlikni, uning yukori shakllari quyi shakllariga bog’likligini, tayanishini, ulardan o’sib chiqishini unutmaslik lozim. Boshqacha aytganda, ular o’rtasida uzviy aloqadorlik mavjud. Ong tarixi Quyosh sistemasi va unda millionlab yillar davomida sodir bo’lgan o’zgarishlardan xam ayricha olib qaralishi mumkin emas. Aynan mana shu jixatdan olganda, ongning shakllanishini kosmik xodisa sifatida karash xam mumkin. Ong in’ikosning oliy shaklidir. Xo’sh, in’ikos deganda nima tushuniladi. In’ikos muayyan ta’sir natijasida paydo bo’ladi. Buning uchun esa, xech bo’lmaganda, ikkita ob’ekt bo’lishi va ular o’rtasida o’zaro ta’sir bo’lishi lozim. Eng umumiy ma’noda, xar qanday predmetlarning u bilan ta’sirlashuvda bo’lgan boshqa predmetlarning ta’sirini muayyan tarzda aks ettirishi bilan bog’lik xossasiga inikos deyiladi. SHu ma’noda in’ikos xamma joyda mavjud. Ayni paytda xar bir xolatda u o’ziga xos xususiyatga egadir. CHunonchi, notirik tabiatdagi in’ikos bilan tirik tabiatdagi in’ikos bir-biridan tubdan farq kiladi. Notirik tabiatda in’ikos oddiyligi bilan ajralib tursa, tirik tabiatda u murakkab xarakter kasb etadi, o’z navbatida, uning o’ziga xos, yuqori shakli bo’lgan ongning paydo bo’lishiga imkoniyat yaratdi. Inson miyasi nozik, murakkab tuzilishga ega bo’lgan tizimdir. Aynan uning murakkabligi ong paydo b’lishi mumkinligining asosiy shartidir. Bunday xolat xam uzoq davom etgan evolyusiyaning tabiiy xosilasidir. Ammo yuksak darajada tashkil topgan miyaning o’zi xam xali ong paydo bo’lishi uchun etarli emasligini unutmaslik lozim. Bu miya normal funksional faoliyat ko’rsatishi zarur. Va nixoyat, normal funksional faoliyat ko’rsatuvchi miya soxibi ijtimoiy munosabatlarga tortilgan bo’lishi shart. Ong psixik in’ikosning o’ziga xos, yuksak shaklidir. Ammo, bu psixika va ong tushunchalarini aynanlashtirish uchun asos bo’la olmaydi. Negaki, psixika xayvonlarga xam xosdir. Gap inson psixikasi haqida ketganda xam, u ong tushunchasiga nisbatan keng qamrovlilik kasb etishini unutmaslik lozim. Download 55.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling