Xalqaro kredit munosabatlari
Download 17.91 Kb.
|
dokument microsoft word 3
Xalqaro kredit munosabatlari Xalqaro moliya-kredit munosabatlari deganda, dunyo moliya va kredit bozorlarida kapital qarz berish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar tushuniladi. Xalqaro kredit bozorida mamlakatlar o‘rtasida qaytarib berish sharti, muddati, qarz foizi ko‘rsatilgan pul kapitallarining harakati kuzatiladi. Xalqaro kredit – bir mamlakatdagi kreditorning boshqa mamlakatdagi qarz oluvchiga qaytarishlik, moddiylik va foiz to‘lash shartlari bilan beriladigan pul yoki tovar ko‘rinishidagi ssudadir. Ssuda mablag‘i (sarmoyasi) – mamlakatning xalqaro qarzlar, kreditlar shaklida chiqaradigan yoki kirishadigan hamda ssuda foizi keltiradigan kapital. Xalqaro kredit feodalizm davrida paydo bo‘lgan xarbiy yurishlarning hamda monarx va zadoganlar saroylari xarajatlarini qoplash uchun qarzga mablag‘lar olingan. Bozor munosabatlari rivojlanib borishi bilan xalqaro kredit tashqi savdoga xizmat ko‘rsata boshladi va jahon xo‘jaligi aloqalarining muhim unsuriga aylandi. Bunday kredit turi mamlakatlardagi kreditorlar bilan qarz oluvchilar o‘rtasida muayyan muddatga hamda foiz to‘lash shartlari bilan ssuda, berish foydalanish va uni qaytarish bo‘yicha paydo bo‘ladigan munosabatlarini ifoda etadi. Shunday qilib, ssuda mablag‘ini chiqarish boshqa mamlakatlar xukumatlari yoki tadbirkorlariga qisqa yoki uzoq muddatli qarzlar berilishini bildiradi. Chetga mablag‘ chiqarish XX asr boshlarida avj oldi. Dastlab ssuda mablag‘ini chetga chiqarish aksariyat xususiy shaklida, ya'ni davlatning aralashuvisiz olib bordi. Keyinchalik bunday faoliyat xalqaro kredit munosabatlariga tobora ko‘proq aralasha boshlagan xukumatlar tomonidan rag‘batlantirila boshladi. Xorijiy kreditlar bir qancha toifalarga bo‘linadi. Jahonda u yoki bu mamlakat boshqa mamlakatning iqtisodiy dasturlariga yordam berish maqsadlarida moliyaviy vositalar berish ishi keng tarqalgan. Bunday hollarda davlatlararo shartnomalar tuziladi. Shartnoma moliya resurslari beradigan ixtisoslashgan xukumat moliya muassasalariga ajratiladigan kreditlarni berish va sug‘urtalash hamda kafolatlarni ta'minlashiga asoslanadi. Bunday ixtisoslashgan xukumat moliya muassasalaridan KFW yoki AKA banklarini (Germaniya), Hermes (Germaniya), SACE (Italiya), ECGD (Buyuk Britaniya), EID/MITI (Yaponiya), CESCE (Ispaniya) kabi eksportni kreditlash vakilliklarini sanab o‘tish mumkin. AQSh, Yaponiya, Turkiya va boshqa mamlakatlardagi eksport-import banklari, EDS (Kanada) kabi vakilliklar esa loyihalarni bevosita kreditlashni ta'minlaydi. Odatda bunday moliyalashtirish kreditni oladigan mamlakat xukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan kafolat asosida amalga oshiriladi. Bunday ishga faqat katta oltin valyuta zahiralariga va boshqa likvid aktivlarga ega bo‘lgan mamlakatgina qo‘l urishi mumkin. O‘zbekistonda moliyalashning shunday usuli asosida bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Germaniya, Yaponiya, AQShdagi eksport-import banklari birgan kredit resurslari yordamida iqtisodiy infratuzilma sohasida g‘oyat muhim loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu borada telekommunikasiya tarmog‘ini yangilash bo‘yicha bir qator loyihalarni, jumladan, Transosiyo Yevropa shisha tolali aloqa yo‘lining O‘zbekiston xududi orqali o‘tadigan qismini ko‘rish, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini rekonstruksiyalash va zamonaviylashtirish, Buxoro neftni qayta ishlash zavodini qurish, Ko‘kdumaloq neft' konini ishga solish, «Toshkent» aeroportini qayta qurish va boshqa loyihalarni sanab o‘tish mumkin. Tashqi investisiya qarzlarini yana boshqa bir toifasi mavjud. U ham bo‘lsa xalqaro moliya muassasalari u yoki bu mamlakatlardagi investisiya loyihalarni kreditlaydi. O‘zbekistondagi loyihalarni moliyalashni amalga oshiradigan yoki amalga oshirish mumkin bo‘lgan to‘rtta eng nufuzli xalqaro muassasani ko‘rsatib o‘tish mumkin: Jahon tiklanish va taraqqiyot banki. Xalqaro taraqqiyot vakilligi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo rivojlanish banki. Chetdan olingan qarzlar muayyan tavakkalchilik bilan bog‘liq, shuning uchun davlat yoki xususiy tarmoq doirasida undan chet el investisiyalaridan oqilona foydalanilmaslik mamlakatga juda qimmatga tushishi mumkin. Korxonalar tomonidan haqiqiy kafolatlar bo‘lmaganda zararni davlatning o‘zi, uning byudjeti ko‘taradi. Shu sababli chet el investisiyalari sohasidagi xalqaro ekspertlar tavakkallikni davlat byudjetidan kreditorlar, xususiy qarzdorlar va sarmoya bozorlariga ko‘chirishni strategik yo‘nalish tarzida maslahat beradi. Sarmoya bozoridan mablag‘larni xususiy tadbirkorlik tuzilmalari tomonidan jalb etilishi va qimmatli qog‘ozlar bozori vositachiligida taqsimlanishi davlat nochor korxonalarini saqlab qolish bilan shug‘ullanmagan sharoitlarda aholini samaraliroq himoya qilishga imkoniyat beradi. Tadbirkorlik sarmoyasini chiqarish uning chet ellarda uzoq muddatga ishlab chiqarish, savdo, moliya ob'ektlariga sarflanish demakdir. Sarmoya eksporti bevosita va portfel' investisiyalari shakllarida amalga oshiriladi. Xorijiy korxonaga qo‘yilgan kapital mablag‘ni investorlar nazorat qilsa, bunday kapital qo‘yilmalar bevosita chet el investisiyalari deyiladi. Xalqaro statistikada investisiyalarni «bevosita» turga kiritishning quyi «ostonasini» belgilashga har xil yondoshuvlar bor. Odatda bu ko‘rsatkich 10 va 25 foiz o‘rtasida o‘zgarib turadi. Bizning qonunlarimizga ko‘ra kompaniya aksiyalangan kapitalining kamida 10 foizini chet el investisiyalari tashkil etganda bevosita chet el investisiyalari deb hisoblanadi. shuningdek shu korxonaning menejmentida bevosita ishtirok etish, amalga oshirilayotgan investisiyalarini uzoq muddatli ekanligi ham ularning muhim belgilari hisoblanadi. Investisiyaning bu ko‘rinishi tavakkalchilikni, investisiyalardan foydala-nish samaradorligi uchun ma'suliyatni davlat va aholi zimmasiga yuklamasdan, tadbirkorlik tuzilmalari o‘rtasida taqsimlashning eng yaxshi va sinalgan vositasi hisoblanadi. Ularning hajmi jahon bo‘yicha barqaror o‘sib bormoqda, bu esa biznesning jahon miqyosida umumlashishi jarayonini turli mamlakatlar iqtisodiyotining o‘zaro aloqadorligi va o‘zaro ta'sirini kuchaytirmoqda. Hisob – kitoblarga qaraganda, 1990 yil o‘rtalariga kelib bevosita chet el investisiyalarining umumiy miqdori 2,5 trillion AQSh dollariga teng bo‘ldi. Savdo, hisob-kitob va to‘lov balanslari. Mamlakatning xalkaro xisob-kitoblardagi o‘rnini baxolashda birinchi navbatda eksport va importning nisbatini aniklash zarur bo‘ladi. Chet eldan tovarlar kirib kelishini va chet elga tovarlar sotilishi xajmlari xisob-kitob kilish natijasida savdo balansi kelib chiqadi. Savdo balansi doimiy ravishda bojxona idoralarining savdo buyicha statistikani yigish va ishlab chikishi asosida amalga oshiriladi. Savdo balansi eksport bilan importning farki sifatida juda kam ma'lumotga ega bo‘ladi. Ammo, u umumiy vaziyatning muxim bosh ko‘rsatkichi bo‘lib xisoblanadi, chunki xalkaro iktisodiy munosabatlarning 80 % ini savdo tashkil kiladi. Savdo balansining sal'dosini keltirib chikarishda ba'zi bir murakkabliklar yuzaga keladi, chunki dunyo statistikasida eksport fob baxolarida xisobga olinadi, ya'ni transport, sugurta xarajatlari xisobga olinmagan buladi. Import esa sif baxosida xisobga olinadi, unda sugurta, transport ijarasi (fraxt) xisobga olingan buladi. Fraxt va sugurta baxolari o‘rtasidagi fark tovarlar umumiy kiymatining o‘rtacha 10 % ini tashkil kiladi va yakuniy xisob-kitobda e'tiborga olinadi. Savdo sal'dosi to‘lov balansining umumiy yakunlarini asosan belgilab beruvchi kismi xisoblanadi, lekin savdo sal'dosi salbiy bo‘lishi umumiy kamomadning kelib chikishini bildirmaydi. Masalan, Buyuk Britaniya XIX – asrning oxirgi o‘ttiz yilligida savdo balansi bo‘yicha ko‘p vaktlargacha salbiy sal'doga ega bo‘lib keldi, lekin u boshka manbalardan, shu jumladan, xizmat ko‘rsatish soxasi xisobidan bemalol koplanar edi. AKSh ikkinchi jaxon urushidan keyin tashki savdoda doimo ijobiy sal'doga ega bo‘lib kelgandi, lekin u kapital eksporti va chet mamlakatlardagi xarbiy bazalarni saklash uchun sarf kilinib, ijobiy sal'doni yo‘kka chikardi. Eksport – import bitimlari kiymatining «ko‘rinmas» savdo (xizmatlar) bilan to‘ldirilishi savdo va xizmatlar balansini keltirib chikaradi. Xizmatlar bilan savdo kilish o‘z ichiga chet elga sayyoxatlar, dengiz yuk tashishlari va moliya bilan bog‘lik xarajatlarni oladi. Masalan, O‘zbekistonlik sayyoxlar chet elllarda bo‘lib, ularning tovar va xizmatlarini sotib oladilar va import uchun xarajat kilgan bo‘ladilar, o‘z navbatida chet ellliklar xam O‘zbekistonga kelib tovarlar va xizmatlar sotib olib o‘zlariga import kiladilar. Xuddi shunday ravishda dengiz kemachiligiga ega mamlakatlarning kemalari boshkalarga yuk tashib berib xizmat eksport qiladilar. Ba'zi mamlakatlar uchun «xizmatlar» bo‘limi juda katta xajmda bo‘ladi. Masalan, o‘z xududidan katta mikdorda sayyoxlik okimlari o‘tuvchi mamlakatlarda turizmdan tushadigan mablaglar juda katta o‘rin tutadi. Gresiya va Ispaniyada chet el sayyoxlaridan tushadigan tushumlar tovar eksporti kiymati xajmining 60-80 % ini tashkil kiladi. Tovarlar savdosidan farkli ravishda xizmatlar savdosi bo‘yicha ma'lumotlarni olish fakat bilvosita xisob-kitoblar orkali bo‘ladi, bu esa balansni tuzish vaktini cho‘zib yuboradi. Tovarlar va xizmatlar balansini chikarish birinchi navbatda milliy daromad xisob – kitobining jami xarajatlar (extiyojlar) ko‘rsatkichi uchun muximdir. Bu ko‘rsatkichning axamiyati xam cheklangan bulib, fakat boshka ko‘rsatkichlar bilan birgalikda foydalanish mumkin bo‘ladi. Download 17.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling