17-mavzu. Xalqaro hamkorlik siyosati


Download 20.7 Kb.
bet1/3
Sana15.06.2023
Hajmi20.7 Kb.
#1482075
  1   2   3
Bog'liq
17-mavzu.ISK. Xalqaro hamkorlik siyosati


17-mavzu. Xalqaro hamkorlik siyosati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29-iyun 2020-yildagi PF-6013-sonli Farmoniga asosan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil topib, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish, davlat organlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa nodavlat sektor vakillarining birgalikdagi samarali faoliyatini taʼminlash, shuningdek, mazkur sohadagi xalqaro hamkorlik uchun masʼul boʻlgan maxsus vakolatli davlat organi etib belgilangan.
Agentlikni asosiy vazifalaridan biri - korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda mamlakatning imijini mustahkamlash va uning xalqaro reytinglardagi oʻrnini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish hisoblanadi.
Bugungi kunda Agentlik qator tashkilotlar bilan halqaro hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻydi:
- Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi,
- Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi (BMT TD),
- Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvand moddalar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi (BMT GJB),
- Birlashgan Millatlar Tashkilotning Bolalar jamgʻarmasi (YUNISEF),
- Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (EXHT) Oʻzbekistondagi loyihalar koordinatori idorasi,
- Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti
- Yevropa ittifoqi delegatsiyasi vakolatxonasi
- Yevropa kengashi hamda AQSH Davlat departamentining narkotik moddalar va huquqni muhofaza qilish masalalari boʻyicha byurosi (INL)
- AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)
- Jahon banki
- Xalqaro valyuta jamgʻarmasi
- Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki
- Germaniyaning Konrad Adenauer nomidagi jamgʻarmasining Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi
- Sloveniyaning “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat tashkiloti

Xalqaro tashkilotlar koʻmagida 3 ta Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihalari2 ta Vazirlar Mahkamasi loyihalari va boshqa hujjatlar, jumladan, Investitsiya loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish metodologiyasi hamda Oʻzbekistonning korrupsiyani qabul qilish Milliy indeksi metodologiyasi loyihalari ishlab chiqildi.




Download 20.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling