Vakolatxonasi ya. Mamatova, S. Sulaymanova
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- YUNESKONING O‘ZBEKISTONDAGI VAKOLATXONASI
- OLTIN O‘RTALIK SARI: O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarida gender munosabatlari
- MUNDARIJA
- KIRISH ............................................................................................... . . . . . . . .
- 4- bob: Manba va manzillar................................................................
- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
- SO‘Z BOSHI
- Abdul Vohid Xon, YUNESKO Bosh direktorining kommunikatsiya va axborot masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
ISBN 978-9943-4447-5-1 Tashkent, 2016 Original: Uzbek
YUNESKONING O‘ZBEKISTONDAGI VAKOLATXONASI YA.MAMATOVA, S.SULAYMANOVA OLTIN O‘RTALIK SARI: O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarida gender munosabatlari
O‘quv qo‘llanma
Toshkent-2015 ISBN 978-9943-4447-5-1
Ya.Mamatova, S.Sulaymanova, tuzuvchilar. Oltin o‘rtalik sari: O‘zbekiston OAVda gender munosabatlari. O‘quv qo‘llanma.- T.
Taqrizchilar:
O‘zbekistonda tub islohotlarni amalga oshirish, fuqarolik jamiyati, kuchli huquqiy davlat barpo etish jarayonida inson huquqlari va manfatlarini himoya qilish, erkaklar va ayollar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlash masalasi kun tartibidagi dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Mazkur o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston OAV faoliyatida gender munosabatlari mazmuni, tahririyatlardagi mavjud gender vaziyati, ayol-jurnalistlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, matbuot, televideniye, radio hamda Internet-jurnalistika materiallarida gender ziddiyatlar va stereotiplar, respublikamiz xotin-qizlar nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyati tahliliga bag‘ishlangan. Mamlakatimiz OAVning bu boradagi faoliyatiga xorijiy OAV tajribasiga tayangan holda baho berilgan. Qo‘llanma amaliyotchi-jurnalistlar, OO‘YU jurnalistika fakultetlari magistratura va bakalavriyat talabalari, OAV va ommaviy kommunikatsiya sohasi tadqiqotchilari, jurnalist kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi tinglovchilari uchun mo‘ljallangan. O‘quv qo‘llanma O‘zR OO‘MTVning Muvofiqlashtiruvchi kengashida muhokama qilingan va nashrga tavsiya etilgan (2015-yil “___”_________ dagi ......... -sonli bayonnomasi).
Millatlar Tashkilotining fan, ta’lim va madaniyat ishlari bo‘yicha tashkiloti tomonidan …..-yilda nashr etildi. 7, Place de Fontenoy, 75352 Paris 07 SP,France va YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi. O‘zbekiston,100037, Toshkent sh.,Ergashev ko‘chasi,9.
Mazkur nashr Attribution-ShareAlike 3.0 IGO (CC-BY-SA 3.0 IGO) ( http://creativecommons.org/licenses/by-sa/3.0/igo/ ) litsenziyasi ostida erkin foydalanish uchun mavjud. Ushbu nashrdan foydalanuvchilar YUNESKO kutubxonasidan erkin foydalanish qoidalariga rioya qilishlari shart ( www.unesco.org/open-access/terms-use-ccbysa-rus ).
Ushbu nashr YUNESKO tomonidan 2009-yilda chop etilgan “Oltin oraliqni ko‘zlab: jurnalistikada gender tengligi” o‘quv qo‘llanmasi”ning lokallashtirilgan ko‘rinishi.
Mazkur nashrda keltirilgan nomlar va berilgan ma‘lumotlar, biror bir mamlakatning huquqiy maqomi, hududi, chegaralari, shahar va tumanlari yoki ularning tegishli boshqaruv organlariga nisbatan fikr-mulohazalar YUNESKOning nuqtai nazarini ifoda etmaydi.
Ifoda etilgan fikr va qarashlarga tuzuvchilar mas’uldir. Ularning nuqtai nazari YUNESKOning rasmiy pozitsiyasiga to‘g‘ri kelmasligi mumkin hamda Tashkilotga hech qanday majburiyat yuklamaydi.
Mazkur nashr YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasining “O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash” dasturi doirasida Estoniya Respublikasi va Shveytsariyaning O‘zbekistondagi elchixonalari moliyaviy ko‘magida chop etildi.
ISBN 978-9943-4447-5-1
© Издательство «Extremum-press», 2016 г. © Я. Маматова, С. Сулайманова, 2016 г. © UNESCO 2016
MUNDARIJA
bet SO‘ZBOSHI ………………………………………………………………… MUQADDIMA...................................................................................................... MUNDARIJA
bet SO‘ZBOSHI ………………………………………………………………… MUQADDIMA...................................................................................................... KIRISH ............................................................................................... . . . . . . . . 1-bob. Ayollar ommaviy axborot vositalari va ayol jurnalistlar: xorijiy va milliy tajriba . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .. . . . . . . . . . . . . . . . 2-bob.O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarida gender stereotiplari............................................................................................. 3-bob. O‘zbekiston xotin-qizlarining turli jamoat uyushmalaridagi ishtiroki........................................................... . . . . . . . . . . . . 4- bob: Manba va manzillar................................................................ Xulosa............................................................................................................ Glossariy. . . . .. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . Ilovalar .. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
Gender tengligi YUNESKOning 2008-2013-yillarga mo‘ljallangan O‘rta muddat Strategiyasida ikki global ustuvor maqsaddan biri sifatida belgilangach, mazkur dolzarb masala tashkilot strategik faoliyatining eng qizg‘in jabhasiga aylandi. Mazkur ustuvor maqsadga erishish uchun ikki jihatga: gender bo‘yicha dasturlar va YUNESKO vakolatiga kiruvchi ta’lim, fan, madaniyat, kommunikatsiya va axborot kabi barcha sohalarga – strategik taraqqiyot, xabardorlikni oshirish, himoya va tadqiqotlardan tortib, ilmiy salohiyatni o‘stirish va ta’lim jabhalariga qadar – gender tengligi strategiyasini tatbiq etishga e’tibor qaratiladi. YUNESKO ushbu dolzarb maqsadga sodiq qolib, O‘rta muddat Strategiyasiga ilova sifatida o‘zining Gender tengligi bo‘yicha 2008-2013-yillarga mo‘ljallangan ustuvor Harakatlar Rejasini ishlab chiqdi. Mazkur reja O‘rta muddat Strategiyasida ko‘zda tutilgan olti yil davomida YUNESKOning gender tengligi bo‘yicha ezgu g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishda – amaliy va samarali faoliyatda yo‘l xaritasi vazifasini o‘taydi. YUNESKO odamlarni jinsiy mansubligiga ko‘ra kamsitishning har qanday shakllarini inson huquqlari buzilishi hamda tinchlik, barqaror taraqqiyot va xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan rivojlanish marralariga yetish yo‘lida ulkan g‘ov deb biladi. BMTning Ayollar ahvoli bo‘yicha IV umumjahon anjumanida (1995-yil 4-15- sentabr) bir ovozdan ma’qullangan Pekin Deklaratsiyasi hamda Harakat Platformasi hamisha e’tiborimizda. Deklaratsiyada muammoli boshqa jabhalar qatori ommaviy axborot vositalari (OAV) ham xotin-qizlarning qadr-qimmatini oshirishga munosib hissa qo‘shishi mumkinligi ochiq e’tirof etilgan. Ushbu hujjatda hukumatlar hamda xalqaro taraqqiyot tashkilotlari xotin-qizlarga nisbatan nopisand va noteng munosabatga barham berish, ularning kommunikatsiya tizimlari, xususan, OAVdagi ishtirokini kuchaytirish bo‘yicha amaliy choralarga da’vat etilgan. Mazkur qo‘llanma sodda tilda yozilib, suratlar bilan boyitilgan, OAVda chop etilgan ijodiy materiallar tahlili berilgan va jurnalistlar uchun foydali ma’lumotlarga boy. Ushbu risola jurnalistlarga gender masalalarida ko‘proq axborot taqdim etish, maxsus bilimlar yetkazish, mazkur dolzarb masala mohiyatini teran ochib berish maqsadida yaratildi. YUNESKO o‘z hamkorlari bilan birgalikda jurnalistlarni OAVda gender masalalarini yoritishda ushbu qo‘llanmadan unumli foydalanishga chorlaydi. Risola OAV xodimlariga gender tengligi bo‘yicha natijalarni baholash, muammolarni aniqlash, shuningdek, dunyo bo‘ylab xotin-qizlarning maqomini oshirish va gender tengligini ta’minlashga doir aniq siyosatni shakllantirish bo‘yicha mintaqaviy va global munozaralar uyushtirishga ko‘maklashadi. Abdul Vohid Xon, YUNESKO Bosh direktorining kommunikatsiya va axborot masalalari bo‘yicha o‘rinbosari MUQADDIMA
Kundalik faoliyatimizda bot-bot uchraydigan stereotiplarga qarshi kurashish erkagu-ayol jurnalistlar zimmasidagi asosiy vazifalardan sanaladi. OAVni xotin-qizlar haqidagi noto‘g‘ri fikr va siyqasi chiqqan iboralar bosib ketgan bir vaziyatda bu vazifani amalga oshirish oson emas. OAV goh yashirin, goh oshkora ayollarni erkaklarning ovunchog‘i – sarvqomat dilbar, mushfiq ona, tili achchiq “jodugar” yoki siyosiy rutba uchun har ishga tayyor sovuqqon mansabparast sifatida tasvirlaydi. Bu borada har bir mamlakat va madaniyatda odamlar qon-qoniga singib ketgan chigal tasavvur, uydirma va soxta qarashlar mavjudki, ular jurnalistlar va OAVga jiddiy g‘ov bo‘lmoqda. Ushbu risola bizni yanglish tasavvurlarga barham berish yo‘lida tahririyat va uyushmalarimiz bilan bir yoqadan bosh chiqarib jiddu jahd etmoqqa undaydi. So‘nggi yillarda erishilgan yutuqlarga qaramay – ayni paytda jahon OAVda ayol xodimlar va rahbarlar soni avvalgi davrlarga nisbatan oshgan bo‘lsada, OAVda xotin-qizlarga nisbatan eskicha qarashlar saqlanib qolmoqdaki, bu jamiyatda nozik xilqat egalari huquqini hali-hamon cheklayotir. Dunyo bo‘yicha o‘tkazilgan bir tadqiqotga ko‘ra, taraqqiyot hozirgi sur’atda davom etsa, OAVda gender tengligiga 75 yildan keyingina erishilar ekan. Xotin-qizlarni kamsituvchilarni jazolash, ayollarning siyosiy va ijtimoiy huquqlarini kafolatlash, ularga teng maosh va ishlash huquqini berish to‘g‘risida qonunlar qabul qilinganidan 40 yil keyingi manzara bu! Yanglish tasavvurlarni qonun ahlining amr-u farmoni bilan ham yo‘qotish mushkul. Tenglik yo‘lidagi kurash har bir mamlakatda qizg‘in davom etayotir. Qanday shaklda bo‘lmasin, kamsitishga qarshi jo‘yali raddiya, sog‘lom munozara, nazariy va amaliy sa’y-harakatlar ila kurashmoq lozim. Bu ishda mazkur risola asqotadi. Bu – jurnalistika standartlari himoyasiga ko‘kragini qalqon qilib, kamsitishlarga qarshi kurashayotgan jurnalistika fidoyilari uchun qo‘shimcha ma’naviy quroldir. Ko‘plab mamlakatlar OAV tahririyatlarida ayollar soni salmoqli, ammo yuqori rahbarlik lavozimlariga hamon asosan erkaklar tayinlanmoqda. Xotin-qizlarning axborot va tahlil yo‘nalishida faoliyati yetarli qadrlanmayotir, kasb-u kori orqali muayyan marralarga yetish imkoniyati ham bir xil emas. Hatto ular manfaatlarini himoya qiluvchi uyushmalarda ham shu holni ko‘rish mumkin. Adolatli gender talqini aniqlik, xolislik va haqqoniylik kabi kasbiy va axloqiy qadriyatlar sirasiga kiradi. Bu tanganing ikkinchi tomoni deyish mumkin, ya’ni ayollarga yangiliklar biznesida – ham tahririyatlar, ham uyushmalar faoliyatida yanada yuqori mavqe berilishi kerak. Dunyo bo‘ylab muhim voqealar erkak jurnalistlar tomonidan yoritilayotgan va taqdim etilayotgan bir paytda gender tengligi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Tenglikka erishishdan faqat ayollar manfaatdor emas, kamsitishga barham berishdan jamiyatning har bir a’zosi naf ko‘radi.
Ushbu risola har bir tahririyat, OAV va ijodiy uyushma qizg‘in ishtirok etishi lozim bo‘lgan jarayonni yanada jonlantiradi, unga shiddat baxsh etadi. Ezgulik, taraqqiyot va o‘zgalar haqqini himoya qilish jurnalistikaning azaliy qadriyatlaridan sanaladi. Risoladan o‘rin olgan g‘oya, maslahat va yo‘riqlarni hayotga tatbiq etish ana shu azaliy qadriyatlarga sadoqat hamda kasbga hurmat ko‘rsatish demakdir.
KIRISH Ayolni e’zozlash o‘zbek xalqining azaliy qadriyati hisoblanadi. Tariximizda buyuk sarkarda, davlat arboblari hayotida, buyuk sulolalar tarixida ayollarning o‘rni beqiyos bo‘lgan. Markaziy Osiyo xalqlari tarixida o‘chmas iz qoldirgan ayollardan Sitora bonu (Abu-Ali Ibn Sinoning onasi), Gavharshodbegim (Mirzo Ulug‘bekning onasi), Saroymulkxonim (Amir Temur xotini), Qutlug‘nigorxonim (Bobur Mirzoning katta onasi), Gulbadanbegim (Bobur Mirzoning qizi), Valiy Orifaxon (Bahouddin Naqshbandning onasi), Robiya Balhiy, Qurbonjon Dodho, Zebuniso, Nodirabegim, Anbar otin Uvaysiy kabi muqaddas ayollarning ma’naviy dunyosi, o‘sha davrlarning ijtimoiy, siyosiy va harbiy jarayonlarida tutgan o‘rni haqida yuzlab tadqiqot va izlanishlar qilingan. Yaqin o‘tmishimizda o‘zbek xalqi ovozini dunyoga tanitgan Zulfiyaxonim, Sora Eshonto‘rayeva, Tamaraxonim, Mukarrama Turg‘unboyeva, Saodat Qobulova, Fozila Sulaymonova, Muzayyana Alaviya, Bo‘ritosh Shodiyeva kabi mashhur ayollarimizni fahr va g‘urur bilan tilga olamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’biri bilan aytganda, “.. dunyoda davlat va jamiyatning nufuzi, madaniy darajasini ko‘rsatadigan mezonlar ko‘p. Lekin har qaysi millat va xalqning ma’naviy kamolotini yaqqol aks ettiradigan shunday bir mezon borki, u ham bo‘lsa jamiyatning xotin-qizlarga bo‘lgan munosabati, hurmati bilan belgilanadi. Shu ma’noda, ayollarni ulug‘lab, ardoqlab, boshiga ko‘tarib yashaydigan xalq o‘zining yuksak madaniyati va olijanob qadriyatlarini amalga namoyon qiladigan va tasdiqlaydigan xalq sifatida obro‘-e’tibor qozonadi desak, yanglishmagan bo‘lamiz” 1 .
asosiy qonunlarida, shu jumladan, O‘zbekistonning Konstitutsiyasi bilan ham, ayni vaqtda inson huquqlariga dahldor bo‘lgan bir qator xalqaro hujjatlar, bitimlar, konvensiyalar, deklaratsiyalar bilan ham kafolatlanadi. Bularga BMT Ustavi(1945- yil 26- iyun), Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi (1948- yil 10-dekabr), Fuqarolik va va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi paktlar, BMT tomonidan 1966-yilda qabul qilingan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktlar, inson huquqlarini himoya qilish xalqaro tizimini tashkil etuvchi ko‘pdan-ko‘p xalqaro bitimlarni kiritish mumkin. Ularda erkak va ayollar uchun yagona bo‘lgan inson huquqlari umumiy konsepsiyasini tashkil etuvchi salkam 70 ta xalqaro standartlar qayd etilgan 2 .
Bu ma’noda ayollar huquq va manfaatlari 80 dan ortiq turli huquqiy-me’yoriy hujjatlarda aks etgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining davlat va ijtimoiy qurilishida xotin-qizlarning rolini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1995-yil 2-martdagi farmoni asosida
1 Каримов И.А. Ўзбекистон хотин-қизларига байрам табриги.2013 йил 7 март.//Мамлакатимизни янада обод этиш ва модернизация қилишни қатъият билан давом эттириш йўлида.21-том.-Т.:Ўзбекистон, 2013. – Б.218. 2 Гендер муносабатлари: назарияси ва амалиётига кириш. Илмий мақолалар тўплами.- Т.: ЎзР Х-ҚҚ, БМТРД,ШЎЭГД, 2007.-Б.407.
O’zbekiston Xotin-qizlar Qo‘mitasi raisiga Bosh vazirning o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi raisiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisining o‘rinbosari, Toshkent shahri va viloyatlar hamda tuman-shahar Xotin-qizlar qo‘mitalari raislariga hokim o‘rinbosari maqomi berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 25-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga binoan mahalla qo‘mitalari tarkibiga diniy-ma’rifiy va ma’naviy-ahloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimiga ayollar tayinlanmoqda. O‘zbekiston 1995-yilda BMTning Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi (CEDAW), Onalikni himoya qilish to‘g‘risidagi, ayollarning siyosiy huquqlari to‘g‘risidagi, erkaklar va xotin-qizlarning teng qimmatdagi mehnati uchun teng rag‘batlantirish to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiyalarni, Pekin platformasi va Harakatlar Dasturini imzolagan. Mazkur xalqaro me’yoriy hujjatlarning asosiy mazmuni milliy qonunchilik tizimiga tatbiq etilgan. Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘qrisidagi Konvensiya erkak va ayollarning siyosat sohasidagi teng huquqligini quyidagi asosiy shartlar bilan bog‘laydi. Ishtirokchi davlatlar zimmasiga erkaklar bilan teng ravishda ayollarga: 1) barcha saylovlarda va ommaviy referendumlarda ovoz berish hamda barcha ochiq saylanadigan organlarga saylanish; 2) hukumat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish hamda davlat boshqaruvining barcha darajalarida davlat fun‘iyalarini amalga oshirish; 3) nodavlat tashkilotlar va assotsiatsiyalar faoliyatida ishtirok etish, mamlakat ijtimoiy va siyosiy hayotidagi masalalar bilan shug‘ullanish; 4) o‘z hukumatining halqaro darajada vakilligini amalgam oshirish hamda xalqaro tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish huquqini kafolatlash majburiyati yuklanadi . Xotin-qizlarning Pekin Umumjahon konferentsiyasida qabul qilingan Pekin Deklaratsiyasi va Harakatlar Platformasida 12 ta asosiy muammoli sohalar, shu jumladan, hokimiyat bo‘linishi va barcha darajalarda direktiv qarorlar qabul qilish sohasida ayollar va erkaklar o‘rtasidagi tengsizlik aniq qayd etilgan. Harakatlar Platformasida ko‘plab siyosiy partiyalar va davlat tuzilmalari hali-hamon ayollarni ijtimoiy-siyosiy hayotda ishtirok etishlariga to‘sqinlik qilayotgani e’tirof etilgan. Ba’zi mamlakatlarda qonun chiqaruvchi organlarda xotin-qizlar vakilligi sezilarli qisqargani kuzatilmoqda. Mazkur hujjatda xotin-qizlar holati yuzasidan quyidagilar tavsiya etildi: - ayollar va erkaklar vakilligining tengligiga erishish, bu maqsadda barcha davlat-ma’muriy lavozimlarda, zarur holatlarida kvota kiritish yo‘li bilan, ayollar sonini oshirish; - saylov tizimlari doirasida siyosiy partiyalardan saylanadigan va tayinlanadigan davlat lavozimlariga erkaklarga qo‘yiladigan shart va proportsiyalar asosida xotin-qizlarni jalb etishga qaratilgan choralarni qabul qilish;
- saylanadigan organlarda ayollarning siyosiy vakilligiga saylov tizimlarining diffrensiallashgan ta’sirini e’tiborga olish va zarur holatlarda ularni takomillashtirish yoki isloh qilish masalasini ko‘rib chiqish; - siyosiy faoliyatda ishtirok etish hamda assotsiatsiyaga, shu jumladan,siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalarga a’zo bo‘lish erkinligini ta’minlashda ayollar va erkaklar teng huquqligini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash. Bundan tashqari Harakatlar Platformasida siyosiy partiyalarga o‘z siyosiy dasturlariga gender masalalarini kiritish hamda ayollarga erkaklar bilan teng ravishda siyosiy uyushmaga rahbarlik qilishda ishtirok etishini ta’minlash tavsiya qilingan.
Boshqaruv tizimida erkak va ayollarning teng ravishda ishtirok etishi jamiyatni modernizatsyalashning yorqin belgilaridan biri. Bu ma’noda O‘zbekiston xotin-qizlarining siyosiy maydondagi faolligi ham kengayib bormoqda. 1992-1998- yillarda xotin-qizlarning siyosatdagi ishtiroki 9,4 foizni tashkil etgandi. Keyinchalik esa saylov qonunchiligiga siyosiy partiyalardan deputatlikka nomzodlarning kamida 30 foizini xotin-qizlar tashkil etishi lozimligi to‘g‘risidagi norma kiritildi. 2003-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi hamda mahalliy kengashlar deputatligiga saylovlar jarayonida 30 foizli kvota amaliyotga joriy etildi. 2004-2005-yillardagi saylovlar natijasida ayollar Qonunchilik palatasida 17,5%, Senatda 15 % joyga ega bo‘ldilar. 2009-yil saylovlari natijasida esa senatorlar safida 15 %, quyi palata deputatlari safida 22 % xotin-qizlar ishladi. 2014-yilgi saylovlarning nomzod ko‘rsatish jarayonlarida ushbu kvota to‘liq bajarildi. Xususan, xotin-qizlar saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish ishlarida asosiy sub’ektlar sifatida o‘z qiziqishlarini namoyon etib, saylov komissiyalari ishida ham faol ishtirok etishdi. Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga saylangan 150 nafar deputatdan 24 nafari xotin-qizlardir, ya’ni ular yangi saylangan deputatlarning 16 foizini tashkil etdi 3 . Ulardan 9 nafari fan nomzodi, 7 nafari huqushunos ayollardir. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari orasida ayollar soni kam foizni tashkil etgan bo‘lsada, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylangan ayol deputatlarga oid natijalar o‘tgan yillarga nisbatan oshishiga erishildi. Mahalliy vakillik organlarida faoliyat ko‘rsatayotgan ayollar bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlarida jami deputatlar sonining 23,5 foizidan ortig‘ini, shahar va tumanlar kengashlarida esa 22 foizini tashkil etmoqda. Xalq deputatlari viloyatlar kengashi deputatligiga Samarqand viloyatida - 36,6%, Toshkent viloyatida -31,7%, Navoiy viloyatida -30%, Farg‘ona viloyatida-30% xotin-qizlar saylandi.
Kvota tizimi qabul qilingandan boshlab siyosiy partiyalarning tarkibidagi xotin-qizlar soni 37 foizdan 50 foizgacha ko‘tarilgan. Barcha siyosiy partiyalarning ayollar qanoti mavjud bo‘lib, ular saylovoldi jarayonlarida xotin- qizlarni saylovga tayyorlash masalasi bilan shug‘ullanadi. Shu bilan birga gender
3 Халқ сўзи, 2015, 6 январь. muvozanatiga erishish g‘oyalarini o‘z ichiga olgan siyosiy platforma ishlab chiqish yoki partiya dasturlariga o‘zgartirish kiritish siyosiy partiyalar oldida turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Yana shuni ta’kidlash zarurki, mamlakatimizda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishning ham davlat, ham nodavlat tizimi shakllangan. Bu yo‘nalishda davlat siyosatini amalgam oshirish Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, Vazirlar Mahkamasining ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha Axborot-tahlil departamenti kabi tulilmalar zimmasiga yuklatilgan. Shu bilan birga fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan, 530 ta xotin-qizlar nodavlat-notijorat tashkilotlarining bu boradagi faoliyatini ta’kidlash lozim.
2012-yilning “Mustahkam oila yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan yosh oilalarning moddiy ahvolini yaxshilash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida 100 ta oilaviy korxonani barpo etish uchun Tadbirkor ayol Assotsiyatsiyasi tomonidan katta ko‘mak ko‘rsatildi. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan yosh xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash uchun uchta mintaqaviy biznes-inkubator faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Respublikaning ishchi o‘rinlarga yuqori talab mavjud bo‘lgan 32 ta tumanida “O‘z tadbirkorligingni boshla” deb nomlangan turkum seminarlar o‘tkazilib, 1,3 mingdan ziyod xotin-qizlar turli tadbirkorlik faoliyati va kasbiy ko‘nikmalarni egallashga erishdilar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo, Navoiy, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari tadbirkor ayollariga jami 218 ming yevro miqdoridagi mikrokreditlar ajratildi 4 .
qilish, ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda O‘zbekistonda qilinadigan ishlar hali ko‘p. Xususan, jamiyatning ba’zi vakillari fikrlashining “patriarxal usuli, ayrim rahbarlar va mansabdor shaxslarning gender bilimsizligi”, jamiyatda ba’zi “gender stereotiplarining saqlanib qolganligi kamsitish hollariga yo‘l
qo‘yilayotganligining sababidir” 5 . Mana shunday ko‘rsatmalar, me’yorlar va stereotiplar ma’lum ma’noda xotin-qizlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirishga, fuqarolarning tinchligi va ijtimoiy totuvligiga, demokratiyaning mustahkamlanishiga, yangi ruhiy-ma’naviy turmush tarzini qaror topishiga to‘siq bo‘lib qolmoqda. O‘zbekistom halqaro munosabatlarning mustaqil sub’yekti sifatida inson huquqlariga doir asosiy halqaro shartnomalar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarib, bu sohada BMTning tegishli organlari va muassasalari bilan faol hamkorlik olib bormoqda. O‘tgan davr mobaynida respublikamiz BMTning konvension organlariga inson huquqlari bo‘yicha BMT konvensiyalarining asosiy qoidalarini bajarish borasida 18 ta milliy ma’ruza taqdim etgan. Jumladan, o‘z muddatida Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi
4
Равные права, равные возможности. // Правда Востока, 2013, 19 февраля. 5 Гендер муносабатлари: назарияси ва амалиётига кириши.Илмий мақолалар тўплами.- Т.: ЎзР Х-ҚҚ, БМТРД,ШЎЭГД, 2007.-Б.409. Konvensiyaning bajarilishi xususida 2 ta milliy ma’ruza taqdim etilgan. Mazkur milliy ma’ruzalarning 6 muhokamasi natijasida BMTning tegishli Qo‘mitasi o‘z Xulosalarida O‘zbekistonda xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ijobiy chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatladi. Shu bilan birga, mamlakatimizda ayollar holatini yanada yaxshilashga qaratilgan va CEDAWda aks etgan choralarni hayotga tatbiq etish lozimligini e’tirof etgan. Bunda barcha davlat va nodavlat tizimlarining yaqindan hamkorlik qilishi talab etiladi. BMTning xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish bo‘yicha Qo‘mitasi O‘zbekistonda erkak va ayollarning teng huquq va imkoniyatlarini ta’minlash, odam savdosi, shu jumladan, ayollar va bolalar savdosining, oiladagi zo‘ravonlikning oldini olish to‘qrisidagi qonunlar qabul qilinishini tezlashtirish, ayollarni oiladagi zo‘ravonlikdan himoya qilish maqsadida jinoyiy qonunchilikka tegishli o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritishga da’vat etadi. Qo‘mita yana mamlakatimizda erkak va ayollar o‘rni va majburiyatlariga doir stereotiplar hayotning turli jabhalarida xotin-qizlar bevosita va bilvosita kamsitilishining saqlanishiga katta ta’sir ko‘rsatayotganini qayd etadi. Shu bois Qo‘mita ayollarni davlat hayotining barcha jabhalari va darajalarida saylanadigan hamda tayinlanadigan lavozimlarga tavsiya etishni kengaytirish bo‘yicha
Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling