Vakolatxonasi ya. Mamatova, S. Sulaymanova


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana15.02.2017
Hajmi0.61 Mb.
#469
1   2   3   4   5   6   7   8

 

 

OAV chiqishlarida gender muvozanatini ta’minlash bo‘yicha                             

Xalqaro Jurnalistlar Federatsiyasi  

 TAVSIYALARI 

•  Gender masalalarida material tayyorlayotgan jurnalist muammo(lar) ko‘lamini 

aniqlashi zarur: statistika ma’lumotlari, faktlar va mavzuga doir misollarni 

jamlash, mavzu va  ko‘tarmoqchi bo‘lgan muammo bo‘yicha bir to‘xtamga 

kelish. 

•  Gender yo‘nalishidagi materiallarni berib borish  strategiyasini  ishlab chiqish 

lozim. Bunda ko‘zlangan maqsadlarni belgilab olish, jarayonga daxldor va 

vaziyatni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan shaxslarni aniqlash va ularni mazkur 

jabhaga jalb etish, ko‘zlangan maqsad-rejani yana qayta pishiq-puxta ishlash, 

ish jadvalini belgilash, turkum materiallarni tayyorlashga xizmat qiluvchi 

qonunchilik me’yorlarini tadqiq etish. 

•  Materiallar turkumini tayyorlash jarayonida turli kasaba uyushmalari 

yetakchilari, a’zolari va sohaga daxldor muayyan guruhlarni, turli NNTlarni va 

fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarini mazkur strategiyani 

amalga oshirishda jalb etish.    

•  Gender masalalari bo‘yicha turli jamoat uyushmalari yetakchilari, taniqli 

siyosiy va jamoat arboblari, ayni ushbu muammolar bilan shug‘ullanuvchi 

maxsus tashkilotlar, mutaxassislar, ekspert va maslahatchilardan ko‘mak 

so‘rash. 

•  Ayol-jurnalistlarning bu boradagi faolligini ayollar NNTlari, kasaba 

uyushmalari, turli jamoat birlashmalari, davlat tashkilotlari ko‘magida amalga 

oshirish mumkin. Jamiyatda gender muvozanatini ta’minlash bo‘yicha qabul 

qilingan turli huquqiy me’yorlar, Davlat dasturlari, muayyan farmon va 

qarorlarning ba’zi bandlari va talablari bajarilmay qolishi holatlari ham 

uchraydi. Shu bois aynan ayol jurnalistlar mazkur masalalarni  o‘z chiqishlarida 

ko‘tarib tahlil qilishlari zarur. 

•  Gender mazmunidagi materiallarni tayyorlash jarayonida yetakchi xorijiy 

OAVning amaliyotidan foydalanish ham yaxshi samara beradi. Buning uchun 

gender muvozanatini jurnalist ishlayotgan tahririyatda amalga oshirishdan 

boshlash zarur. 

•  Har bir materialda, tahririyatning har bir tadbiri va boshqa tashkilotlar bilan 

o‘tkazayotgan aksiyalari, hamkorlik loyihalarini amalga oshirishda gender 

nazoratini yo‘lga qo‘yish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur jarayonda 

jurnalistlar erkak va ayollarning teng ravishda ishtirok etishini ta’minlashga 

alohida e’tibor berishlari zarur. 

•  Tahririyatda ishlaydiigan ayol va erkak xodimlarning teng ravishda gender 

sezgirligini shakllantirish kun tartibidagi dolzarb masalaga aylanishi zarur. 

•  Tahririyatda gender muvozanatini ta’minlash maqsadida eski qarash va 

qoliplardan voz kechish, ayol va erkak xodimlar maoshi, mehnat sharoiti, 

lavozimlarga tayinlash, ish vaqti, turli ijtimoiy kafolatlar paketiga 



daxldorligiga, malaka oshirishiga, mehnat ta’tiliga chiqishga erishishda tenglik 

tamoyilini qo‘llash  muhimdir. 

•  Ilg‘or jahon jurnalistikasi standartlarini tatbiq etish, kasbiy axloq kodeksiga 

qat’iy rioya qilish, zo‘ravonlikning turli ko‘rinishlariga qarshi kurash 

borasidagi jamoa bitimlarini takomillashtirish, oila va ish bo‘yicha uyg‘unlikka 

erishish va h.k. masalalarni o‘z vaqtida hal etish lozim. 

•  Tahririyatlar jamoa bitimlariga gender tengligi shartlarini kiritish maqsadga 

muvofiq. Jamoaviy muzokaralar jarayonida maosh va moddiy rag‘batlantirish, 

malaka oshirish, ish soatlari (shu jumladan, erkin ish vaqti), onalik va otalik 

ta’tili, muhofazaga muhtoj xodimlar (xususan, vaqtincha ishlayotganlar va 

shtatdan tashqari xodimlar) holati, ishxonada xodimlar obro‘sini muhofaza 

qilish kabi masalalar qamrab olinishi kerak. Mazkur masalalarning dolzarblik 

darajasi xotin-qizlar qo‘mitalari yoki gender tengligi bo‘yicha kengashlar 

vositasida ayollarning o‘zlari tomonidan belgilanishi lozim. 

•  “Ayollar masalasi” tushunchasi jurnalistlarning ongida stereotipga aylanib 

qolishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, bil’aks, mazkur masalaning dolzarbligi va 

ahamiyatini izchil singdirish natija bermasligi aniq. Ayol-jurnalistlar o‘z 

kasbining to‘laqonli egasi va kasbiy uyushmalarning tenghuquqli a’zosi 

bo‘lishni istaydi, ayni chog‘da, ishni takomillashtirish, maoshni oshirish kabilar 

orqali jamiyat ravnaqida ularning hissasi katta bo‘lishiga erishish mumkin. 

•  Gender muvozanatini ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlar natijalarini tahririyat 

a’zolariga va jamoatchilikka muntazam yetkazib turish zamonaviy ma’muriy va 

kadrlar menejmentini tatbiq etishing samarali mexanizmiga aylanishi aniq. 

 

 

 



 

 

 

 

OAVda GENDER STRATEGIYASI  

 

OAV kanalining gender strategiyasini ishlab chiqishda nimalarga e’tibor berish 



zarur? 

OAV kanali siyosati: tahririyat  gender tengligining barcha jihatlari, jumladan, 

ayollarning integratsiyasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq dasturga egami? 



NNT hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari  imkoniyatlaridan 

foydalanish:  Gender siyosatining barcha jihatlarini ro‘yobga chiqarishda mazkur 

institutlar imkoniyatidan to‘laqonli foydalana olyaptimi? 



OAV kanali harakat bosqichlari, gender dasturini amalga tatbiq etish: tahririyat 

gender siyosati amalga qanday tatbiq etiladi?  Auditoriyaning bu boradagi talab-



ehtiyojlarini aniqlash: auditoriyaning genderga doir ehtiyojlari, qiziqishlari, talab va 

istaklari aniqmi? Auditoriyaning bu boradagi talablari qanday o‘rganiladi? Chop 

etilayotgan materiallarning gender tahlili auditoriya tomonidan ham amalga 

oshiriladimi? Bu borada maxsus marketing tadqiqotlari o‘tkazilganmi? 



Tahririyatda gender mazmundagi qaror qabul qilish: OAV  tahririyatida qaror 

qabul qilish va ustuvor maqsadlarni belgilashda ayollar manfaati qanchalik inobatga 

olinmoqda? Tahririyat faoliyati muntazam ayol xodimlarning og‘irini yengil qilishga 

qaratilgan deb hisoblaysizmi? 

Axborotni nazorat qilish: Gender yo‘nalishidagi ma’lumotlarni qaysi manbalardan 

izlaysiz va ular yetarlichami? Qaror qabul qilishda monitoring jarayonini tashkil 

etganmisiz va aniqlangan raqamlarga suyanasizmi? Asosiy faoliyatingizga baho 

berishda mazkur ma’lumotlar qanchalik asqotmoqda? 



Ijodiy jarayonda ayol xodimlar ovozi: OAVda chop etilayotgan barcha 

materiallarda, tahririyat hisobotlarida, turli tadbirlarda ayollar manfaati qay darajada 

e’tiborga olinmoqda? 

To‘siqlarni bartaraf etish: Mediakanalda ayollarning ishtiroki, o‘z fikrini dadil 

aytishi va yetakchilik uchun kurashishiga to‘siq bo‘layotgan omillarni 

aniqladingizmi? Agar javobingiz “Ha” bo‘lsa, ularni qanday bartarf etmoqdasiz? 

Yetakchilik:  Mediakanalda yetakchi erkaklar o‘zgarishlar yo‘lida jonbozlik 

ko‘rsatyaptimi? Erkaklar gender muammolariga e’tiborli bo‘lishi uchun yana qanday 

chora-tadbirlar ko‘rish mumkin?  

Mediakanalda ayollar tuzilmasi: OAV tahririyatida ayollar tuzilmasi boshqaruv 

bo‘g‘iniga qanday ta’sir ko‘rsata olyapti? 



Maqsaddan og‘ishmaslik: gender muvozanatini ta’minlashda harakatlarni aniq 

belgilab, ulardan og‘ishmayapmizmi?  Ayol xodimlarda faolroq bo‘lish istagi 

uyg‘ondimi? Samarali natijaga erishish uchun yana qanday ijobiy choralar qo‘llash 

zarur deb hisoblaysiz?  

 

Foto jeno‘inq jurnalista, beruo‘aya intervyu u drugoy jeno‘inq. 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

3-bob. O‘ZBEKISTON AYOLLARINING UYUSHMA VA 

BIRLASHMALARDAGI ISHTIROKI 

 

 

Fuqarolik jamiyati  demokratik davlatning ajralmas bo‘g‘inidir. Fuqarolik 

jamiyati qay daraja taraqqiy etgani uning tarkibidagi nodavlat notijorat tashkilotlari 

faoliyati sifati bilan belgilanadi.  NNT tarkibida ayollar tashkilotlari alohida ahamiyat 

kasb etadi.   Respublikamizda  ayollarning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy faolligini 

shakllantirishga ko‘maklashayotgan ayollar tashkilotlarining muayyan tizimi 

yaratilgan. Ushbu tizimning asosini  O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tashkil etadi. 

Shu bilan bir qatorda “Tadbirkor ayol”, “Olima”,  “Sog‘lom avlod uchun”, “Sharq 

ayoli” kabi tashkilot va xalqaro jamg‘armalar faoliyat yuritmoqda. Hozirgi kunda 

mamlakatimizda jami 210 dan ziyod xotin-qizlar NNTlari  faoliyat olib bormoqda. 

NNTlarning 18,5 foizi ayollarni turli Davlat dasturlarini amalga oshirishga, 7,3 foizi 

qonunlar ishlab chiqish va muhokama qilishda ishtirok etishga jalb qilmoqda. Ya’ni 

NNT faoliyati rang-baranglik, ochiqlik, plyuralizmni ta’minlash, davlat boshqaruvi 

tizimining  demokratlashuviga sezilarli ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidlash joiz. 

 Endi 

yetakchilik 



qilayotgan bunday tashkilotlarning faoliyatiga nazar tashlasak. 

Foto s sotrudnikami komiteta jenщin  

 

 

1991-yil 27-dekabrda O’zbekiston xotin-qizlarining Termiz konferensiyasida 



O’ZBEKISTON XOTIN-QIZLAR QO‘MITASI ta’sis etildi. U O‘zbekiston xotin-

qizlarining ixtiyoriy asosida tashkil etilgan bo‘lib, o‘zini o‘zi boshqaradigan nodavlat 

notijorat tashkiloti hisoblanadi. 

 O‘zbekiston 

Xotin-qizlar 

qo‘mitasining yuqori organi Konferensiya 

hisoblanadi. Konferensiya, qoidaga ko‘ra, 50-60 kishidan iborat xotin-qizlar 

qo‘mitasining Boshqaruvini saylaydi, uning tarkibiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi 

viloyatlar va Toshkent shahar xotin-qizlar qo‘mitalari raislari kiradi. Xotin-qizlar 

qo‘mitasi Rayosat faoliyatiga rahbarlik  qiladi. 

 

 

 



Xotin-qizlar qo‘mitasining  yetakchi yo‘nalishlaridan biri davlat hokimiyati va 

boshqaruvi organlari, saylanadigan organlar, siyosiy partiyalar va turli jamoat 

tashkilotlari bilan o‘zaro foydali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hisoblanadi. Shu bois 

Qo‘mita har bir siyosiy partiya tarkibidagi “Ayollar qanoti” bilan birgalikda partiyalar 

a’zosi bo‘lgan ayollar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bankini yaratgan, ayollarning siyosiy 

faoliyatiga doir statistika ma’lumotlari tahlilini muntazam ravishda olib boradi. 

Qo‘mita 2006-yildan boshlab siyosiy klub faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. Mazkur klub 

a’zolari o‘z siyosiy va huquqiy bilimlarini oshirish bilan birgalikda respublika siyosiy 

maydonida o‘z iqtidorlarini namoyon etishga intilmoqdalar. 

 Qo‘mita 

qoshida 

turli 


yo‘nalishlarda 

uyushma, komissiya va to‘garaklar 

mavjud bo‘lib, ular xotin-qizlarning kasb mahoratlarini, yetakchilik qobiliyatlarini 

oshirish, ijodiy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish va turli targ‘ibot ishlarini yuritishga 

ko‘maklashmoqda. “Ayol va sport” komissiyasi, “Ayol va ekologiya”, “Huquqshunos 

ayol”, “Ijodkor 

ayol”, “Ayol  va  salomatlik”, “Faxriy ayollar” kabi uyushmalar; 

“Rahbar ayollar”, “Iqtidorli qizlar”, “Orasta qizlar” to‘garaklari faoliyati shular 



jumlasidandir.  

 Ikkinchi 

yirik 

NNT 


“TADBIRKOR  AYOL” Assotsiatsiyasi hisoblanadi. 

Ushbu tashkilot 1991-yilda ro‘yxatdan o‘tgan hamda respublikamizning barcha 

mintaqalarida o‘z filiallariga ega. Asosiy maqsadi  - shakllanayotgan mehnat bozorida 

ayollarning faol ijtimoiylashuvi uchun  qulay sharoitlar yaratish, tadbirkorlik 

tashabbuslari va turli shakldagi tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkor 

ayollarning huquqlarini himoya qilish, o‘zaro ishonch va tadbirkorlikdagi sheriklikni 

mustahkamlash hamda Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlarining ayollari, biznes va 

madaniy aloqalarini integratsiyalashuviga ko‘maklashishdan iborat. 

 

Ta’lim sohasida mazkur NNT biznes-start-apni tashkil etish bo‘yicha 



tadbirkorlik faoliyatini olib borish,  biznes-reja, hisob-kitob, marketing, menejment,  

fermer ho‘jaligini yuritish mutaxassisliklari bo‘yicha o‘z pedagog-trenerlarini 

tayyorlash; qandolatchilik, gilamdo‘zlik, kulolchilik, zardo‘zlik, mehmonxona ishi 

kabi 28 ta  yo‘nalish bo‘yicha kasbiy ta’lim berish; huquqiy soha va yetakchilik 

san’ati bo‘yicha ta’lim berish faoliyati bilan shug‘ullanadi. Maslahatchilik 

yo‘nalishida tashkilot



 

biznes - eksport menejmenti,  turli ko‘rgazmalar o‘tkazish, 

hamkorlak, jihoz, tovar sotish uchun xorijiy sheriklarni izlash va o‘zaro foydali 

mustahkam aloqalarni  o‘rnatishga intiladi. Bundan tashqari, psixologiya, etika, qulay 

ish va mehnat sharoitlari yaratish hamda tashkilotchilikni rivojlantirish bo‘yicha turli 

maslahat amallari yo‘lga qo‘yilgan. Hozirga qadar “Tadbirkor ayol” Assotsiatsiyasi 

tomonidan   50 320 nafar ayollarga kasbiy ko‘nikma bo‘yicha ta’lim berilib, ularning 

80 foizi ish bilan ta’minlandi.  43000 nafar ayolga esa  biznes olib borish ko‘nkmalari 

o‘rgatilib, ularning 75 foizi o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Yana 6000 nafar 

ayollar yetakchilik san’atiga o‘rgatildi. 

 

“Tadbirkor ayol” Assotsiatsiyasi "Kredit uyushmalari to‘g‘risida”, “Nodavlat 



notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”, “Mikrokreditlar to‘g‘risida”, “Tadbirkorlikni 

rivojlantirishni kafolatlash to‘g‘risida”gi qonunlarni qabul qilishda, Vazirlar 

Mahkamasining qator Qarorlariga o‘zgartirish kiritish va yangilarini qabul qilishda 

faollik ko‘rsatdi. 

 

Tashkilot   “Globallashuv, BST, barqaror  rivojlanish”,   “Qishloq ho‘jalik, 



BST barqaror rivojlanish tarkibida”, “Hayriya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik 

shaxslarni soliqqa tortish”,  “O‘zbekiston korxonalarining raqobatbardoshligi va 

unumdorligini oshirish bo‘yicha tadqiqot”, “Jamoa turidagi tashkilotlar tadqiqoti” 

kabi ilmiy tadqiqotlarni ham amalga oshirgan. Bundan tashqari, turli yillarda 

Assotsiatsiya  “O‘zbekistonda A dan Ya gacha bo‘lgan korxonalarni tahlil qilish”,  

“Ayollar tadbirkorligining muvaffaqiyatli tashabbuslari”, “Ayollar tadbirkorligining 

tahliliy sharhi”,  “Fuqarolik jamiyatining rivojlanishida NNT roli”,  “O‘zbekiston 

ayollari va erkaklari”, “O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkildotlari bo‘ylab”, 

“Mahalliy hamjamiyat yetakchilari uchun qo‘llanma” kabi risola va kitoblarni chop 

etgan. 


 “SOG‘LOM 

AVLOD 

UCHUN” xalqaro xayriya jamg‘armasi mustaqil jamoat 

tashkiloti bo‘lib, 1993-yil 23-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 



Farmoniga binoan tashkil topgan. Uning maqsad va vazifalari jismonan baquvvat, 

ma’nan etuk, ruhan tetik farzandlar tarbiyalashni ta’minlash, onalik va bolalikni 

muhofaza qiluvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish, oilalarda sog‘lom 

avlodning tug‘ilishi va tarbiyalanishi uchun yuksak mas’uliyat psixologiyasini 

shakllantirishda ko‘maklashishdan iboratdir. 

Jamg‘armaning

 asosiy vazifalari: 

respublika aholisi genofondini yaxshilash, onalik va bolalikni muhofaza qilish bilan 

shug‘ullanuvchi jamoat tashkilotlarning kuch-g‘ayratlarini muvofiqlashtirish; yosh 

avlod sog‘ligini saqlash va mustahkamlash asosida  o‘zbek xalqining intellektual,  

ma’naviy va ma’rifiy saviyasini tubdan oshirish; tug‘ruqxonalar va bolalar 

muassasalarining moddiy-texnik negizini mustahkamlashga ko‘maklashish, bu 

sohadagi ilg‘or yutuqlarni tibbiy va umumta’lim muassasalari faoliyatiga joriy qilish, 

ularni zamonaviy uskunalar bilan jihozlashga ko‘maklashish hamda tegishli 

korxonalar yaratish hisobiga mazkur muassasalarni yangi samarali davolash vositalari 

bilan ta’minlash; barkamol avlodni tarbiyalash va inson yashashi uchun qulay muhitni 

yaratish haqidagi jamoatchilik fikrini shakllantirish; shu maqsadda BMT, boshqa 

xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy mamlakatlarning fan, iqtisodiyot, siyosat 

sohasidagi yetakchi arboblari bilan hamkorlik qilish. 

Hozirgi vaqtda jamg‘arma o‘z 

faoliyatini aholining tibbiy madaniyatini oshirish; Mehribonlik uylari, maxsus bolalar 

muassasalari va kam ta’minlangan oilalarga muruvvat yordamini ko‘rsatish; yosh 

oilalarni patronajga olish; iste’dodli bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ayollar va bolalar 

dam olishini o‘tkazish uchun shart-sharoitlar yaratish; xalqaro hamkorlik 

yo‘nalishlarida olib bormoqda. 

  

“OLIMA” ayollar uyushmasi 1992- yilda 13 nafar olima-ayol tashabbusi bilan 

tashkil etilgan. Uyushmaning asosiy maqsadi - ilmiy daraja va unvonlarga ega 

bo‘lgan, shuningdek, ilmiy-tarbiyaviy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan, tinchlik va 

xavfsizlik manfaatlarida, xalqaro insonparvarlik yo‘lidagi hamkorlikni rivojlantirishga 

o‘z hissasini qo‘shayotgan ayollarning kuch-g‘ayratlarini birlashtirishdan iborat. 

Uyushmaning sa’y-harakatlari yana intellektual, ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash 

va rivojlantirishga, ayollarning kasbiy malakasini oshirishga, yangi bilim sohalariga 

kirib borishlariga ko‘maklashishga, mahalliy, milliy va xalqaro tashkilotlarga rahbar 

lavozimlarga ayol-nomzodlarni ko‘rsatish, ularga huquqiy, ijtimoiy maslahatlar va 

boshqa ko‘rinishdagi ko‘maklarni ko‘rsatishga qaratilgan. 

 

“Olima”  uyushmasi fanning turli yo‘nalishlari vakillari bo‘lgan 19 nafar olima 



ayollardan iborat o‘z boshqaruv organiga ega. Tashkilotning filiallari  respublikaning 

12 viloyati hamda Toshkent shahri va Qoraqalpog‘istonda  faoliyat olib bormoqda.  

Bundan tashqari, “Olima”ning boshlang‘ich tashkilotlari respublika Fanlar 

Akademiyasida hamda 74 ta  oliy o‘quv yurtlarida ochilgan.  “Olima” uyushmasi  

2013-yilda  ikkita xalqaro tashkilotning a’zosi bo‘lgan, bular: Ilm, texnologiya, 

injener va matematika sohasidagi ayollar tashkiloti hamda  Rivojlanayotgan 

mamlakatlar ilm-fanidagi ayollar tashkiloti. 2010-yilda iqtidorli yosh olimalar 

o‘rtasida “Ilm yulduzlari” intellektual ko‘rik-tanlovi tashkil qilinishi qizlar uchun 



yana bir imkonyat bo‘ldi. Bugungi kunda jami 7 nafar akademik, 700 nafar fan 

doktori  va 7000 nafardan ziyod fan nomzodi ilmiy darajasiga ega ayollar fan 

taraqqiyotining turli sohalarida ilmiy faoliyat olib bormoqdalar. 

 

Yana bir “ixtisoslashgan” NNT 1999-yilda tashkil etilgan O‘zbekiston Ayol-



Yuristlar jamoat uyushmasi hisoblanadi. Uyushma faoliyatining asosiy yo‘nalishlari: 

aholi, ayniqsa xotin-qizlar o‘rtasida huquqiy bilimlar targ‘ibotini olib borish, huquq 

yo‘nalishidagi turli o‘quv-uslubiy materiallar, qo‘llanma va risolalarni nashrga 

tayyorlash va tarqatish; huquqiy maslahat va xizmatlar taklif etish. Farg‘ona, 

Samarqand, Nukus, Buxoro va Jizzax shaharlarida mazkur uyushmaning bo‘linmalari 

mavjud. 


 

“SHARQ AYOLI” Xalqaro ayollar jamg‘armasi 1999-yilda tashkil topgan.  

Uning asosiy maqsadi – ayollarning iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy huquq-

erkinliklarini himoya qilish va amalga oshirish,  davlat va jamiyatning barcha 

jabhalarida ularning faolligini oshirish, ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantirish, ona 

va bola salomatligini  saqlash, oila va jamiyatdagi ayolning tarbiyaviy rolini oshirish, 

xalqlar va millatlar o‘rtasidagi tinchlik-totuvlik va do‘stlikni mustahkamlash. Mazkur 

jamg‘arma Qozog‘iston va Tojikistonda ham o‘z vakolatxonalariga ega. Jamg‘arma

 

tarkibida “Iqtidorli bolalar” xalqaro-innovatsion loyihasi, “QADIMIY YURT” ilmiy-



tadqiqot markazi, Axborot-ta’lim Markazi, Axborot va texnik ko‘mak markazi, 

“SHARQ MEDIA GROUP” Markazi, “Gulbiyor” oila markazi, “Savob” inson 

taraqqiyoti Markazi, “Yassaviya” ilmiy-sog‘lomlashtirish Markazi, “HAZRATI 

IMOM” ilmiy-tadqiqot Markazi, NETDEC  IT-kompaniyasi, “KASANACHILIK 

LYUKS” korxonasi va boshqa bo‘linmalar faoliyat yuritadi. Mazkur bo‘linmalar 

innovatsion loyihalarni amalga oshirish orqali inson taraqqiyotini ta’minlashda hissa 

qo‘shib kelmoqda.  

 

Hususan, jamg‘arma qoshidagi “Savob” umuminsoniy qadriyatlarni 



rivojlantirish ilmiy-tadqiqot Markazi tomonidan “Sog‘lom turmush tarzi”, “Sog‘lom 

oila”, “Zamonaviy inson psixologiyasi” kabi loyihalar amalga oshirildi. Malaka 

oshirish doirasida qo‘shimcha ta’lim sohasida “International Shark Network” deb 

nomlangan nodavlat o‘quv markazi tashkil  etildi.  2010-yilda O‘zbekiston Aloqa va 

axborotlashtirish Agentligi bilan hamkorlikda  davlat-xususiy sheriklik doirasida 

“O‘zbekiston XX1-asrda  raqamli  formatda” deb nomlangan innovatsion-tadqiqot 

loyihasini amalga oshirdi. IT-texnologiyalar sohasida yetakchilik qilayotgan 

 

Microsoft, Intel, HP, Fujitsu, PS-Ware, Soft Line  va boshqa shu kabi kompaniyalar 



venderlari hamda milliy dasturiy  mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarning intellektual 

salohiyatini birlashtirishni nazarda tutadi. 

 

Ayollar diplomatiyasi vositasida jamg‘arma yangi NNT tashkil etish va 



rivojlantirish faoliyatida ham ishtirok etadi. Misol tariqasida “Mehr” xotin-qizlar 

NNT respublika birlashmasini keltirish mumkin.  Jamg‘armaning yana bir strategik 

maqsadi - qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishdir. Mazkur maqsadga erishishda 


jamg‘arma tarkibidagi moliyaviy-investitsion departamentning ahamiyati katta. 2008- 

yilda jamg‘arma yana bir qiziqarli innovatsion loyiha – “Iqtidorli bolalar” dasturini 

amalga oshirdi. Umuman, jamg‘arma 10-yillik faoliyati davomida Davlat dasturlarini 

bajarish doirasida 60 dan ziyod turli loyihalarni hayotga tatbiq etdi. 

 

O‘ZBEKISTON NNT MILLIY ASSOTSIATSIYASI (NANNOUz)  2005- 

yil 18-mayda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan 150 ta NNT tashabbusi bilan 

tashkil etilgan. Uning faoliyati huquqiy, ayollar va yoshlar, ekologik-iqtisodiy  va 

ijtimoyi-gumanitar yo‘nalishlarda amalga oshirilmoqda. Assotsiatsiya a’zolari 

jamoatchilikning gender masalalari bo‘yicha xabardorligini oshirish yo

‘nalishida

 ham 

faoliyat olib boradi. 2006-yilda tashkilot ekspertlari ayollarning kamsitilishining turli 



shakllarini bartaraf etish bo‘yicha BMT qo‘mitasining 36-sessiyasi ishida ishtirok 

etdilar.   

 

Bundan tashqari, O‘zbekistonning turli mintaqalarida xotin-qizlarga ruhiy, 



jismoniy, ijtimoiy  reabilitatsiya, huquqiy savodxonlik, tadbirkorlik tashabbuslarini 

amalga oshirish, turli sohalar bo‘yicha maslahatchilik  xizmatini ko‘rsatuvchi, 

bandlikka ko‘maklashishi va turli o‘quv kurslari va markazlari ishini yo‘lga qo‘ygan 

ko‘plab mahalliy NNTlar faoliyat yuritmoqda.  Misol tariqasida O

zbekiston xotin-



qizlari Qo

mitasi tashabbusi hamda BMTning UNFPA - Aholishunoslik 



jamg

armasining moliyaviy ko



magida ayollar uchun mamlkatimizning 8 ta (Andijon, 

Namangan, Farg’ona, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari va 

Qoraqalpog

‘iston 

Respublikasi) mintaqasida ijtimoiy moslashuv Markazlari tashkil 



etildi. 2014-yilda mazkur Markazlarga murakkab vaziyatga tushib qolgan jami 2 729 

nafar xotin-qizlar  bevosita,  yana 1874 nafari ishonch telefoni  orqali murojaat qildi. 

519 nafar ayolga psixologik, 541 nafariga huquqiy yordam, shu jumladan, 82 nafar 

ayolga sud  ishlarida ko

mak ko


rsatildi. 818 nafar  ayol sog

lomlashtirildi. Yana 390 



nafar xotin-qizlarga kasbiy ko

nikma egallashlari uchun sharoit yaratilib, ularni ish 



joyi bilan ta’minlashga erishildi.  

 Ko


rinib turibdiki, xotin-qizlar NNTlari  ayollarning kasbiy malakasini oshirish 

va qayta tayyorlash bo‘yicha ko‘plab ishlarni amalga oshirmoqda va O‘zbekistonda 

shakllanayotgan fuqarolik jamiyati taraqqiyotiga ham hissa qo‘shmoqda. 

 

Syuda nujna informatsiya po jenskim NNO po viloyatam respubliki  



 

 

 



 

Endi xalqaro tajribaga murojaat etamiz. BMTning Ayollar ahvoli bo‘yicha 

umumjahon anjumani (Pekin, 1995) Harakat Platformasida gender tengligi 

targ‘ibotida kasaba uyushmalarining roli katta ekani e’tirof etilgani bu borada muhim 

qadam bo‘ldi. Ushbu hujjatda hukumatlar va jamiyatning barcha a’zolari 


quyidagilarga da’vat etilgan: 

 “Jamoaviy muzokaralarni ayollarga noteng maosh to‘lashga barham berish 



hamda ish sharoitlarini yaxshilash yo‘lidagi muhim mexanizm va huquq 

sifatida tan olish; 

Ayollarning kasaba uyushmalari boshqaruviga saylanishini qo‘llab-quvvatlash 

va ayollar manfaatlarini himoya qilish uchun saylangan kasaba uyushmalari 

rasmiylari ish o‘rnini saqlash va xizmat vazifalarini bajarishlari munosabati 

bilan ularning jismoniy xavfsizligini kafolatlash”. 

 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling