Vakolatxonasi ya. Mamatova, S. Sulaymanova
Vaqtinchalik qo‘shimcha maxsus choralarni
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- DAT TABLITSU V FORME DIAGRAMMЫ KAK V ORIGINALE (S.3)
- Xalqaro Jurnalistlar Federatsiyasining (XJF) GENDER KENGASHI
Vaqtinchalik qo‘shimcha maxsus choralarni qabul qilish va ularning bajarilishini nazorat qilishga chaqirgan. Bunda ayol-rahbarlar uchun rahbarlik mahorati bo‘yicha kasbiy tayyorgarlik dasturlarini tashkil etish, bacha darajalarda qaror qabul qilish jarayonlarida ayollarning ishtirok etishi ahamiyatini tushuntirish bo‘yicha axborot- ma’rifiy faoliyat olib borilishi zarurligiga e’tibor qaratadi. Qo‘mita respublikamizda Oliy Majlis hamda mahalliy kengashlar deputatligiga siyosiy partiyalardan ayol-nomzod ko‘rsatishda 30-foizli kvota amaliyotga kiritilgan bo‘lsa-da, xotin-qizlarning barcha darajadagi rahbarlik lavozimlarda faoliyat yuritishi yuqori darajada emasligini hamda milliy ma’ruzalarda diplomatik xizmatda ishlayotgan ayollar xususida axborot mavjud emasligini alohida qayd etgan. Bundan tashqari, Qo‘mita hukumat tuzulmalariga samarali ta’sir etish, xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi Konvensiyani hayotga tatbiq etish maqsadida O‘zbekiston Xotin-qizlar Qo‘mitasi mavqeini oshirishga da’vat qiladi. Bu borada u davlat va nohukumat tashkilotlari hamkorligini mustahkamlash, ularni moliyalashtirishda ko‘mak ko‘rsatishga e’tibor qaratdi. Qo‘mita yana ayollarning bandligi, ular mehnatiga haq to‘lashdagi tafovutlarni bartaraf etish, ularning norasmiy mehnat bozoridagi holatini yaxshilash masalalariga ham o‘z e’tiborini qaratdi.
6
Cовершенствование организационно-правовых основ реализации прав женщин в Узбекистане. Авт. колл.: Асьянов Ш.М., Бакаева Ф.Х., Гасанов М.Ю., Тошбаев С. О.-Т., 2008.-С.4.
O‘zbekistonda xotin-qizlar haq-huquqlarining to‘la ta’minlanishi, salohiyatlari to‘la-to‘kis namoyon etilishi quyidagi masalalar yechimini topishi vositasida amalga oshirilishi mumkin: -hokimiyat va boshqaruv sohasida ayollar vakilligining cheklanganligi, siyosatda ishtiroki yetarlicha emasligi; - ayollarning mavqei baland bo‘lmagan sohalarda, kam ish haqi to‘lanadigan kasb va faoliyat turlarida yuqori darajada band bo‘lganligi; - ayollarning maishiy ishlarda va jamiyat tomonidan qadrlanmaydigan mehnat turlari bilan mashg‘ulligi; - ayollarning mulkchilik munosabatlariga, milliy boylik zahiralariga cheklangan tarzda jalb etilganligi, va buning natijasida, erkaklarga nisbatan kambag‘alligi; - jamiyatda gender madaniyatining yetarlicha shakllanmaganligi; - ijtimoiy ongda ”xotin-izlar masalasi” hal etib bo‘lingani xususidagi qarashning mavjudligi. Bu o‘rinda erkak va ayolni teng ko‘rish; bir xil qiymatga ega ish uchun teng maosh tayinlash; ish bilan ta’minlash, boshqaruv va vakillik organlariga saylash, pensiya, sog‘liqni saqlash, mansabga tayinlash, onalik va otalik nafaqasini berishda erkaklar bilan birdek imkoniyat yaratish nazarda tutilmoqda. Jumladan, jurnalistikada gender masalasini xolis yoritish, genderga urg‘u berilmaydigan betaraf tildan foydalanish va ayollarning faqat maishiy mavzular yoki “yengil” yangiliklar muxbiri sifatida qolib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik ko‘zda tutiladi. OAV ham o‘z faoliyatida hamda ayollarga munosabatda gender tengligini ta’minlashi muhimdir. OAV bu mavzuda munozaralar uyushtirishi, jamiyatni xabardor qilishi, gender bo‘yicha eskicha qarashlarga barham berish maqsadida mazkur masalani kun tartibidagi asosiy mavzulardan biri sifatida talqin etishi lozim. Ushbu jarayonda jurnalistlar uyushmalari ham hal qiluvchi o‘ringa egaki, ular barcha OAV xodimlari uchun bir xil mehnat sharoiti ta’minlanishini kafolatlashi maqsadga muvofiq. Xalqaro jurnalistlar federatsiyasi (XJF), Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT), YUNESKO va BMTning boshqa muassasalari mazkur tamoyillar ro‘yobi yo‘lida faoliyat yuritib kelmoqda, ammo hozircha dunyoning biror mintaqasida chinakam va to‘laqonli tarzda gender tengligiga erishilganicha yo‘q. “Manzilga yetish uchun hali uzoq yo‘l bosish kerak, – deydi BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun. – Ayollar hali-hanuz kamsitish, iqtisodiy imkoniyat va manbalarning yo‘qligi, boshqaruv organlariga qabul qilishdagi cheklovlar va jinsiy zo‘ravonliklardan aziyat chekmoqda”. O‘zbekiston OAV tahririyatlari va jurnalistlar faoliyatini kuzatib, xotin-qizlar tengligiga erishish uchun ko‘p ishlar qilish lozimligiga amin bo‘lamiz. Ushbu qo‘llanma jurnalistlar va ijodiy uyushmalar faollariga gender tengligini kasbiy faoliyatimizning asosiy mezoniga aylantirish yo‘llari haqida saboq beradi. Qo‘llanma to‘rt bobdan iborat. “O‘zbekistonda ayollar ommaviy axborot vositalari va ayol jurnalistlar: xorijiy va milliy tajriba” deb nomlangan birinchi bobda mamlakatimizda ayol jurnalistlarning maqomi, ayollarga mo‘ljallangan OAV faoliyati, sohada gender tengligiga erishish borasidagi chora-tadbirlar haqida so‘z yuritiladi. “O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari tizimidagi gender stereotiplari” deb nomlangan ikkinchi bobda O‘zbekiston OAVda ayol siymosi qay alfozda tasvirlanayotgani, mavjud stereotiplarni kuchaytirish yoki yo‘qotishga urinishlar tadqiq etilgan, jurnalistlar voqelikni yoritishda yo‘l qo‘yayotgan ayrim kasbiy xatolar xususida fikr yuritiladi. “O‘zbekiston xotin-qizlarining turli jamoat uyushma va tashkilotlaridagi ishtiroki” deb atalgan uchinchi bobda gender tengligini targ‘ib etish va boshqaruv tizimida ayollarning munosib ishtirokini ta’minlashda turli uyushmalar va ayollar tashkilotlarining roli haqida so‘z yuritiladi. “Manba va manzillar” deb nomlangan to‘rtinchi bobda mavzuga doir manbalar, OAV va tahririyatlarda gender tengligini ta’minlashga oid adabiyotlar, shuningdek, OAVda ayollar huquqlari va gender tengligi targ‘iboti yo‘lida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar manzillari ko‘rsatilgan. “Ilovalar” bo‘limida turli xalqaro tashkilotlar, xorijdagi taniqli xotin-qizlar NNT tomonidan ishlab chiqilgan hujjatlar, bitimlar, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar matbuoti xususidagi ma’lumotlar keltirilgan.
1-bob. OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI VA AYOL JURNALISTLAR: XORIJIY VA MILLIY TAJRIBA O‘zbekiston OAVda bugungi kunda avvalgi davrlarga qaraganda ko‘proq xotin-qizlar faoliyat yuritmoqda. Mamalakatimiz OAV tarkibida ayollar bosh muharrir, muharrir o‘rinbosari, tahririyat mas’ul kotibi, bo‘lim rahbari va muxbir lavozimlarida ishlab kelmoqda. Ayni chog‘da ular asosan maishiy yoki ko‘ngilochar mavzularni yoritish bilan band. Bunday manzara nafaqat O‘zbekiston matbuoti, balki Yevropa mamlakatlari OAVda ham kuzatiladi. Masalan, Shvetsiyada jurnalistika sohasida mehnat qilayotganlarning ko‘pchilik qismi ayollardan iborat. Biroq jamiyat hayotini, kundalik voqealarni yoritishda ular erkak jurnalistlar bilan teng imkoniyatga ega bo‘lish uchun kurash olib borishmoqda. BMTning OAV monitoringi borasidagi global loyihasi (GMMP) 1995-yildan buyon har besh yilda o‘tkazib kelayotgan tadqiqotlariga ko‘ra, 2005-yilda yangiliklar dasturi boshlovchilarining 57 foizi ayollardan iborat bo‘lgani holda, yangiliklarning 29 foizi ayol muxbirlar tomonidan yozilgani ma’lum bo‘lgan. Ayni chog‘da, 32 foiz dolzarb yangiliklar ayollar tomonidan yozilgan yoki yoritilgan. Xotin-qizlar asosan (40 foizgacha) ijtimoiy masalalar, oila, san’at, maishiy hayot kabi “yengil” mavzularda materiallar tayyorlagan. 2000-2005-yillarda ayol boshlovchi va muharrirlar soni quyidagicha bo‘lgan: Diagramma v svete so s. Kirilicheskoy 3 Gazeta
muxbiri
Radio muxbiri Telemuxb
ir Radiobos
hlovchi Telebosh
lovchi 000
26 28
36 44 56
005 28 46
42 47
57
GMMP aniqlashicha, ko‘p sonli ayollar o‘z malakasini oshirib, sohaga kirib kelmoqda, ammo prodyuser, rahbar, bosh muharrir va noshirlar orasida ular soni kamligicha qolmoqda. Kanada gazetalar uyushmasining 2002-yilgi tadqiqotida qayd etilishicha, bosh muharrirlarning atigi 8 foizi, noshirlarning bor-yo‘g‘i 12 foizi ayollardan iborat. Sharqiy Afrika jurnalistlari uyushmasi (EAJA) 2008-yilda mintaqalardagi tahririyatlarning 20 foizini ayollar tashkil etgani haqida ma’lumot bergan. Doimiy mehnat bilan shug‘ullanib kelgan onalar ishxonadagi stress, qo‘rqitish va ta’qib holatlari, nomaqbul mehnat taqsimoti va noqulay ish vaqti tufayli to‘liqsiz, vaqtincha yoki jamoatchilik asosida ishlashga o‘tgan. Bu esa, o‘z navbatida, ish ta’minoti, lavozimga ko‘tarilish, yuridik maqom va shartnomadagi erkak hamkasblar ega bo‘lgan huquqlardan foydalanish borasida ularning ahvolini murakkablashtirmoqda. Janubiy Afrika mamlakatlarida jinsiy zo‘ravonlik ochiq muhokama etilmaydigan muammo bo‘lib qolmoqda. Tegajog‘lik qilish, nomaqbul elektron maktub, xat-xabar yo‘llash, ishxonada pornografik suratlar namoyish qilish, axloqsiz gap-so‘zlar va h.k. xatti-harakatlar jinsiy zo‘ravonlik shakllari sanaladi va bu jabrdiydaning shaxsiyatiga, ishchanlik qobiliyatiga va xulq-atvoriga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ba’zi mamlakatlarda esa trening va ta’lim imkoniyatining pastligi, oshkora yoki yashirin kamsitish amaliyoti (komendantlik soati, bolalarga g‘amxo‘rlikning yo‘qligi), zo‘ravonlik va ishga yollashda ochiqdan-ochiq tegajog‘lik qilish singari muammolar kun tartibida turibdi. Ilgari erkaklar “qo‘riqxona”si sanalgan harbiy muxbirlar klubiga so‘nggi yillarda ayollarning dadil kirib kelishi muhim yutuq sanaladi. Ayni chog‘da, xayrixoh ish beruvchilar ayollar qurolli to‘qnashuvlar kechayotgan hududlarda qo‘shimcha xatarga yuzma-yuz kelishini ham unutmasligi kerak. Ular erkak hamkasblari boshdan kechiradigan xavfga ro‘baro‘ bo‘lib qolmay, zo‘ravonlik, qo‘rqitish va kamsitish singari tahdidlar bilan ham yuzma-yuz bo‘ladilar. Qolaversa, ayollar o‘z jonini qutqarish uchun erkaklar bichimi va o‘lchamida ishlab chiqarilgan xavfsizlik vositalaridan foydalanishga majbur bo‘ladi. Xalqaro axborot xavfsizligi instituti (INSI) 2005-yilda chop etgan Urushni yorituvchi ayollar haqidagi hisobotida savolga tutilgan ayollarning 82 foizi ixtiloflarni yoritish chog‘i jismoniy hamla yoki qo‘rqitish qurboni bo‘lganini aytgani qaid etilgan. Ko‘plab mamlakalarda haligacha “pay gap” (erkaklar va ayollar uchun turlicha maosh to‘lash) amaliyoti mavjud. Aksariyat davlatlarda “yopishqoq pol” (sticky floors), “oynavand shift” (glass ceilings) kabi istilohlar ayollarning yoshi o‘tgani sari noteng maosh farqi oshib borayotgani, ular lavozim borasida erkak hamkasblariga yon berishga majbur bo‘layotganini ifodalaydi. Xodim manfaatiga zid ravishda qat’iy belgilangan ish soati yoxud farzand tarbiyasi uchun ta’til olgan ayollarning jarimaga tortilishi kabi nobop ish amaliyoti noteng maosh to‘lashga doyalik qilmoqda.
Jahon jurnalistikasi doirasida ayollar harakati kuchayishi bilan jurnalistlar uyushmalarining ayol a’zolari soni oshdi. Xalqaro Jurnalistlar Federatsiyasi (XJF) ayol-jurnalistlar maqomi bo‘yicha 2001-yilda o‘tkazgan tadqiqotiga ko‘ra, ularning ijodiy uyushmalarga a’zolik ko‘rsatkichi – 28,75 foiz va mintaqalardagi uyushmalar boshqaruvida qatnashayotgan ayollar soni OAV boshqaruvidagilardan ko‘ra ko‘proq. Umuman olganda, uyushmalar boshqaruv idoralarining 17 foizi ayollar hissasiga to‘g‘ri kelgan. XJFning 2008-yilgi hisobotiga ko‘ra, Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va Eronda uyushmalar boshqaruvining 11,7 foizinigina ayollar egallagan. Jurnalistika uyushmalari va birlashmalarida ayol a’zolar sonini oshirish shunisi bilan ham muhimki, bu qalam ahli orasida gender tengligi istiqbolini kafolatlashga xizmat qiladi. Ijodiy uyushmalarda ularning o‘rni mustahkamlanishi bilan uyushmalarning gender masalasiga munosabati ham tubdan o‘zgaradi. “Boshqaruvda ayollar yetarli miqdorda bo‘lmas ekan, uyushmalar na bo‘lajak ayol a’zolari ishonchini oqlaydi, na ishchi ayollarning tashvishlariga teng sherik bo‘la oladi”, deb hisoblaydi Xalqaro Mehnat Tashkiloti. Kelgusida amalga oshiriladigan ishlar bir talay. Hali-xamon “biz erkaklar klubimiz” degan eskicha qarashda qolayotgan ko‘plab uyushmalarda ayollar soni kamligicha qolmoqda. Shubhasiz, ayrim mintaqalarda urfga kirib qolgan yanglish odatlarga barham berish muhim vazifa bo‘lib turibdi. Erkak va ayolga turlicha maosh to‘lash, ish va oila hayotini uyg‘unlashtirishdagi qiyinchiliklar, malaka oshirish va lavozimga tayinlanish imkoniyatining kamligi, ishxonalarda ayollarga bepisand bo‘lish, ularni qo‘rqitish, kaltaklash va OAV yangiliklarida gender masalasining bir tomonlama yoritilishi bilan bog‘liq tashvishlar - bularning barchasi jurnalistlar uyushmalari ko‘tarishi lozim bo‘lgan dolzarb masalalardir.
Jurnalistlar uyushmalarida ayollarning ishtiroki (XJFning ayol jurnalistlar maqomiga oid hisobotidan, foizda(uyushmalarning ayol a’zolari va uyushmalar boshqaruvidagi ayollar), 2001) Illyustratsiya s originala –tablitsa v svete. Mintaqalar 10 % 20% 30% 40% 50% 60%
Uyushmaning erkak va ayol faollari OAVda gender tengligi borasidagi yondashuvga ta’sir ko‘rsatish uchun bir qator usullarga murojaat etishlari mumkin: - ma’lumot to‘plash: uyushma doirasida gender tengligi borasida xabardorlikni oshirish aniq ma’lumotlar to‘plashni talab etadi. O‘zgarishlarni amalga oshirishda ayollarning uyushmalarga a’zoligi, boshqaruvdagi ishtirokiga doir raqamlar, shuningdek, OAVga ishga qabul qilish va maosh to‘lash, OAVda ayollar uchun ish vaqti, onalik nafaqasi va boshqa shart-sharoitlarga doir ma’lumotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Raqamlar vaziyatni chuqur tahlil qilish, munozaralarda yutib chiqish va gender tengligi tamoyilini uyushma yoki birlashmaning ustuvor maqsadi sifatida belgilashda yordam beradi. Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va Eron ijodiy uyushmalari boshqaruvida ayol jurnalistlar. XJF, 2008 Mamlakat Uyushma Boshqaruv a’zolarining umumiy soni Boshqaruvdagi ayollar Foizda Jazoir
SNJ 9
Bahrayn
Misr
EJS
Eron AOIJ 10 1 10 Iroq
IUJ
11 1 9 Quvayt KJA
7 1 14,3
Livan
LPO 12 0 0 Marokash SNPM 19
5 26,3
Falastin
PJS
9 0 0 Sudan
SJU 30 4 13,3
Tunis SNJT 9 3 33,3 BAA UAE JA
9 2 22,2 Yaman YJS 13
1 7,7
O‘zbekistonda Milliy matbuot markazining 2003-yilda o‘tkazgan tadqiqotiga ko‘ra, 1397 nafar ro‘yxatga olingan jurnalistlarning 407 nafarini, ya’ni 29,1 foizini ayollar tashkil etgan 7 . O‘sha yili ro‘yxatga olingan 691 ta gazeta va jurnal muharrirlaridan 77 nafari, ya’ni 11 foizi ayollar bo‘lgan 8 . Xotin-qizlar nashrlari soni ko‘paygan. Ularga muharrir sifatida ayollar tayinlangan bo‘lsa-da, jamiyatdagi gender ziddiyatlarini bartaraf etishdagi ahamiyatini, jurnalistlar materiallarining sifati va ta’sirchanligini, ijodiy xodimlarining kasbiy malaka va gender madaniyatini muntazam oshirib borish zarur bo‘ladi.
Jurnalistlar Federatsiyasining (XJF) GENDER KENGASHI
XJFning ayollar va erkaklar tengligini ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlarini tashkilotning o‘zida tuzilgan Gender kengashi kuzatib boradi. XJFning Gender kengashi dunyoning turli mintaqalaridagi bo‘limlari tomonidan nomzod sifatida ko‘rsatilgan ayol va erkak a’zolardan tashkil topgan ( http://www.ifj.org/assets/docs/140/127/30eb48c-5edec7f.doc ). Kengash XJFning gender siyosatini rivojlantiradi, mazkur siyosatning bo‘limlar tomonidan qabul qilinishi va amalga tatbiq etilishini ta’minlaydi hamda milliy uyushmalar faoliyatiga ko‘maklashadi. Kengash – teng huquqlilikni targ‘ib etuvchi va XJF maqsadlariga xizmat qiladigan trenerlarni tarbiyalovchi yetakchi mutaxassislarning jamoasi hamdir. Kengash yilda bir marta yig‘iladi, XJFning tenglikni ta’minlash kampaniyasi
7 Ўзбекистон оммавий ахборот воситалари ва журналистлари.-Т.:МММ, 2003.-Б.5-39 8 Ўша манба-Б.40-138. faoliyatiga baho beradi, kelgusi yil dasturi va byudjet taqsimotini hamda XJF Ijroiya qo‘mitasi faoliyatiga doir hisobotlarni tasdiqlaydi. Bu boradagi batafsil ma’lumotlarni XJFning gender masalalari bo‘yicha quyidagi elektron manzildan olish mumkin: pamela.moriniere@ifj.org
matbuot, xususan, bosma nashrlarning paydo bo‘lishini 1906-yilning 27-iyun sanasidan chiqa boshlagan “Taraqqiy” gazetasi bilan bog‘laymiz. O‘sha davr ehtiyoji mevasi o‘laroq bu gazeta nafaqat ziyolilarni, balki aholini ham o‘z ortidan ergashtirdi, ularning junbushga kelishiga turtki berdi, desak xato bo‘lmas. Ikki oy o‘tar-o‘tmas tashkil etilgan “Xurshid” (1906-yil 6-sentabr), “Shuhrat” (1907-yil 1-dekabr), “Tujjor” (1907 -yil 21-avgust), “Osiyo” (1908-yil 9 aprel), “Turon” (1912-yil 11-iyul) gazetalari sahifalaridagi “o‘tli” maqolalar, fel’etonu-tanqidga yo‘g‘rilgan hajvlar o‘sha davr kishisining hayoti, tafakkuri va maqsadlariga ta’sir ko‘rsatishda mayoq bo‘ldi. Mazkur nashrlarning milliy g‘urur, iftixorga tegadigan yoki aksincha, ularni ko‘taradigan hodisalarga dadillik bilan munosabat bildirgani hali-hanuz jasorat sanalmoqda. O‘sha davrda, ayni jaholat jahli murakkab bo‘lgan pallada ayollar mavzusi, ularning huquqlari va taqdiriga doir chiqishlar ham mazkur nashrlar sahifalaridan o‘rin oldi. 1906-1913-yillar oralig‘ida chop etilgan “Samarqand”, “Sadoi Turkiston”, “Sadoi Farg‘ona” gazetalari, “Oyina”, ulamolarning “Al-isloh” jurnallari sahifalarida xotin-qizlarga doir maktub va maqolalar berila boshlangan. Biz e’tiborimizni ayniqsa, “Sadoi Turkiston” gazetasiga qaratmoqchimiz. Zero, mazkur nashr xotin-qizlar turmushiga doir materiallarni eng ko‘p va hayotiy yoritgan gazeta bo‘lgan. Gazetaning 11-sonida “Toshkandlik bir muallima” imzosi ostida “Turkiston muallimalari tarafidan bir sado” sarlavhali material e’lon qilingan. Unda o‘lka musulmon xotin-qizlarini o‘qitmaslik oqibatida ular johila bo‘lib qolayotganlari o‘tkir hissiyot bilan izhor etiladi. “...Biz Turkiston muslimalari ahvoliga nazar qilinsa, – deydi muallima, - ochinmiy mumkin emas. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring: rushdiy, e’dodiy va oliy maktablar bir tarafda tursun, butun Turkistonimizda muslimalarga maxsus Alloi taoloni tanitub din hukmlarini o‘rgatadirgon, Qur’oni karimni tajvid qoidalariga muvofiq suratda o‘qutadirgon, ba’zi kitoblarni durust o‘qub ma’nilarin onglatub xat- savod bildiradirgon va past darajada bo‘lsa ham jug‘rofiya, hisob, tarix va til qoidalari kabi foydali dunyoviy ilmlarni bildiradirgon birgina bo‘lsun, ibtido’iy maktablarimiz bormi?” 9
foydasi yo‘q taqinchoqlarga ketadigan mablag‘larni ular uchun maktablar ochishga sarflang, deb yozadi. “Yetar bizni orzu-havasimizni tugallagoningiz! Endi bizni o‘qiturga va kishi qatoriga kiriturga g‘ayrat qilingiz! G‘ayrat!” deya maqola tugaydi. No‘shiravon Yovushev “Xotin-qizlarimizga bir nazar” (15-son) maqolasida o‘qigan ayollar farzandlariga yaxshi tarbiya bera oladi, shu bois ham ularni o‘qitish lozim, deb hisoblaydi. Hamzaning “Bid’atmi, majusiyatmi?” sarlavhali maqolasida xotin-qizlar orasidagi eng yomon rasmlardan biri – chaqirdi qilguncha vafot etgan kelinchakning mayiti ustida “chaqirdi marosimini o‘tkazish” keskin tanqid qilingan (11-son). Gazeta publitsisti Rauf Muzaffar “Ong umidlari” maqolasida Turkiston xotin- qizlarining kundalik turmushlarini keng tasvirlagan (36, 39 va 42-sonlar). Bu maqola qalam ahllarining xotin-qizlar hayotiga e’tiborini kuchaytirdi. Gazetaning 26-sonida chop etilgan “Xonimlar tovushi” sarlavhali materialda toshkentlik Podshoxonim Jalilovaning ota-onalarga murojaati keltirilgan. Unda ham xotin-qizlarni o‘qitish, ular uchun maktablar ochish talabi aks etgan” 10 . “Sadoi Turkiston”ning 1914-yil 23-avgust sonida Sora Muzaffariyaning “Ayb o‘zimizda” sarlavhali maqolasida ham dolzarb masala ko‘tarilgan. Muallifning yozishicha, tatar xotin-qizlari ham musulmondirlar. Lekin ular o‘z haq-huquqlarini talab qilib maktablar, kutubxonalar, qiroatxonalar, jamiyatlar ochdilar, dorilfununlarga kirib o‘qimoqdalar, hatto xorijdagi oliy o‘quv yurtlarini bitirmoqdalar. Shunday bir holda, Turkiston muslimalari g‘aflat uyqusida yotibdi, ulardan sado chiqmaydi. Bu jihatdan ularning o‘zlarida ham muayyan ayb bor, deb o‘lka xotin-qizlarini harakatga da’vat etadi. Bu da’vatga javob tariqasida Podshoxonim Jalilovaning “Turkiston xotun-qizlarig‘a bir sado” sarlavhali murojaati gazetaning 45-sonida e’lon qilingan. 44-sonida esa, Toshkentdagi tatar xonimlari tomonidan tashkil qilingan komitetning Birinchi jahon urushida majruh bo‘lgan soldatlarga yordam uchun uyushtirgan ilk tadbirining natijasi keltirilgan.
9 Б.Дўстқораев. Ўзбекистон журналистикаси тарихи.- Т.: Ғ.Ғулом номидаги НМИУ, 2009. – B. 222. 10 O‘sha manba,-B. 223. “Sadoi Turkiston” birinchi bo‘lib mahalliy xotin-qizlardan chiqqan shoira Nozimaxonimning “Faryod” she’rini 1914-yil 18-iyul sonida e’lon qildi. Bu bilan u mahalliy xotin-qiz ijodkorlarning asarlarini dadillik bilan chop etishni boshlab berdi, deyish mumkin. Xullas, bu kabi materiallar Turkiston o‘lkasida asriy g‘aflatda bo‘lgan musulmon xotin-qizlarida ham milliy uyg‘onish sodir bo‘lishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Bu mavzuga hatto ulamolar ham befarq turolmadilar. Ular shariat ahkomlari bo‘yicha ayollar qanday huquqlarga egaligi haqida yozdilar (47 va 51-sonlar) 11 . Bir gazeta misolida o‘sha davr ayollarining dardi, turmushi, ruhiyati ko‘z oldimizda yaqqol namoyon bo‘ladi. Garchi u vaqtlar bu mavzuda juda kam axborot e’lon qilingan esa-da, aksar materiallarning kinoya va tanqid ruhidaligi kishi e’tiborini tortadi. Ijtimoiy zarurat tufayli vulqonday portlab chiqqan maqolalar ayollarning o‘z haq-huquq va qadr-qimmatlarini bilishga chorlabgina qolmay, boshqalarga ham buni isbotlashga intilgan. Mustaqillik yillarida milliy matbuot tarkibida xotin-qizlar nashrlarining ko‘payishini axborot bozoridagi bunday turdagi gazeta-jurnallarga bo‘lgan ehtiyoj o‘sishi hamda jamiyatda xotin-qizlar ijtimoiy faolligi oshgani bilan izohlasa bo‘ladi. Aynan ayollar uchun mo‘ljallangan nashrlar soni respublika miqyosida 30 taga yaqinlashdi. Ularning tashkil topish davriga nazar solsak, asosan 2006-2010-yillarga to‘g‘ri kelmoqda. Milliy matbuotda ayollar mavzusiga siyosat darajasida yondashish ham ayni shu yillarga to‘g‘ri keladi. Ularning kattagina qismi Respublika xotin-qizlar Qo‘mitasi hamda uning viloyatlardagi bo‘limlari tomonidan ta’sis etildi. Ular bilan bir qatorda axborot bozorida nodavlat nashrlarining ham faolligi oshmoqda. Bu esa nashrlar o‘rtasida raqobatni yuzaga keltirib, milliy jurnalistikaga yangi g‘oyalar, yondashuvlar va janrlar xilma-xilligi kirib kelishini ta’minlamoqda. Avval O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi, uning barcha viloyatlar, poytaxt va Qoraqalpog‘istonda chop etiladigan nashrlariga to‘xtalamiz. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining 2014-yil sentyabr oyida o’tkazgan monitoringi quyidagi ma’lumotlarni to‘plashga imkon berdi.
Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling