Ayni paytda anjumanga tayyorgarlik jarayonlari qizgʻin tus olgan. Xususan, sovrindorlarga topshiriladigan diplom, sertifikat loyihalari, statuetka namunalari ishlab chiqildi. Ayni paytda anjumanga tayyorgarlik jarayonlari qizgʻin tus olgan. Xususan, sovrindorlarga topshiriladigan diplom, sertifikat loyihalari, statuetka namunalari ishlab chiqildi. Milliylikni oʻzida aks ettiruvchi liboslar, aktyorlar joylashuvi va Oqsaroy hududi atrofida ularning yurishlarini tashkil etish, maydonlarni hududlar kesimida taqsimlash, ularga xos boʻlgan milliy urf-odat, anʼana va qadriyatlar aks etgan ssenariy hamda dasturlar loyihalari, mos musiqiy ketma-ketlik va videoroliklar tayyorlanmoqda. Oʻzbek, rus, ingliz tillarida “Maqom nima?” deb nomlangan kitob nashr etildi. AQSHdan ham ishtirokchilar bor 2018 yil 2, 6, 13 iyul kunlari Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tuzilgan saralash komissiyasi aʼzolari Shahrisabz shahrida boʻladigan Xalqaro maqom sanʼati anjumanida ishtirok etish istagini bildirgan xorijiy davlatlar maqom ansambllari va yakkaxon xonandalarining ijod namunalarini koʻrib chiqdi. Xalqaro maqom san'ati anjumani. Xorijliklar qanday fikrda? Shahrisabz shahrida Xalqaro maqom san'ati anjumani ko‘tarinki ruhda davom etmoqda. Unda dunyoning 73 davlatidan xonanda-yu sozandalar, san'atshunos olimlar, mutaxassislar ishtirok etmoqda. O’zbekiston Milliy Axborot Agentligi muxbiri anjumanning ayrim ishtirokchilari bilan suhbatlashdi. Xose Luis Izaguirre, jurnalist (Ispaniya): – O‘zbekistonda ilk bor bo‘lishimga qaramay, taassurotlarim bir dunyo. Qadimiy shaharda saqlanib qolgan qadimiy obidalar, yodgorliklar xalqingiz tarixi uzoq asrlarga borib taqalishidan darak beradi. Mamlakatingizda san'atning an'anaviy turlariga alohida e'tibor bilan qaralishi tahsinga loyiq. Xususan, anjumanning ochilish marosimi yuqori saviyada tashkil etilgani ham fikrimga misol bo‘la oladi. Tadbirning ko‘tarinki ruhda o‘tishi uchun barcha zarur tayyorgarlik ko‘rilgan. Ispaniyada ham mumtoz san'at turlari, ashula va boshqa an'analar bilan bog‘liq festivallar o‘tkaziladi. Kelgusida bu kabi an'analarni hamkorlikda davom ettirish, tajriba almashish xalqlarimizni ma'naviy yaqinlikda, ezgu orzu-intilishlar ruhida birlashtirishiga ishonaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |