Xalqaro mehnat migratsiyasining o’zbekiston yaIMga ta’siri


Download 153.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana23.04.2023
Hajmi153.56 Kb.
#1389329
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
XALQARO MEHNAT MIGRATSIYASINING O’ZBEKISTON YaIMga TA’SIRI



Mavzu:
XALQARO MEHNAT MIGRATSIYASINING
O’ZBEKISTON YaIMga TA’SIRI.
Mualliflar: ERKIBAYEV ABBOS
ISMATULLAYEV AZIZBEK
JALOLOV ABDULAZIZ
SAIDOV BEKZOD
Kalit so’zlar:
Markaziy Osiyo davlatlari migratsiyasi.O'bekistonda mehnat migratsiyasining o'rni.Xalqaro mehnat
migratsiyani O'zbekiston Yalpi ichki mahsulotidagi ulushi.O'zbekistonda migratsiya o'sib borish tarixi.


Reja:
1. Mehnat migratsiyasi va uning salbi oqibatlari
2. Xalqaro migratsiyasinig YalM ga ta’siri
3. Xalqaro migratsiyasinig sabablari
4.
Mehnat migratsiyasi muammolarini bartarf etish yoʻllari


Mehnat migratsiyasi va uning salbiy oqibatlari
Jahon xoʻjaligi rivojlanib, mamlakatlararo integratsion aloqalar kuchayib borgan
sayin, mehnat migratsiyasi ham tobora intensivlashib bormoqda. Rivojlangan
mamlakatlar va iqtisodiy qoloq mamlakatlar oʻrtasidagi farqlarning uzluksiz
chuqurlashib borayotgani ham ushbu jarayonlarni jadallashtirishga kuchli taʼsir
koʻrsatmoqda.
Chunki mehnat migratsiyasi kishilik jamiyati taraqqiyotining hozirgi bosqichida
migratsiyaning oʻziga munosib ish va yuqori daromad topish maqsadida amalga
oshirilgan alohida turi boʻlib, iqtisodiyoti ogʻir ahvolda boʻlgan kam rivojlangan
mamlakatlarda bandlik va ish haqinig oʻtkir muammolarini hal etishning asosiy
vositalaridan biriga aylandi. Tabiiyki, siyosiy mustaqillikka erishgan, lekin
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda oʻtmishdan qolgan merosning ogʻir muammolarini
uzil-kesil hal etish zaruratiga duch kelgan Oʻzbekiston ham XX asrning fenomeni –
mehnat migratsiyasi jarayonlaridan chetda qolish imkonini topolmadi.
Mehnat migratsiyasi: sabab va oqibatlari
Oʻzbekistonda bozor iqtisodiyotiga oʻtish bilan bogʻliq tub oʻzgarishlar birinchi
navbatda mehnat munosabatlariga benihoya kuchli taʼsir koʻrsatdi. Natijada iqtisodiy
islohotlar jarayonida bozor munosobatlariga asoslangan iqtisodiy tizimga xos, uning
ajralmas qismi va doimiy yoʻldoshi boʻlgan ishsizlik fenomeni yuzaga keldi.
Iqtisodiyotda kechgan obyektiv jarayonlar oqibatida minglab, millionlab kishilar ishsiz
qoldi, oʻzlarining daromad manbaidan ajraldi. Endigina mustaqillikka erishgan yosh
Respublikada kasbiy taʼlim tizimi mamlakatda shiddat bilan shakllananib borayotgan
bozorning real talablaridan kelib chiqqan holda malakali mutaxassislar tayyorlash va
qayta atyyorlash tizimiga hali moslashib ulgurmagan edi. Natijada mehnat bozorida
ishchi kuchi taklifi va unga talab oʻrtasida keskin tarkibiy disbalans yuzaga keldi va
bozor munosabatlari oʻrnashib borgan sayin tobora chuqurlashib bordi. Bularning
hammasi ish haqi oila daromadining yakkayu-yagona manbai boʻlgan yollanma
ishchilar uchun haqiqiy fojiaga aylandi, ularni yuzaga kelgan tang vaziyatdan chiqish,
oilani taʼminlash choralarini izlashga majbur qildi.
Oʻzbekistonda ishsizlikning yuzaga kelishi va keskin tus olishining hamda sobiq
ittifoqdosh respublikalariga nisbatan yana-da asoratliroq kechishining inkor etib
boʻlmaydigan oʻziga xos jihatlari va chuqur sabablari bor edi. Bular qatoriga
quyidagilarni kiritish mumkin:
Sobiq sovet tizimidan meros boʻlib qolgan ijtimoiy sohaning beoʻxshovligi;


sovetlar hukumatining sunʼiy yaratilgan, lekin ish haqi oʻta past, turmush darajasini
taʼminlashning xalqaro standartlariga batamom mos kelmaydigan ish oʻrinlari tashkil
etish vositasida aholining toʻla bandligini taʼminlash siyosati;
sovetlar imperiyasining yemirilishi oqibatida respublikalararo lateral (gorizontal)
iqtisodiy aloqalarning izdan chiqishi;
murakkab demografik vaziyat;
oila tarkibida boqimandalar ulushining kattaligi;
bozor munosabatlariga oʻtish davri qiyinchiliklari taʼsiri ostida ishlab chiqarish mutlaq
hajmining qisqarishi;
iqtisodiyotda chuqur tarkibiy oʻzgarishlarning sodir boʻlishi;
eksport tarkibida xomashyo resurslari ulushining yuqoriligi;
bozor iqtisodiyotiga oʻtish jarayonida ekstensiv omillarning intensiv omillarga
almashuvi natijasida ishchi kuchi nisbiy ortiqchaligining yuzaga kelishi va hokazolar.
Iqtisodiy islohotlar jarayonida Oʻzbekiston bir vaqtning oʻzida bir nechta oʻtish davrini
boshidan kechirdi. Birinchidan, qaramlikdan mustaqillikka oʻtish, buning oqibatida
imperiyaning yemirilishi hamda yaxlit organizm tarkibida koʻp yillik vertikal va
gorizontal iqtisodiy aloqalarning izdan chiqishi natijasida ittifoq koʻlamidagi koʻplab
yirik-yirik korxonalarning yopilib ketishi yoki ogʻir holatga tushib qolishi. Ikkinchidan,
bir iqtisodiy tizimdan boshqasiga oʻtish, iqtisodiyotdagi chuqur tarkibiy oʻzgarishlar,
talabning keskin qisqarishi va hokazolar. Uchinchidan, boqimandalik kayfiyatidan
ishbilarmonlik va tadbirkorlik faoliyatiga oʻtishning muqarrarligi.
Qadim zamonlarda bir buyuk faylasuf oʻtish davrida yashash azoblaridan meni
Yaratganning oʻzi asrasin, degan ekan. Bir yoʻla bir nechta murakkab oʻtish
jarayonlarini boshidan kechirgan Oʻzbekiston iqtisodiyotida qanchalik ogʻir, qanchalik
murakkab vaziyat yuzaga kelganligini, kun boʻyi ter toʻkib oilasini arang
tebratayotgan oddiy ishchi uchun naqadar ayanchli boʻlganligini toʻla tasavvur qilish
uchun juda kuchli iqtisodchi boʻlish shart emas. Mantiqiy tafakkur va aql-idrok bilan
vaziyatni oqilona baholashning oʻzi kifoya qiladi.
Darhaqiqat, Oʻzbekiston mustaqillikka erishgan davrda qishloq xoʻjaligi milliy
iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlaridan biri boʻlib, unda jami iqtisodiyotda band
boʻlgan aholining 1/3 qismi ijtimoiy foydali mehnat bilan band edi, hozir esa u 26
foizgacha tushdi. Shu davr mobaynida qishloq aholisi tarkibida mehnat resurslarining
1,6-martaga koʻpayganligini ham hisobga olsak, qishloq joylarda mehnat bozorida
ishchi kuchi taklifi va unga boʻlgan talab oʻrtasidagi nomutanosiblikning yana-da
chuqurlashganligini koʻramiz va ishsizlik darajasining oshib borishi tabiiy jarayon
ekanligiga amin boʻlamiz. Umuman qishloq xoʻjaligida band boʻlgan aholi sonining
tobora qisqarib borishi va jami iqtisodiyotda band aholi sonidagi ulushining pasayishi
jahon xoʻjaligi tarkibida roʻy berayotgan global tendensiyalarga xos boʻlib,
nazarimizda Oʻzbekistonda ham ushbu jarayonlar kelgusida jadallashishi muqarrar.
Iqtisodiy jihatdan rivojlangan Gʻarb davlatlarida ushbu koʻrsatkich 3-5 % atrofida
ekanligi, Germaniyada esa 2% dan ham pastligi fikrimizning yorqin dalilidir. Bu shuni


anglatadiki, gʻarb dehqoni 20-33 kishini, nemis dehqoni 50 kishini, oʻzbek dehqoni
esa atigi 4 kishini qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlaydi.
Kelajakda fermer xoʻjaliklari moliyaviy ahvolining yaxshilanib borishi natijasida
qishloq xoʻjaligining moddiy-texnika bazasi rivojlanadi va bandlik darajasining
qisqarish jarayonlari yana-da jadallashadi va ushbu omil taʼsirida mehnat bozoridagi
vaziyat yana-da keskinlashadi.
Ish izlab xorijga chiqqan mehnat migrantlariga nisbatan davlat va jamiyatning,
qolaversa, har bir Oʻzbekiston fuqarosining munosabatini shakllantirishda
masalaning yuqorida zikr etilgan jihatlarini albatta inobatga olish lozim. Shundagina
ular tanlagan yoʻlga adolat yuzasidan, oqilona baho berish imkoniyatiga ega
boʻlamiz. Afsuski, ayrimlar mehnat migrantlarini qanoatsizligi, yengil-yelpi hayotga
moyilligi, goʻyoki yurtimizdagi qiyinchiliklarga dosh bermasdan, oson yoʻllar bilan
moʻmay daromad topish maqsadida vatanini tark etganlikda aybdor qilib koʻrsatishga
urinadilar. Aslida ham shundaymi?
Mustaqillikning dastlabki yillarida mamlakatda erkin bozor iqtisodiy munosabatlarini
shakllantirish hamda oʻtish davrining tabiiy qiyinchiliklari oqibatida yuzaga kelgan va
tobora avj olib borayotgan ishsizlikning oldini olish, imkon qadar uning koʻlamini
jilovlashning, yaʼni ishsizlik muammosini oqilona hal qilishning ikki yoʻli bor edi.
Birinchi yoʻl – bu mamlakatda koʻplab yangi ish oʻrinlarini yaratish va oʻtish davri
qiyinchiliklari hamda tizimli oʻzgarishlar oqibatida barcha ishdan boʻshaganlarni
yangidan yaratilgan ish oʻrinlariga joylashtirish. Muammoning yechimi sifatida davlat
iqtisodiy islohotlarning dastlabki bosqichlaridayoq kichik va xususiy tadirkorlikka keng
yoʻl ochib berish, unga imtiyozlar berish, qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirishning
tezkor choralarini koʻrish siyosatini tutdi. Lekin, endigina mustaqillikka erishgan va
oʻtish davri inqirozini boshidan kechirayotgan mamlakatda ishsizlik muammosini
uzil-kesil hal etishda davlatning moliyaviy imkoniyatlari benihoya cheklangan edi.
Boz ustiga xalqimizda tadbirkorlik bilan shugʻullanish va uning hisobidan daromad
topish tajribasi hali shakllanmagan edi.
Ikkinchi yoʻl – aholiga boshqa mamlakatlarga chiqib, tirikchilik qilishlari, oilasini
boqish uchun imkoniyat yaratib berish, aniqrogʻi mehnat migratsiyasiga yoʻl ochib
berishdan iborat edi. Respublikamiz uchun bozor iqtisodiyotiga oʻtish jarayonida ana
shunday mashaqqatli va beqaror vaziyatda ishsiz qolganlarning bir qismi, aniqrogʻi
nomigagina bandlikda boʻlib, maosh olib yurganlar yoki ishdan boʻshab, ishsizlar
toifasiga mansub boʻlganlar mana shu ikkinchi yoʻlni tanlashga majbur boʻlishdi.
Mehnat migratsiyasining kelib chiqish sabablari qanchalik murakkab, uning ildizlari
qanchalik chuqur boʻlmasin, davlatimizning, xalqimizning, qolaversa har birimizning
unga nisbatan munosabatimiz, uning kelajagiga nisbatan aniq strategiyamiz
shakllanmogʻi lozim. Mehnat migrantlari yana qancha vaqt begona yurtlarda


muhojirlikda yashab, oila tebratishi kerak degan hayotiy savolga aniq javob mana
shu strategiyada oʻz aksini topmogʻi lozim.
Mehnat miratsiyasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot jarayonlariga taʼsiri
Bizningcha, mehnat migratsiyasini ‒ Oʻzbekiston uchun iqtisodiy jihatdan zararli,
mamlakat ravnaqi yoʻlidagi eng katta toʻsiqlardan biri sifatida baholash lozim.
Maʼnaviy jihatdan esa boy tarixga, ibratli anʼanalarga, xalqlar oʻrtasida oʻziga xos
obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan xalqimizning shon-shuhrati va shaʼniga tamoman mos
kelmaydigan voqelik sifatida qarash lozim. Shu sababli mehnat migratsiyasida
yurganlarni oʻz yurtiga qaytarishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqib, ularni
amaliyotga joriy qilish maqsadga muvofiq. Nazrimizda, ushbu strategiyani amalga
oshirish juda ogʻir jarayon boʻlib, katta safarbarlikni va albatta uzoq vaqtni talab
qiladi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida mehnat migratsiyasining keng quloch yoyishini
mamlakatda favqulodda yuz bergan ogʻir vaziyat, nochor holat, ilojsizlikdan koʻra
koʻrilgan tezkor iloj sifatida qabul qilish mumkin. Lekin keyingi oʻtgan davrdan
bugunggacha butun bir avlod tugʻilib voyaga yetdi. Agar davlatni mustaqillikning
dastlabki benihoya ogʻir, mashaqqatli yillarida va favqulodda vaziyatlarda iqtisodiy
nochor aholi qatlamlariga yordam koʻrsatishdan koʻra mehnat migratsiyasi uchun
eshiklarini keng ochib berganlikda ayblashga haqli boʻlmasakda, oradan shuncha
yillar oʻtib, mehnat migratsiyasi muammosini hanuzgacha hal etmaganlikda, hozirgi
kunda ham son-sanoqsiz yurtdoshlarimiz begona yurtlarda ish izlab yurganligi
sabablarini bartaraf eta olmaganlikda ayblashga tom maʼnoda haqlimiz.
Oʻzbekistonda hamon davom etayotgan ushbu voqelikning eng katta aybdorlaridan
biri olimlar, ayniqsa iqtisodiy soha ilmi ahlidir. Aynan ular iqtisodiy jabhaning bepoyon
kengliklarida Oʻzbekiston uchun eng katta samara berishga qodir tayanch
nuqtalari-yu “oʻsish qutb"lari”ni izlab topishlari, mamlakatni taraqqiyotning ravon
yoʻliga olib chiqishda xalqimizga, davlatimizga yaqindan yordam berishlari, yangi
iqtisodiy jarayonlarning haqiqiy tashabbuskori va harakatga keltiruvchi lokomotivi
boʻlmoqlari shart. Albatta, jamiyat iqtisodchi olimlarning maslahatlariga, ilmiy
gʻoyalariga ehtiyoj sezmagan, oʻz fikrini erkin bayon etish imkoniyatidan mahrum
boʻlgan oʻtgan davr muammolar uchun zamonamiz olimlarni ayblash adolat
tamoyillariga mos kelmaydi. Lekin hozirgi oshkoralik davrida, oʻz gʻoyalarini va ilmiy
taklif hamda tavsiyalarini erkin bayon qilishga barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan
zamonda olimlarimizga nima xalaqit berayapti, degan savol tugʻiladi?
Mehnat migratsiyasi muammolarini bartarf etish yoʻllari
Bizning nazarimizda, mehnat migratsiyasi muammosini hal etishning ikkita asosiy
yoʻli bor. Birinchisi – mehnat migratsiyasini Oʻzbekiston mehnat bozoridagi ishchi
kuchi taklifi va unga boʻlgan talab oʻrtasidagi nomutanosiblikni bartaraf etish, mehnat
migrantlari ishlab topgan daromad hisobidan milliy iqtisodiyotga qoʻshimcha madad


berish vositasi sifatida qarash siyosatini davom ettirish. Bu mamlakatda bandlik
muammosini hal etishning eng oson va kamchiqim yoʻli.
Ikkinchisi – mehnat migratsiyasidan va undan kelayotgan barcha daromadlardan
butkul voz kechish, mehnat migratsiyasini respublika manfaatlariga mos
kelmaydigan faoliyat turi sifatida batamom tugatilishiga erishish. Bu ancha murakkab
va mashaqqatli yoʻl boʻlib, juda katta saʼy-harakatlarni va qatʼiy choralar koʻrishni
taqozo etadi. Bu vaqtincha qiyinchiliklar va iqtisodiy yoʻqotishlar evaziga amalga
oshadi. Lekin mehnat migratsiyasiga qarshi siyosat doirasida iqtisodiy mexanizmlar
yaratilib, ular harakatga keltirilishi oradan 5-6 yil oʻtar-oʻtmas makrodarajada oʻzining
ijobiy natijalarini bera boshlaydi.
Mamlakatda mehnat migratsiyasidan batamom voz kechish va asta-sekin uni
xalqimiz uchun yurt xazinasini toʻldirish turi sifatidagi ahamiyatini tugatish siyosati
tanlangan va u muvaffaqiyatli amalga oshirilgan taqdirda, ushbu siyosat yangi
Oʻzbekistonga toʻrt tomonlama manfaat keltiradi. Bu:
Birinchidan, iqtisodiy oʻsish surʼatlarini jadalashtirish va milliy boylikni koʻpaytirishga
koʻmak beradi. Ikkinchidan, Oʻzbekistonning xalqaro nufuzini, imijini oshirishga katta
ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Uchinchidan, oʻz xalqi toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilgan, uni
musofirchilik qiynoqlaridan xolos etgan davlatga nisbatan xalqning hurmati, undan
roziligi ortadi. Toʻrtinchidan, juda katta maʼnaviy samaraga erishiladi. Begona
yurtlarda musofirchilikda turli xil nohaqliklarga, kamsitishlargaduchor boʻlayotgan
yurtdoshlarimiz migratsiya azob-uqubatlaridan xolos boʻladilar, oʻz ona yurtlarida
erkin-emin hayot kechirish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Rasmiy statistik maʼlumotlarga koʻra, 2019-yilda Oʻzbekiston aholisining 2,5 million
nafari yoki 7% i mehnat migrantlari hisoblanadi. Shundan 2 million atrofida fuqarolar
Rossiyada mehnat qiladi. Mehnat migrantlari tomonidan joʻnatilgan pul mablagʻlari
5,1 mlrd AQSH dollari, yoki mamlakat YAIM taxminan 10% ni tashkil qilgan. Bunda
har bir muhojir oyiga oʻrtacha 166,7 AQSH dollari miqdorida mablagʻ ishlab topgan.
Bu juda katta raqamlar. Boshqacha soʻzlar bilan ifodalaganda, mehnat migrantlari
ishlab topayotgan daromadlar Oʻzbekiston yalpi ichki mahsulotiga nisbatan taxminan
20 foizni tashkil qiladi. Tabiiyki, Oʻzbekiston buncha miqdordagi mehnat migrantlarini
ish bilan ham, arzigulik daromad bilan taʼminlashga qurbi yetmaydi. Demak, mehnat
migrantlari muammosini hal etishda ikkinchi yoʻl tanlangan taqdirda ham, uni
muayyan ketma-ketlikda turli xil yuqori samarali tashkiliy va iqtisodiy (zarurat taqozo
etganda maʼmuriy) vositalar yordamida bosqichma-bosqich, lekin izchil va qatʼiyat
bilan amalga oshirish lozim.
Mehnat migratsiyasi muammosini uzil-kesil hal qilish boʻyicha oʻz
fikr-mulohazalarimizning va takliflarimizning ayrimlarini bayon etishni lozim topdik.


Birinchi taklif. Mehnat migratsiyasini cheklangan miqdorda faqat malakali ishchi
kuchini eksport qilish evaziga amalga oshirish siyosatini olib borish. Shunisi
quvonarliki, keyingi vaqtlarda mehnat migratsiyasi bilan bogʻliq masalalarga
davlatimiz, shaxsan davlat rahbari, katta eʼtibor qaratmoqda. Yaqinda mamlakat
Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev tomonidan “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat
migratsiyasi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorning imzolanishi
fikrimning yorqin dalilidir. Ushbu qaror, Prezident rahbarligida davlatimiz tomonidan
xalq farovonligini oshirish, davlatimizning xalqaro nufuzini koʻtarish, mamlakatni
notoʻgʻri shakllantirilgan va bizga yaxshi samara bermayotgan mehnat migratsiyasi
illat va kamchiliklaridan xolos etishga qaratilgan dadil qadam.
Bizning nazarimizda, mehnat migratsiyasini tartibga solish uchun Oʻzbekiston
“Bandlik va mehnat munosabatlari” vazirligining bevosita boshchiligida ishchi kuchi
import qiluvchi mamlakatlar, yirik kompaniyalar buyurtmalariga muvofiq yollanma,
malakali ishchi va mutaxassislarni tayyorlash mexanizmini yaratish lozim. Bunda
kasbiy malaka va koʻnikmalarga ega iqtidorli yoshlar tanlov asosida saralab olinadi,
muayyan davr davomida ularga borib ishlashi lozim boʻlgan mamlakatning tili, tarixi,
urf-odatlari, anʼanalari oʻrgatiladi, tanlangan ish, kasb, hunar boʻyicha zaruriy malaka
va koʻnikmalar shakllantiriladiki, toki migrant oʻzi tashrif buyurgan mamlakat yoki
korxona talablari darajasida vazifalarni bajara oladigan tayyorgarlikka ega boʻlsin.
Ishchi kuchi eksportini ilmiy asosda yoʻlga qoʻyilishi respublikaga juda katta manfaat
keltiradi:
Birinchidan, ishchi kuchi eksportidan keladigan daromad miqdori keskin oshadi;
Ikinchidan, yoshlarda malakali ishchi yoki malakali mutaxassis boʻlishga, yaʼni yaxshi
oʻqishga qiziqishi ortadi;
Uchinchidan, yoshlarda xirijiy tillarni oʻrganishga moyillik va tajriba ortadi;
Toʻrtinchidan, xorijda malakali ishlarni bajargan yoshlarimiz, oʻz yurtiga qaytganda,
milliy iqtisod ravnaqiga munosib hissa qoʻshish imkoniyatiga ega boʻladi.
Ikkinchi taklif. Mamlakatda ishsizlik muammosini hal etish, iqtisodiyotda band
boʻlganlarni munosib ish haqi bilan taʼminlash bevosita iqtisodiy oʻsish surʼatlariga
bogʻliq. Shu sababli davlat arboblari, masʼuliyatli lavozimlardagi amaldor shaxslar,

Download 153.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling