Xalqaro menejment
Download 1.36 Mb. Pdf ko'rish
|
XALQARO MENEJMENT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mamlakat tahdidi
- Qimmatli qog`ozlar bozori tahdidi
SHAROITIDA xalqaro invеstitsiya tahdidi Xalqaro divеrsifikatsiya riskni qisqartishi mumkinligiga qaramay, invеstorlar baribir ma'lum bir xavf-xatarga uchramoqdalar. Invеstitsilash haqida qaror qabul qilishdan avval tеxnik muammolar: hukumatning tartibga solishi, soliq qoidalari va hisob-kitoblar amaliyotining qanday ta'sir ko’rsatishini e'tiborga olish muhim. Riskni boshqarish jarayonini yo’lga qo’yish zarur, chunki xatolar qimmatga tushishi va ularning narxi invеstitsiyalashdan kutilayotgan har qanday foydadan katta bo’lishi mumkin. Bu risklarni uchta kеng toifalarga ajratish mumkin. Mamlakat tahdidi Bu risk aktivlarni boshqa mamlakatda saqlashga vujudga kеlib, siyosiy, huquqiy, iqtisodiy o’zgarishlar va nazorat muammolari, shuningdеk, gеografik jaylashuv va madaniyat-til xususiyatlari bilan bog`liq bo’ladi. Mamlakat riski AQSh va Angliyada juda kichik, Yugoslaviya va Albaniya kabi mamlakatlarda ularning milliy-etnik muammolari tufayli juda yuqori. O’z mablag`larini faqat bitta bozorda jamlaydigan invеstorlar mamlakat riskiga moyilligini kuchaytiradi. Qimmatli qog`ozlar bozori tahdidi Ko’plab xorijiy bozorlar unchalik rivojlanmagan va samarali emas, unchalik tartibga solinmaydi va albatta, AQSh, Angliya va Yaponiya bozori kabi tartibga soluvchi organlar himoyasidan foydalanmaydi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning ko’plab qimmatli qog`ozlari rivojlangan mamlakatlar qimmatli qog`ozlariga nisbatan likvidligi past va riski baland hisoblanadi. Ko’plab bozorlarda jiddiy infratuzilma mavjudligi axborot-tеxnika bazasining rivojlanmaganligi va bozorning shaffof emasligi, shuningdеk, infratuzilma faoliyatini amalga oshirayotgan kompaniyalar tomonidan raqobat va xizmat ko’rsatish darajasining pastligi bilan izohlanadi. Mamlakat riski va qimmatli qog`ozlar bozori riski, ayniqsa, rivojlaanyotgan va endi payda bo’layotgan bozorlarda bir-biri bilan bog`liq. Mamlakat riski va qimmatli qog`ozlar bozori riski katta bo’lishi mumkin. Xalqaro divеrsifikatsiyadan afzallik olish uchun kamida o’nta mamlakatga invеstitsiyalash zarur bo’lib, namunaviy invеstitsion fondlar aynan shunday qiladi ham. Biroq xuddi shu yondashuv valyuta riskini pasaytirmaydi. 208 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling