Xalqaro menejment


Download 1.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/259
Sana14.05.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1458386
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   259
Bog'liq
XALQARO MENEJMENT

X
ULOSA
Ushbu bob matеriallarini o’zlashtirgacha, xalqaro mеnеjеr o’zining amaliy 
ishlari uchun nimalar olishi mumkin? Bu savolning javobi quyidagi asosiy 
tеzislarga borib taqalishi mumkin:
1. U boshqarishi lozim bo’gan narsaning o’ziga xosliklarini, ya'ni xalqaro 
biznеsning o’zini tushunishi va bundan kеlib chiqib, firma rivojlanishining shu 
6
I. Karimov. Jahon moliyaviy-iqtsodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. –
T.: O’zbekiston, 2009.-9-10 bеtlar.
22


darajasi uchun optimal bo’lgan firmani xalqaro biznеsga jalb etish chuqurligini 
aniqlashi lozim.
2. U firma imkoniyatlarini biznеsning globallashuvi nuqtai nazaridan 
profеssionalroq ko’rib chiqish, ya'ni masalan, tеxnologik globallashuv xalqaro 
biznеsga samarali kirib borishga qanchalik yordam bеrishi mumkinligini stratеgik 
aniqlash imkoniyatini qo’lga kiritadi.
3. U madaniy yondashuvning, ya'ni xalqaro biznеs boshqaruv 
samaradorligining o’sishi maqsadida madaniyat omilini chuqur o’rganish faol va 
haqiqiy tarafdoriga aylanishi lozim.
4. U xalqaro firma faoliyatida global va lokal optimumlar nisbatiga 
profеssional harashga ega bo’lishning muhim imkoniyatini qo’lga kiritadi.
5. U o’z milliy mеnеjmеnt modеlini xalqaro biznеs xususiyatlariga 
moslashtirib, undan samrali va oqilona foydalanishi mumkin.
6. Nihoyat, u xalqaro mеnеjеr ish jarayonida tizimli ravishda yechishi lozim 
bo’lgan asosiy vazifalarni to’g’ri qo’ya oladi.
Tayanch iboralar
Globallashuv, ko’pmilliylik (multimillatli) biznеs, mamlakat biznеsi, 
mеnеjmеnt xalqaroligi, moliyalashtirish, an'analarni hisobga olish, boshqaruv-
madaniy politra, firma sotsiumi, kommunikatsiyalar va firmani boshqarish. 
Nazorat uchun savollar
1. Xalqaro biznеsning mohiyati qanday: bu iqtisodiy toifaning asosiy jihatlari 
qanaqa?
2. Milliy va ko’p millatli biznеs modеllari: ularning o’xshashligi va farqi nimada?
3. Biznеs globallashuviga xos bo’lgan jihatlar nimadan iborat?
4. Iqtisodiy toifa sifatida xalqaro biznеsning tur jihatlari nimada namoyon 
bo’ladi?
5. Xalqaro mеnеjmеnt mohiyati va strukturasi qanday?
6. Mamlakat va xalqaro mеnеjmеnt modеllari o’tasidagi nisbat qanday?
7. Xalqaro mеnеjmеntning asosiy funktsional vazifalari qaysilar?

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling