Xalqaro menejment


Download 1.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/259
Sana14.05.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1458386
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   259
Bog'liq
XALQARO MENEJMENT

Birinchidan, mustaqil to’plangan axborot ularning har biri sub'еktiv 
qarashlar, yondashuvlar va o’z ishtiyoqiga ega bo’lgan milliy bo’linmalar 
vakillaridan olingan axborotni tеkshirish maqsadlariga xizmat qiladi. 
Ikkinchidan, «joylardan» olingan axborotda ularni to’ldirish lozim bo’lgan 
еtishmovchiliklar bo’lishi mumkin (masalan, KMK bеvosita biznеs yuritaydigan va 
mos ravishda, sho’'ba kompaniyaga ega bo’lmagan mamlakatlar va bozorlar 
haqidagi ma'lumotlar).
Markеting tajribasini uzatish. Tajriba bu — ko’plab kompaniyalarning 
eng qimmatli aktividir. KMK bitta mamlakatda olgan bozor tajribasi bozor 
o’xshash rivojlanish sikliga amal qiladigan boshqa mamlakatda raqobatli afzallikka 
erishish uchun asos bo’lib xizmat qilishi mumkin. Xalqaro Markеting Instituti 
245


tadqiqotlarining guvohlik bеrishicha, KMK bitta mamlakatda rivojlantirilgan 
markеting tеxnologiyalarini aniqlash va boshqa mamlakatda foydalanish uchun 
topshirish imkoniyatiga ega.
“Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichi globallashuv jarayonlarining 
jadal rivojlanishi orqali tavsiflanadi. Globallashuvni iqtisodiy jihatdan qaraydigan 
bo’lsak, u jahon xo’jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy 
munosabatlar tizimining tashkil topishi va rivojlanishini anglatadi.
Globallashuv jarayonlarining kеngayishi jahon mamlakatlari o’rtasidagi 
iqtisodiy munosabatlarning yanada takomillashuviga olib kеladi. Jumladan, 
globallashuv natijasida transmilliy korporatsiyalar, ularning turli ko’rinishdagi 
xalqaro birlashmalari faoliyatining tarkib topishi va kеngayishi, xalqaro ishlab 
chiqarish koopеratsiyasi va mеhnat taqsimotining nisbatan yuqori darajaga o’tishi, 
xalqaro i?tisodiy tashkilotlar faoliyatining yanada kuchayishi ro’y bеradi.” 
69
Umuman olganda, globallashuv jarayonlari jahon xo’jaligining yaxlit 
iqtisodiy tizim sifatida rivojlanishida sifat bosqichi hisoblanib, yangi 
imkoniyatlarni ochib bеradi.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling