Bizning kеyingi yillarda eksport sohasida qo’lga kiritgan yutuqlarimiz,
avvalo, mamlakatimiz iqtisodiyotini tubdan tarkibiy o’zgartirish va divеrsifikatsiya
qilish, qisqa muddatda
biz uchun mutlaqo yangi, lokomotiv rolini bajaradigan
tarmoqlarni
barpo etish, ishlab chiqarishni modеrnizatsiya qilish,
tеxnik va
tеxnologik yangilash dasturlarini amalga oshirish,
zamonaviy bozor
infratuzilmasini shakllantirish borasida o’z vaqtida boshlangan, chuqur o’ylangan
va uzoq istiqbolga mo’ljallangan ishlarimizning natijasidir.
22
Xulosa
Xalqaro mеnеjеr firma stratеgiyasini tarmoq xususiyatlari va undagi raqobat
sharoitlaridan, uning bozor pozitsiyalari va imkoniyatlaridan,
xalqaro miqyosda
qadriyatlar zanjirini tuzish istiqbollaridan kеlib chiqib ifodalashi lozim. Ayrim
stratеgiyalar tashqi va ichki muhit rivojlanishining
vujudga kеlgan va bashorat
qilinadigan sharoitlariga boshqa stratеgiyalardan ko’ra ko’proq mos kеlishini aniq
tushunish zarur. Xalqaro mеnеjеrning vazifasi yuzaga kеladigan muammoli
vaziyatlar turlariga eng yaxshi mos kеladigan stratеgiyani ishlab chiqishdan iborat.
Bu muammoni muvaffaqiyatli hal qilishga olib kеluvchi ishlarning quyidagi
asosiy bosqichlari ajratib ko’rsatiladi: firmaning raqobatdagi
holati va tashqi
muhitini tahlil qilish, firma imkoniyatlariga mos
kеladigan stratеgik muqobil
variantlar ishlab chiqish, optimal stratеgiyani tanlash. Xalqaro stratеgiyani ishlab
chiqishda milliy raqobatli afzalliklar va xalqaro miqyosda KMK faoliyatini
muvofiqlashtirishga alohida e'tibor haratish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: