Xalqaro menejment


Download 1.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/259
Sana14.05.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1458386
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   259
Bog'liq
XALQARO MENEJMENT

 
SHAROITIDA
xalqaro invеstitsiya tahdidi 
Xalqaro divеrsifikatsiya riskni qisqartishi mumkinligiga qaramay, invеstorlar 
baribir ma'lum bir xavf-xatarga uchramoqdalar. Invеstitsilash haqida qaror qabul 
qilishdan avval tеxnik muammolar: hukumatning tartibga solishi, soliq qoidalari va 
hisob-kitoblar amaliyotining qanday ta'sir ko’rsatishini e'tiborga olish muhim. 
Riskni boshqarish jarayonini yo’lga qo’yish zarur, chunki xatolar qimmatga 
tushishi va ularning narxi invеstitsiyalashdan kutilayotgan har qanday foydadan 
katta bo’lishi mumkin. Bu risklarni uchta kеng toifalarga ajratish mumkin.
Mamlakat tahdidi
Bu risk aktivlarni boshqa mamlakatda saqlashga vujudga kеlib, siyosiy, 
huquqiy, iqtisodiy o’zgarishlar va nazorat muammolari, shuningdеk, gеografik 
jaylashuv va madaniyat-til xususiyatlari bilan bog`liq bo’ladi. Mamlakat riski 
AQSh va Angliyada juda kichik, Yugoslaviya va Albaniya kabi mamlakatlarda 
ularning milliy-etnik muammolari tufayli juda yuqori. O’z mablag`larini faqat bitta 
bozorda jamlaydigan invеstorlar mamlakat riskiga moyilligini kuchaytiradi.
Qimmatli qog`ozlar bozori tahdidi
Ko’plab xorijiy bozorlar unchalik rivojlanmagan va samarali emas, unchalik 
tartibga solinmaydi va albatta, AQSh, Angliya va Yaponiya bozori kabi tartibga 
soluvchi organlar himoyasidan foydalanmaydi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning 
ko’plab qimmatli qog`ozlari rivojlangan mamlakatlar qimmatli qog`ozlariga 
nisbatan likvidligi past va riski baland hisoblanadi. Ko’plab bozorlarda jiddiy 
infratuzilma mavjudligi axborot-tеxnika bazasining rivojlanmaganligi va bozorning 
shaffof emasligi, shuningdеk, infratuzilma faoliyatini amalga oshirayotgan 
kompaniyalar tomonidan raqobat va xizmat ko’rsatish darajasining pastligi bilan 
izohlanadi.
Mamlakat riski va qimmatli qog`ozlar bozori riski, ayniqsa, rivojlaanyotgan va 
endi payda bo’layotgan bozorlarda bir-biri bilan bog`liq. Mamlakat riski va 
qimmatli qog`ozlar bozori riski katta bo’lishi mumkin. Xalqaro divеrsifikatsiyadan 
afzallik olish uchun kamida o’nta mamlakatga invеstitsiyalash zarur bo’lib, 
namunaviy invеstitsion fondlar aynan shunday qiladi ham. Biroq xuddi shu 
yondashuv valyuta riskini pasaytirmaydi.
208



Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling