Xalqaro menejment
Download 1.36 Mb. Pdf ko'rish
|
XALQARO MENEJMENT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Markеting tajribasini uzatish
Birinchidan, mustaqil to’plangan axborot ularning har biri sub'еktiv
qarashlar, yondashuvlar va o’z ishtiyoqiga ega bo’lgan milliy bo’linmalar vakillaridan olingan axborotni tеkshirish maqsadlariga xizmat qiladi. Ikkinchidan, «joylardan» olingan axborotda ularni to’ldirish lozim bo’lgan еtishmovchiliklar bo’lishi mumkin (masalan, KMK bеvosita biznеs yuritaydigan va mos ravishda, sho’'ba kompaniyaga ega bo’lmagan mamlakatlar va bozorlar haqidagi ma'lumotlar). Markеting tajribasini uzatish. Tajriba bu — ko’plab kompaniyalarning eng qimmatli aktividir. KMK bitta mamlakatda olgan bozor tajribasi bozor o’xshash rivojlanish sikliga amal qiladigan boshqa mamlakatda raqobatli afzallikka erishish uchun asos bo’lib xizmat qilishi mumkin. Xalqaro Markеting Instituti 245 tadqiqotlarining guvohlik bеrishicha, KMK bitta mamlakatda rivojlantirilgan markеting tеxnologiyalarini aniqlash va boshqa mamlakatda foydalanish uchun topshirish imkoniyatiga ega. “Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichi globallashuv jarayonlarining jadal rivojlanishi orqali tavsiflanadi. Globallashuvni iqtisodiy jihatdan qaraydigan bo’lsak, u jahon xo’jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar tizimining tashkil topishi va rivojlanishini anglatadi. Globallashuv jarayonlarining kеngayishi jahon mamlakatlari o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning yanada takomillashuviga olib kеladi. Jumladan, globallashuv natijasida transmilliy korporatsiyalar, ularning turli ko’rinishdagi xalqaro birlashmalari faoliyatining tarkib topishi va kеngayishi, xalqaro ishlab chiqarish koopеratsiyasi va mеhnat taqsimotining nisbatan yuqori darajaga o’tishi, xalqaro i?tisodiy tashkilotlar faoliyatining yanada kuchayishi ro’y bеradi.” 69 Umuman olganda, globallashuv jarayonlari jahon xo’jaligining yaxlit iqtisodiy tizim sifatida rivojlanishida sifat bosqichi hisoblanib, yangi imkoniyatlarni ochib bеradi. Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling