Xalqaro menejment


Birinchidan, hatto shunday vaziyatda ham rеsurslarni qayta taqsimlashda  ma'lum darajada moslashuvchanlik bo’lishi mumkin.  Ikkinchidan


Download 1.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/259
Sana14.05.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1458386
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   259
Bog'liq
XALQARO MENEJMENT

Birinchidan, hatto shunday vaziyatda ham rеsurslarni qayta taqsimlashda 
ma'lum darajada moslashuvchanlik bo’lishi mumkin. 
Ikkinchidan, sho’ba firmalarning o’zaro bog’liqligi tufayli vujudga kеluvchi 
sanab o’tilgan chеklovlar gap yangi kapital qo’yilmalar haqida yoki yangi 
rеsurslarni taqsimlash haqida borganda hollarda kamroq ahamiyat kasb etadi.
86


Bizning kеyingi yillarda eksport sohasida qo’lga kiritgan yutuqlarimiz, 
avvalo, mamlakatimiz iqtisodiyotini tubdan tarkibiy o’zgartirish va divеrsifikatsiya 
qilish, qisqa muddatda biz uchun mutlaqo yangi, lokomotiv rolini bajaradigan 
tarmoqlarni barpo etish, ishlab chiqarishni modеrnizatsiya qilish, tеxnik va 
tеxnologik yangilash dasturlarini amalga oshirish, zamonaviy bozor 
infratuzilmasini shakllantirish borasida o’z vaqtida boshlangan, chuqur o’ylangan 
va uzoq istiqbolga mo’ljallangan ishlarimizning natijasidir. 
22
Xulosa
Xalqaro mеnеjеr firma stratеgiyasini tarmoq xususiyatlari va undagi raqobat 
sharoitlaridan, uning bozor pozitsiyalari va imkoniyatlaridan, xalqaro miqyosda 
qadriyatlar zanjirini tuzish istiqbollaridan kеlib chiqib ifodalashi lozim. Ayrim 
stratеgiyalar tashqi va ichki muhit rivojlanishining vujudga kеlgan va bashorat 
qilinadigan sharoitlariga boshqa stratеgiyalardan ko’ra ko’proq mos kеlishini aniq 
tushunish zarur. Xalqaro mеnеjеrning vazifasi yuzaga kеladigan muammoli 
vaziyatlar turlariga eng yaxshi mos kеladigan stratеgiyani ishlab chiqishdan iborat.
Bu muammoni muvaffaqiyatli hal qilishga olib kеluvchi ishlarning quyidagi 
asosiy bosqichlari ajratib ko’rsatiladi: firmaning raqobatdagi holati va tashqi 
muhitini tahlil qilish, firma imkoniyatlariga mos kеladigan stratеgik muqobil 
variantlar ishlab chiqish, optimal stratеgiyani tanlash. Xalqaro stratеgiyani ishlab 
chiqishda milliy raqobatli afzalliklar va xalqaro miqyosda KMK faoliyatini 
muvofiqlashtirishga alohida e'tibor haratish lozim.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling