Xalqaro menejment


Xorijiy tadbirkorlik sharoitlarida


Download 456.36 Kb.
bet5/150
Sana08.01.2022
Hajmi456.36 Kb.
#235590
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150
Bog'liq
XALQARO MENEJMENT MA'RUZA MAVZULARI O'ZBEK TILIDA

1.3. Xorijiy tadbirkorlik sharoitlarida yuqori tavakkalchilik
“Tadbirkorlik” atamasi keng ma’noda firmani tashkil qiluvchi yoki uni boshqaruvchi shaxslarning tavakkalchilikka tayyorligining alohida jihatlari majmui sifatida aniqlanadi. “Tadbirkorlik” so’zi inglizcha “entepeneurship” yoki fransuzcha “entrependre” so’zidan kelib chiqadi va “imkoniyatlarni amalga oshirish, qo’llash yoki novatorlik faoliyati, yoxud korxona tuzish yo’li bilan ehtiyojlar va istaklarni qondirish” ma’nolarini anglatadi.


Innovatsion tadbirkorlik. Tadbirkorlikka iqtisodiyotdagi yangicha yo'nalish, yangi korxonalar ochish asos bo'lib, tub maqsadlarni belgilaydi. Chunki tadbirkorlik deganda, avvalo yangicha ishlash, yangi maрsulot, yangicha xizmat xillarini yaratish, yangi texnologiya va usullarni йo'llash tushuniladi. Tadbirkorlik darajasi yangi mahsulot, yangicha ishlab chiqarishni joriy qilish, fan yangiliklari, yangi texnologiyani joriy йilish darajasi bilan belgilanadi. Demak, tadbirkorlik avvalo iqtisodiy yangilik bilan bog’liйdir, ya'ni u innovatsion tadbirkorlikdir.

Firma tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish (yoki sotish) funksiyalariga ega xo’jalik birligi sifatida o’z faoliyatini rivojlantiradi va demak ikki yo’nalishda tavakkal qiladi. Ulardan biri firmani joylashtirish o’rnini tanlashni, ishlatiladigan texnologiya, xomashyo, yarimtayyor va tayyor mahsulotning harakatlanish logistikasini nazarda tutuvchi vertikal yo’nalish hisoblanadi. Firma faoliyatining ikkinchi yo’nalishi – bu o’z menejment uslubi, marketing konsepsiyasi, ilmiy izlanish va tajriba konstruktorlik ishlari (IITKI) hamda moliyaviy faoliyat asosida ishlab chiqarish va sotishni tashkil qilinishiga ega gorizontal yo’nalishdir.

Firma o’z faoliyatini davlat chegarasidan tashqarida olib borsa, xorijda faoliyat yuritish tavakkalchiliklari tadbirkorlik bilan bog’liq madaniy tafovutlar (huquq, an’analar, ahloq), tovarlar va xizmatlarga talabning xususiyatlari, kishilar o’rtasidagi ishlab chiqarish va maishiy munosabatlarning farqlanishi, valuta paritetlarining tebranishi, xalqaro terrorizmning yoyilishi kabi sabablarga ko’ra bir necha barobar oshib ketadi.

Firmaning xalqaro biznesi faoliyat ko’rsatadigan va rivojlanadigan tashqi muhitni kompleksli tahlil qilish va baholash-xalqaro menejerning barcha strategik va ko’plab taktik qarorlarini tayyorlashda muhim davr hisoblanadi. Bu yerda amaliyotchi-biznesmenlarning ham, xalqaro biznes, menejment va marketing nazariyachilarining ham yakdilligi, hamjihatligi o’ringa ega. Bunday tahlilning bazaviy tarkibiy qismlari quyidagi elementlar bo’lishi lozimligi haqida ham shunday yakdil fikrlar bildirilgan:


  • Iqtisodiy tashqi muhit tahlili;

  • Siyosiy tashqi muhit tahlili;

  • Huquqiy tashqi muhit tahlili;

  • Madaniy tashqi muhit tahlili.

Xorijiy tadbirkorlik bilan bog’liq qaltisliklarni kompleks baholash uchun xorijiy biznes bilan shug’ullanuvchi firmalar faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillarni turkumlash maqsadga muvofiqdir. Ushbu omillarga quyidagilar kiradi:

- siyosiy-huquqiy omillar. Ushbu omillarga davlatni boshqarish shakli, siyosiy mafkura, soliq qonunchiligi, hukumatning barqarorligi, hukumatning xorijiy kompaniyalarga munosabati, xorijiy mulk haqidagi qonunchilik, oppozitsiyaning ta’siri, savdo qonunchiligi, proteksionizm darajasi, tashqi siyosat, terroristlarning faolligi, huquqiy tizim kiradi. Siyosiy-huquqiy omillar xorijiy firma uchun qabul qiluvchi mamlakat hukumatining harakatlari natijasida o’z aktivlarini, o’z firmalari nazoratini, bozordagi ulushini yo’qotish bilan bog’liq.

iqtisodiy omillar. Ushbu omillarga mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi, aholi jon boshiga daromad, YaMM dinamikasi va yo’nalishi, hukumatning moliya siyosati, ishsizlik darajasi (aholining xarid quvvatini va qabul qiluvchi mamlakatdagi firmada mahalliy mutaxassislarni ishlashga jalb qilish imkoniyatini aniqlashda zarur), valuta almashinuvi, mehnat haqining darajasi, raqobat muhiti, iqtisodiy birlashmalar va mintaqaviy integratsion tashkilotlarda ishtirok etish kiradi. Oxirgi omil mahalliy sheriklarning mustaqil qaror qabul qilishini qiyinlashtiradi, chunki mintaqaviy integratsion guruhlarda ishtirok etish prinsipial qarorlarni integratsion birlashmadagi sheriklar bilan kelishishni taqozo etadi;

ijtimoiy-madaniy omillar. Ushbu omillarga milliy urf-odatlar, til, demografiya, hayot tarzi, din, ajnabiylarga munosabat, turmush darajasi, ijtimoiy muassasalar va me’yorlar, savodlilik darajasi kiradi. Ushbu omillar o’z firmasida mehnat qilishga mahalliy aholini jalb qilishni ko’zlagan menejerlar uchun ayniqsa muhim hisoblanadi;

texnologik omillar. Ushbu omillarga texnologiyalarni ayirboshlashning huquqiy me’yorlari, energiya tashuvchilarning mavjudligi va qiymati, tabiiy resurslar, transport tarmog’i, ishchi kuchining malakasi, patent himoyasi, infratuzilma, axborot oqimlari kiradi. Zamonaviy sharoitlarda axborotning birinchi darajali ahamiyatini hisobga olib, ayrim korporatsiyalar (yapon kompaniyalari) xorijda yangi texnologiyalar, asosiy raqobatchilar faoliyatining ahvoli, qonunchilikdagi o’zgarishlar va hokazolar haqidagi axborotni olish maqsadida o’z bo’limlarini tashkil qiladi;

Xorijiy adabiyotlarda ushbu omillarni o’rganish STEP-tahlil yoki PEST-tahlil deb ataladi. PEST-tahlil (PEST analysis) – tashqi makroiqtisodiy muhit tahlilining asosiy qismi bo’lib, u o’z ichiga yuqorida ko’rib o’tilgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy-demografik va texnologik omillarni tahlil qilishni oladi. Tashqi muhitni tahlil qilish xalqaro menejerlarning asosiy funksional vazifalaridan biri bo’lib hisoblanadi. Bu firmaning xorijiy tadbirkorlik bilan shug’ullanishi uchun qabul qiluvchi mamlakatni tanlashda muhim ahamiyat kasb etadi.



Download 456.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling