Xalqaro menejment


- MAVZU. XALQARO MENEJMENT FANINING NAZARIY ASOSLARI


Download 456.36 Kb.
bet3/150
Sana08.01.2022
Hajmi456.36 Kb.
#235590
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150
Bog'liq
XALQARO MENEJMENT MA'RUZA MAVZULARI O'ZBEK TILIDA

1 - MAVZU. XALQARO MENEJMENT FANINING NAZARIY ASOSLARI


    1. Xalqaro (global) menejment” fanining nazariy asoslari



Xalqaro menejment asosiy maqsadlari turli mamlakatlarda biznes yuritish imkoniyatlari hisobiga firmalarning raqobatli afzalliklarini shakllantirish, rivojlantirish va foydalanish hamda bu mamlakatlardan iqtisodiy, ijtimoiy, demografik, madaniy va boshqa xususiyatlardan mos ravishda foydalanish hisoblangan o’ziga xos bir menejment turi sanaladi.

“Xalqaro (global) menejment” kategoriyasiga ta’rif berish uchun tovarlar va xizmatlarning turli mamlakatlarda ishlab chiqarilishi va sotilishiga imkoniyat yaratuvchi tadbirkorlik shakli sifatida xalqaro biznes tushunchasini aniqlab olish zarur. Global menejment nazariyasining asosiy prinsiplari bo’lib mutlaq ustunliklar, nisbiy afzalliklar, mahsulotning xalqaro hayotiylik sikli va bevosita xorijiy investitsiyalar tamoyillari hisoblanadi.



Mutlaq ustunliklar tamoyili boshqa davlatlarga nisbatan mehnat unumdorligi yuqori va ishlab chiqarish harajatlari past bo’lgan mamlakatda tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishni tashkil qilishni nazarda tutadi. Bunday sharoitlar mutlaq ustunliklarga ega mamlakatdan boshqa davlatlarga tovarlar va xizmatlar eksportini amalga oshirish imkoniyatini beradi. Mutlaq ustunliklar, shuningdek nisbiy ustunliklar ham xalqaro biznesni rivojlantirishni rag’batlantiradi.

Nisbiy afzalliklar tamoyili mamlakatda bir necha xil tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishni tashkil qilish imkoniyatlarini asoslab beradi. Bu holda menejer mutlaq ustunliklarga ega bo’lgan mahsulotni tanlashi va uni ishlab chiqarish va eksport qilishga kuch-quvvatlarni jamlashi zarur bo’ladi. Qolgan tovarlar va xizmatlar esa faqat ichki bozor uchun mo’ljallanishi va unga bo’lgan ehtiyojlarning bir qismi import hisobiga qondirilishi mumkin. Mutlaq va nisbiy ustunliklarning kombinatsiyasi har bir mamlakatga tegishli bo’lgan ishlab chiqarishni tashkil qilish va davlat siyosati bilan birga turli mamlakatlarning firmalariga raqobat sharoitlarida yuqori obro’ni ta’minlaydi. Tajribaning ko’rsatishicha, AQSh korporatsiyalarining yo’lovchi samolyotlarini (“Boing” kompaniyasi), qudratli kompyuterlarni (“IBM” kompaniyasi), kompyuter dasturlari (“Microsoft” kompaniyasi), atrof-muhit muhofazasi uchun uskunalarni, o’g’itlarni ishlab chiqarishdagi raqobatbardoshligi shubhasiz. Jahon bozorlarida Germaniya firmalari avtomobillar, kimyoviy mahsulotlar, qishloq xo’jalik mashinalari, optik asMAVZUlar, poligrafiya uskunalari kabi tovarlar bo’yicha yuqori raqobatbardoshligi bilan mashhur. Jahon bozorlarida uglerodli tolalar, telekommunikatsiya uskunalari, dengiz kemalari, avtomobillar, maishiy elektronika ishlab chiqaruvchi yapon kompaniyalari ham mashhurdir. Italiya firmalari esa keramik va to’qimachilik mahsulotlarini, sport poyafzali, qadoqlash uskunalarini yirik ishlab chiqaruvchilari hisoblanadi.

Mahsulotning xalqaro hayotiylik sikli tamoyili amerikalik iqtisodchi R.Vernan tomonidan ishlab chiqilgan mahsulotning hayotiylik sikli nazariyasiga asoslanadi. U ichki va tashqi bozorlarga yangi mahsulotlar bilan chiqishda tez o’zgaruvchan kon’yunktura va o’tkir raqobat kurashi sharoitlarida tadbirkorlarning e’tiborini tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligi muammolariga qaratish maqsadida har qanday tovarni sotish jarayonini 4 bosqichga ajratadi:

1-bosqich – yangilik kiritish bosqichi. Ushbu bosqich mahsulotning konstruktiv xususiyatlari va texnik xarakteristikalari xaridorlar tomonidan xali to’la o’rganilmagan vaqtda talabning qat’iy emasligi, bozorning egallanmaganligi, yangi tovarga talab o’sishining sekin kechishi bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda xaridorlar bozorda yangi mahsulotga e’tibor berib, uning afzalliklarini baholab boradilar, natijada xaridlar hajmi sekin o’sa boshlaydi.

2-bosqich – xarid hajmining ko’payish bosqichi. Ushbu bosqichda tovarning yuqori iste’mol xususiyatlarining xaridorlar tomonidan tan olinishi evaziga talabning o’sishi bilan bog’liq holda ishlab chiqarish va xarid hajmi ko’payadi. Bu birinchi bo’lib ommaviy mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’ygan firmalar uchun maksimal foyda olish vaqti hisoblanadi.

3-bosqich – bozorni to’ldirish bosqichi. Ushbu bosqich xaridorlarning asosiy qismining ushbu tovarga bo’lgan o’z ehtiyojlarini qondirib bo’lganligi, uning ishlab chiqarilishi raqobatchilar tomonidan o’zlashtirila boshlanganligi va raqobat belgilari paydo bo’lganligi bilan xarakterlanadi.

4-bosqich – kamayish bosqichi. Ushbu bosqichda mahsulotning hayotiylik siklini uzaytirish uchun uni ishlab chiqarish nisbatan past ishlab chiqarish harajatlariga ega bo’lgan, ko’pincha rivojlanayotgan mamlakatlarga bevosita investitsiyalar yo’li bilan ko’chiriladi. Bu mamlakatlarga ushbu mahsulotni eksport qilish, odatda, bu yerda ularni ishlab chiqarishdan ilgari boshlangan bo’ladi. Mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirilishi natijasida mahsulotni xorijiy mamlakatlardan import qilish qisqaradi.

Bevosita xorijiy investitsiyalar – bu bevosita sarmoyador firma va qabul qiluvchi firma o’rtasida uzoq muddatli faoliyatga oid munosabatlarga mo’ljallangan kapital qo’yilmalardir. Bu munosabatlarda bevosita investorning maqsadi bo’lib qabul qiluvchi mamlakatda korxonani boshqarishni tashkil qilishga jiddiy ta’sir ko’rsatish va uning faoliyatini nazorat qilish hisoblanadi. Bevosita xorijiy investitsiyalar turli mamlakatlarning firmalari o’rtasida dastlabki bitimning boshlang’ich bosqichi sifatida xizmat qilib, shuningdek o’z ichiga ular o’rtasidagi barcha keyingi kelishuvlarni oladi. Bu bitimlar va kelishuvlarning sub’yektlari sifatida asosiy ishtirokchilardan tashqari ular bilan bog’liq firmalar ham faoliyat ko’rsatishi mumkin. Investorning bevosita xorijiy investitsiyalarni kiritish mamlakatini tanlashda iqtisodiy o’sish sur’atlari, bank foizi va kredit shartlari, tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish harajatlari, tashqi qarzdorlik, siyosiy va makroiqtisodiy barqarorlik asosiy ustunliklar hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasining «Chet el investitsiyalari to’g’risida»ga Qonunining (30.04.1998 y.) 3-moddasiga binoan chet ellik investorlar asosan daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat ob’yektlariga qo’shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka doir huquqlar, shuningdek chet el investitsiyalaridan olingan har qanday daromad O’zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari deb e’tirof etiladi.



Keyingi yillarda O’zbekiston iqtisodiyotiga kiritilayotgan xorijiy investitsiyalar hajmining izchil va barqaror o’sib borayotgani e’tiborga sazovor bo’lib, bunda, mamlakatimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil amalga oshirishda qulay investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo’lib kelmoqda. O’zlashtirilgan barcha investitsiyalarning 50 foizga yaqini ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashga yo’naltirilgandir. Eng muhimi, xorijiy investitsiyalarning 74 foizini to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar tashkil etdi4.

Mamlakatimizda 2010 yilda 2009 yilga nisbatan 13,6 foizga ko’p, ya’ni 9 milliard 700 million AQSH dollariga teng miqdordagi investistiyalar o’zlashtirildi, bu yalpi ichki mahsulotning qariyb 25 foizini tashkil etadi. Ushbu investistiyalarning salkam 72 foizi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etishga, jumladan, 38 foizga yaqini asMAVZU-uskuna va ilg’or texnologiyalar sotib olishga yo’naltirildi. Umumiy qo’yilmalar hajmida xorijiy investistiyalar va kreditlar ulushi 28,8 foizni, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investistiyalar miqdori esa 2 milliard 400 million dollardan ziyodni tashkil etdi.5

Mamlakatimizda, bugungi kunda iqtisodiyotimizni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, uning raqobatdoshligini keskin oshirish, eksport salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan muhim ustuvor loyihalarni amalga oshirish bo’yicha Dastur ishlab chiqilgan bo’lib, «bu dastur iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik yangilash, mamlakatimizning yangi marralarni egallashi uchun kuchli turtki beradigan va jahon bozorida raqobatdoshligini ta’minlaydigan zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy qilish bo’yicha maqsadli loyihalarni o’zida mujassam etishi darkor».6


Download 456.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling