Moliyaviy «ko’piklar» – real qiymatga ega bo’lmagan pul va obligatsiyalar hajmining ko’payishi.
Madaniyat – kompaniyada xulq-atvor me’yorlari, xarakteri va aloqalarining majmuasi.
Mutlaq ustunliklar – boshqa davlatlarga nisbatan mehnat unumdorligi yuqori va ishlab chiqarish harajatlari past bo’lgan mamlakatda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishni tashkil etishni nazarda tutuvchi tamoyil.
Nisbiy afzalliklar – mamlakatda bir necha xil tovarlar orasidan eng ko’p foyda keltiruvchi tovar va xizmatlar ishlab chiqarishga ixtisoslashuvni nazarda tutuvchi konsepsiya.
Nou-xau - mualliflik guvohnomasi (patent) bilan himoyalanmagan ishlab chiqarish tajribasi va mahorat sirlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |