Xalqaro menejment
Download 456.36 Kb.
|
XALQARO MENEJMENT MA'RUZA MAVZULARI O'ZBEK TILIDA
Xulosalar
1. Xorijiy tadbirkorlik yuqori qaltislik bilan xarakterlanadi, ular milliy bozordagi faoliyatga nisbatan yuqori foyda, nisbatan qudratli firmaning ta’siri, hukumatlar va xalqaro tashkilotlarning tashabbusi, ichki bozordagi noqulay vaziyat, chet elda past ishlab chiqarish va sotish harajatlari, eksport uchun proteksionistik to’siqlar, qabul qiluvchi mamlakatda qimmatli axborotning mavjudligi, qabul qiluvchi mamlakat moliyaviy imkoniyatlaridan foydalanish, xorijda imtiyozli soliqqa tortish kabi qiziqtiruvchi sabablar bilan qoplanadi. 2. Xorijiy sharoitlarga moslashishning ob’yektiv omillariga (ularga chet el firmasi ta’sir ko’rsata olmaydi) huquqiy me’yorlar, xodimlarning milliy mansubligi, mahalliy urf-odatlar, ishlab chiqarish munosabatlari, raqobat, iste’molchilar, texnologiya, qabul qiluvchi mamlakat iqtisodiyoti kiradi. 3. Qabul qiluvchi mamlakatda ilk faoliyat odatda past darajada moliyaviy natijalarga olib keladi. Tovar aylanishining kichik hajmi, baholarning past darajasi, xalqaro kompaniya xorijiy filiali mahsulotini ishlab chiqarish va sotish yangi bozorda barqarorlashtirilmaguncha kapitalni uzluksiz kiritish zaruriyati buning asosiy sabablaridir. 4. Hozirgi davrda texnologiya va uskunalarni import qilmaydigan mamlakat topilmaydi, negaki hech bir mamlakat o’z sanoati uchun barcha turdagi mashinalar. uskunalar va elektron hisoblash texnikasini ishlab chiqarish quvvatiga ega emas. 5. Tajribali import qiluvchilar sotib olinadigan uskunalar va texnologiyalarga quyidagi talablarni qo’yadi: texnologik jarayonlar, sanoati rivojlangan davlatlar zavodlarida sinalgan va patentlangan bo’lishi kerak; uzatiluvchi texnologiyalar xaridor sharoitlariga (xususan mahalliy xomashyo resurslariga) moslashishga mo’ljallangan bo’lishi kerak; xarid qilinayotgan texnologiyalar va uskunalar xaridor korxonasida ilgari o’rnatilgan agregatlarga mos kelishi kerak, uskuna yetkazib beruvchining taklifi o’z ichiga tez yemiriluvchi detallarni mahalliy korxonalarda ishlab chiqarish imkoniyatini beruvchi ishchi chizmalarni olishi kerak. 6. Import qiluvchilar yetkazib beruvchilar bilan muzokaralarda baholar, texnik shartlar, uskuna va texnik xujjatlarni yetkazib berish muddatlari bilan birga ba’zi hollarda import qiluvchilar uchun muhimroq sanalgan bitimlarni moliyalashtirish shartlarini kelishib olishi zarur. 7. Eksport va import qiluvchilar o’rtasidagi kelishmovchiliklar ko’pincha uskunalarni butlash, kafolat sinovlarini o’tkazish uslubi, yetkazib berilgan uskunalardagi nuqsonlar uchun javobgarlik, mahalliy xomashyo resurslarining sotib olingan texnologiyaning texnik talablariga mos kelmasligi kabi sabablardan kelib chiqadi. 8. Har qanday kelishmovchiliklar va ziddiyatlar yetkazib beruvchi bilan do’stona xayrlashishga xalaqit bermasligi lozim, chunki kelajakda maslahat, ehtiyot qismlar, texnik yordamlar va boshqalar bo’yicha unga murojaat qilish zaruriyati vujudga kelishi mumkin. Download 456.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling