Xalqaro menejment
Xalqaro huquqiy tartibga solish
Download 456.36 Kb.
|
XALQARO MENEJMENT MA'RUZA MAVZULARI O'ZBEK TILIDA
Xalqaro huquqiy tartibga solish davlatlararo kelishuvlardan iborat. U ikkitomonlama va ko’ptomonlama asosda amalga oshiriladi. Xorijiy investitsiyalarni rag’batlantirish va himoya qilish haqidagi ikkitomonlama xalqaro shartnomalar xorijiy investitsiyalar statusini aniqlaydi va bir-birining sarmoyalari uchun qabul qiluvchi mamlakatning milliy rejimini o’zaro taqdim qiladi. Bu shartnomalar investitsiyalarni siyosiy tavakkalchiliklardan himoyalash to’g’risidagi nizomlar va baxslarni hal qilish tartibini o’z ichiga oladi. Ko’pgina kapital eksport qiluvchi davlatlar xalqaro ikkitomonlama kelishuvlarga qo’shimcha ravishda kapital chiqarishni rag’batlantirish uchun o’z fuqarolari va huquqiy shaxslar xorijiy investitsiyalarini sug’urtalashning davlat tizimlarini tashkil etishdi.
Ko’p tomonlama xalqaro-huquqiy tartibga solish ko’ptomonlama universal shartnoma-kelishuvlar asosida amalga oshiriladi. Unda BMT tizimi muassasalari va integratsion birlashmalar (YeI, NAFTA, ASEAN va b.) ishtirok etadi. Xorijiy tadbirkorlik masalalari bo’yicha eng mashhur ko’ptomonlama universal konvensiyalarga 1965 yil “Qabul qiluvchi mamlakatlar va xorijiy xususiy sarmoyadorlar o’rtasida investitsion baxslarni hal qilish haqida”gi Vashington konvensiyasi kiradi. Bu konvensiyaga binoan unga qo’shilgan davlatlar va investorlar bahslarni hal qilish uchun Xalqaro ta’mirlash va taraqqiyot banki (XTTB) qoshida investitsion bahslarni muvofiqlashtirish bo’yicha Xalqaro markazga murojaat qilishi mumkin. Ko’rsatilgan muassasaga murojaat etishning shart-sharoiti bo’lib, ularning bahsni kelishtiruvchi tadbir yoki arbitraj sudi yordamida hal qilishga yozma roziligi hisoblanadi. 1985 yil Seul konvensiyasi asosida XTTB qoshida xorijiy xususiy investitsiyalarni sug’urtalash bo’yicha Xalqaro agentlik (XXISXA) tashkil etilgan. Bu tizim bo’yicha sug’urtachi (XXISXA) sug’urtalanuvchi (xorijiy investor) bilan imzolangan shartnomaga muvofiq siyosiy havflar vujudga kelgan taqdirda sug’urtalanuvchining sug’urta shartnomasida ko’rsatilgan miqdorni to’lash majburiyatini oladi. Sug’urtalanuvchi o’z navbatida sug’urtachiga har yili sug’urta to’lovini to’lash majburiyatini oladi. 90-yillar oxirida Butunjahon savdo tashkiloti (BST) doirasida savdo bilan bog’liq xorijiy investitsiyalarni tartibga soluvchi tizim – TRIMS (Trade Related Investment Matters) shaklida xorijiy investitsiyalarni ko’ptomonlama xalqaro-huquqiy tartibga solish keng tarqaldi. TRIMS doirasida milliy hukumatlar faoliyatining muhim jihatlari qatorida quyidagilarni muvofiqlashtirish amalga oshiriladi: - xorijiy investorlar bilan qo’shma korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarda milliy korxonalar mahsuloti ulushi (bu ushbu mahsulotlarni bojxona to’lovlaridan ozod qilish sharti sifatida qaraladi); - xorijiy investor korxonasining u bilan qo’shma milliy korxona uchun mahsulotida import komponentlar ulushi ko’rsatilgan korxona mahsulotining eksport hajmiga teng bo’lishi haqidagi talab; - xorijiy investor tashkil qilgan korxonalarda eksport hajmini cheklash. BST doirasida xalqaro kompaniyalar va milliy hukumatlar sarmoyaviy faoliyatini tartibga solishning yana bir yo’nalishi bo’lib Xizmatlar bo’yicha bosh kelishuv (GATS) hisoblanadi. Bunday maxsus kelishuvni qo’llash zaruriyati tez o’sib boruvchi xizmatlar sohasi va ishlab chiqarish eksporti ko’pincha telekommunikatsiya va aloqa sohasida buxgalterlik va auditorlik faoliyat turlarida, axborot ma’lumotlarini qayta ishlash va dastur ta’minoti sohalarida xalqaro kompaniyalarning xorijda maxsus ishlab chiqarish filiallarini tashkil qilishini ko’zda tutishi sababli vujudga keldi.
Download 456.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling