Xalqaro menejment
-jadval Xalqaro iqtisodiy munosabatlar shakliga bog’liq qabul qiluvchi mamlakat siyosatidagi yo’nalishlar
Download 456.36 Kb.
|
XALQARO MENEJMENT MA'RUZA MAVZULARI O'ZBEK TILIDA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashqi savdo Texnologiyalar ayirboshlash Bevosita xorijiy investitsiyalar (BXI)
5.1-jadval
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar shakliga bog’liq qabul qiluvchi mamlakat siyosatidagi yo’nalishlar
1. Mamlakatdan olib chiqish holatida: a) tovarlar va xizmatlar olib chiqish hajmini kengaytirishga yordam beruvchi va davlat uchun muhim bo’lgan texnologik sirlar ochilish havfini tug’dirmaydigan tayyor mahsulotlar, texnologiyalar eksporti, shuningdek milliy kompaniyalar sotish bozorlarini kengaytiruvchi kapital olib chiqilishi odatda davlat tomonidan rag’batlantiriladi. b) mashina va uskunalar, komplektlovchi mahsulotlar va yarimfabrikatlar eksporti mamlakat iqtisodiyotiga foyda yoki zarar keltirishiga qarab davlat tomonidan rag’batlantiriladi yoki cheklanadi. Bu yerda barcha narsa bu mahsulotlar va yarimfabrikatlar milliy korxonalarga yetarliligiga va ularning xorijga chiqarilishi milliy korxonalar raqobatchilarini jahon bozorida mustahkamlanishiga olib kelmasligiga bog’liq. Jahon bozorida milliy korxonalar ahvolini yomonlashtiruvchi texnologiyalar eksporti davlat tomonidan cheklanadi. Shu bilan birga milliy korxonalarni yoqilg’i-xomashyo resurslari bilan ta’minlovchi kapital chiqarilishini davlat rag’batlantiradi. v) qabul qiluvchi mamlakatda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga va ishlab chiqarish harajatlarini pasaytirishga ko’maklashuvchi kapital chiqarilishi investor davlati iqtisodiyotiga ma’lum foyda keltirsa ushbu davlat tomonidan rag’batlantiriladi. Agar kapital chiqarilishi milliy korxonalar raqobatchilarini jahon bozoridagi ahvolini yaxshilasa, investor mamlakatida ishchi joylari sonini qisqartirsa davlat kapital chiqarilishini cheklaydi.
a) murakkab bo’lmagan standart tayyor mahsulotlar, ularni tayyorlash uchun texnologiyalar hamda ularni xorijiy kompaniyalar firma belgisi bilan ishlab chiqarish va sotish huquqi importi investor sotish bozorini kengaytirishga mo’ljallangan kapital olib kirish kabi davlat tomonidan rag’batlantirilmaydi; b) mahalliy xomashyo resurslarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish bilan bog’liq mashina va uskunalar, butlovchi mahsulotlar, yarimfabrikatlar, ularni ishlab chiqarish texnologiyalari, kapital importi davlat tomonidan rag’batlantiriladi; v) xorijiy firma filiallarida ishlab chiqarish samaradorligini oshiruvchi va uning harajatlarini kamaytiruvchi bevosita xorijiy investitsiyalar bu firmalar mahsuloti milliy korxonalar raqobatbardoshligi darajasini pasaytirmagan holda davlat tomonidan rag’batlantiriladi. Aks holda davlat bunday yo’nalishdagi BXIlarni cheklaydi. Download 456.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling