Xalqaro menejment


O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga jalb qilingan va to’g’ridan-to’g’ri kiritilgan xorijiy investitsiyalar hajmining yillar bo’yicha o’zgarish sur’ati


Download 456.36 Kb.
bet39/150
Sana08.01.2022
Hajmi456.36 Kb.
#235590
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   150
Bog'liq
XALQARO MENEJMENT MA'RUZA MAVZULARI O'ZBEK TILIDA

O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga jalb qilingan va to’g’ridan-to’g’ri kiritilgan xorijiy investitsiyalar hajmining yillar bo’yicha o’zgarish sur’ati


Yillar


Xorijiy investitsiyalar

(million AQSh dollari)


To’g’ridan-to’g’ri kiritilgan xorijiy investitsiyalar

(million AQSh dollari)

2001

823.9

96.5

2002

516.5

80.1

2003

602.1

166.7

2004

754.6

333.8

2005

746.6

545.5

2006

895.7

683.8

2007

1009,3

768,4

2008

1700

1258

2009

2856

2264

2010

3635,2

3107,9

Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari


Jadvaldan ko’rinib turibdiki, 2010 yilda xorijiy investitsiyalar hajmi 3,6 milliard AQSh dollaridan ko’proqni tashkil etgan va 2009 yilga nisbatan qariyb 800 million AQSh dollariga ko’paygan.

Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlantirish uchun o’z kapitalini qo’shishga tayyor bo’lgan TMKlar investorlarini kirib kelishi shu davlatlarning investitsion muhitiga bog’liqdir. Investitsion muhit deb kapital qo’yilmani va uni samarali foydalanish imkoniyatini vujudga keltiruvchi umumiy siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy va boshqa omillarni ta’minlab berilishiga aytiladi.

Hozirgi kunda O’zbekiston hududiga TMK investorlarini kirib kelishi uchun qulay investitsion muhit yaratilgan. Buni biz respublikani siyosiy tinchligida, barqaror iqtisodiy rivojlanishida, xorijiy investorlar uchun yaratilgan qator imtiyozlarda va boshqa holatlarida ko’rishimiz mumkin.

5.3- jadval



5.3-jadval. Investitsiyalar ulushi va ularning yil sayin turlari ko’payib borishi.24


2005-2007 yillarda to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi 31 ta me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi, ulardan 4 tasi O’zbekiston Respublikasi qonunlari, 5 ta Prezident farmonlari, 7 ta Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlari. 2007 yil fevralda Respublika Prezidentining tashabbusi bilan «Uzinfoinvest» - Xorijiy investitsiyalarga axborot ta’minoti va ko’magi bo’yicha agentlik tashkil etildi.

Xorijiy investitsiyalar ishtirokida tashkil etilgan korxonalar (savdo, vositachilik, xomashyo yetkazib beruvchilardan tashqari) ro’yxatdan o’tgan kundan boshlab:

- daromad (foyda) solig’idan birinchi yili 25 foizlik qismidan, ikkinchi yil 50 foizlik qismidan, uchinchi yil 100 foiz ozod qilinadi, qishloq hududida esa birinchi yildan boshlab bunday soliqdan 100 foiz ozod qilinadi;

- mulk solig’idan 2 yilga ozod qilinadi;

- ishlab chiqargan mahsulotining 30 foizdan ortig’i eksportga chiqarilsa, 50 foiz daromad solig’idan (foyda solig’i), 15-30 foizi eksportga chiqarilsa, 30 foiz daromad (foyda) solig’idan ozod qilinadi;

- ishlab chiqarish bilan band bo’lsa, yer solig’idan 2 yilga ozod qilinadi.

O’zbekiston Respublikasida alohida sohalarga imtiyozlar berish ham ko’zda tutilgan. Unga ko’ra, neft va gaz konlarini ochish va qidirish ishlariga xorijiy kompaniyalarni jalb qilgan korxonalar ushbu ishlarni amalga oshirish davrida barcha soliqlardan, shuningdek, zarur uskunalarni import qilishda bojxona to’lovlaridan ozod qilinadi.

Mazkur sohadagi korxona chet ellik hamkorlar bilan birgalikda ochilsa:

  • neft va gaz qazib chiqarilgan kundan boshlab 7 yilga daromad (foyda) solig’idan;


  • xorijiy hamkorlar ulushiga mansub kapitaldan olinadigan daromad va mulk solig’idan ozod qilinadi.


Yengil sanoat sohasida:




  • tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar qo’shimcha qiymat solig’idan tashqari barcha soliqlardan ozod qilinadi;


  • o’z ehtiyoji uchun ishlab chiqarish uskunalari, ehtiyot qismlarni import qilishda korxonalar bojxona to’lovlaridan ozod qilinadi.


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 11 apreldagi “To’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni mamlakatimizda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, xususiylashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik jihatdan qayta jihozlash va rekonstruktsiya qilish, ortiqcha ishchi kuchi mavjud bo’lgan mintaqalarda yangi ish joylarini yaratish dasturlarini amalga oshirishga to’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, shuningdek, xorijiy investorlar uchun ishonchli huquqiy himoya va kafolatlarni ta’minlashga qaratilgan. Unga ko’ra, to’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etadigan iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari asosiy faoliyati bo’yicha daromad solig’i, mulk solig’i, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va hududlarni obodonlashtirish solig’i, mikrofirma va kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliq to’lashdan, shuningdek, Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalar to’lashdan xorijiy investitsiyalar hajmi quyidagicha bo’lganda ozod qilinadi:25

- 300 ming AQSh dollaridan 3 million AQSh dollarigacha - 3 yil muddatga;

- 3 milliondan ortiq AQSh dollaridan 10 million AQSh dollarigacha - 5 yil muddatga;

- 10 million AQSh dollaridan ortiq bo’lganda - 7 yil muddatga.

O’zbekiston Respublikasiga TMKlar investorlarini jalb qilishda quyidagi omillar ham muhim rol o’ynaydi:


  • O’zbekiston hududining tabiiy resurslarga – neft, tabiiy gaz, qurilish materiallari, oltin, mis va boshqa qimmatbaho metallarga boyligi;


  • Respublikada ishlab chiqarish va boshqaruv sohasidagi yangi texnologiyani tezda o’zlashtirib oluvchi malakali mutaxassis kadrlarning mavjudligi;


  • O’zbekiston Respublikasi nisbatan arzon ishchi kuchiga ega ekanligi;


  • O’zbekiston hududida ichki bozorlarning kengligi va ko’pligi.


  • Respublikada ishlab chiqarish korxonalarini xususiylashtirish jarayonlari jadal sur’atlar bilan olib borilayotganligi va ularda TMKlar investorlarining to’liq qatnashish imkoniyatining borligi va boshqalar.


Respublikada rivojlangan davlatlarning TMKlari tomonidan kiritilayotgan kapital mablag’lar tizimining o’sishi sanoat uchun zarur bo’lgan zamonaviy texnik uskunalarni, texnologiyalarni sotib olish imkoniyatini bermoqda.

Hozirgi vaqtda O’zbekistonda jahondagi yetakchi rivojlangan mamlakatlarning yuqori mavqega ega kompaniyalari bilan teng huquqli va o’zaro manfaatli munosabatlar o’rnatishga, jahon standartlari darajasida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni maqsad qilib, sifat jihatidan mukammal yangi korxonalarning yaratilishiga asoslangan ilgari borish strategiyasi o’zining ijobiy natijalarini bermoqda. Xususan, 1996 yilda Janubiy Koreyaning “DEU» korporatsiyasi bilan hamkorlikda “O’zDEUavto” qo’shma korxonasining tashkil etilishi natijasida O’zbekiston ishlab chiqarishning murakkab, eng ilg’or texnologiyalar talab qiladigan, yuksak darajadagi qo’shimcha qiymatga ega tayyor mahsulot turini o’zlashtirib, dunyodagi sanoqli avtomobilsoz davlatlar qatoridan o’rin oldi.

Bugungi kunda Asaka zavodi «Djeneral Motors» korporatsiyasining Koreya bo’limi bilan hamkorlikda boshqarilayotgan qo’shma korxonadir. Inqiroz davom etayotganiga qaramay, O’zbekiston avtomobilsozlik sanoatining yetakchisi bo’lgan GM Uzbekistan qo’shma korxonasi 2010 yilda avtomobillar ishlab chiqarish hajmini 2009 yilga nisbatan 6,2 % foizga oshirdi va 217733 ta avtomobil ishlab chiqardi (5.3-jadval).




Download 456.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling