Xalqaro menejment


-jadval 2010 yilda Rossiyaga avtomobillar eksporti ko’rsatkichlari


Download 456.36 Kb.
bet41/150
Sana08.01.2022
Hajmi456.36 Kb.
#235590
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   150
Bog'liq
XALQARO MENEJMENT MA'RUZA MAVZULARI O'ZBEK TILIDA

5.6-jadval

2010 yilda Rossiyaga avtomobillar eksporti ko’rsatkichlari


2010 y

2009 yilga nisbatan foizda

Sotuvlar bo’yicha egallagan o’rni


Nexia

43943

156

8

Matiz

30476

131

11

Jami, dona


74419

145

10

Manba: Yevropa biznes Assotsiatsiyasining avtoishlab chiqaruvchilar qo’mitasining ma’lumotlari

O’zbekiston mashinalari ommaviyligi bo’yicha dunyodagi mashxur Opel, Peugeot, Renault, Toyota, Nissan, Kia, Suzuki, Hyundai, Skoda kabi ishlab chiqaruvchilarning qator yetakchi modellaridan o’zib ketdi. Bu "GM Uzbekistan" avtomobillarining yuqori obro’ga egaligi va ishonchliligidan dalolat beradi.

Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi ma’lumotlariga ko’ra, 2011 yilning birinchi choragida Rossiyaga avtomobillarning eng yirik eksportchilari orasida O’zbekiston uchinchi o’rinni egallaydi. 2010 yilda Rossiyaga asosiy avtomobil eksport qiluvchi mamlakatlarga Yaponiya (59,96 ming), Germaniya (19,56 ming), O’zbekiston (18,62 ming), Janubiy Koreya (18,47 ming) va Buyuk Britaniya (17,08 ming) kiradi.27

Avtomobilsozlik sohasida boshqa chet el korporatsiyalari bilan ham hamkorlik kengayib bormoqda. 2011 yilda Samarqand viloyatida Germaniyaning «MAN Truck & Bus AG» kompaniyasi bilan hamkorlikda og’ir yukli tijorat texnikasini ishlab chiqarish bo’yicha yangi “JV MAN Auto-Uzbekistan” qo’shma korxonasining qurilishi boshlandi. Loyiha doirasida uzoq muddatli istiqbolda yiliga 20 ming birlikkacha ishlab chiqarish quvvatlari yaratiladi.28

O’zbekiston avtomobilsozligida shuningdek, Yaponiyaning «Isuzu Motors» korporatsiyasi bilan hamkorlikda «Samavto» korxonasi tashkil etilgan bo’lib, u yiliga 3000 dan ortiq «Isuzu» rusumli avtobuslar va 500 dan ortiq og’ir yuk mashinalari ishlab chiqaradi.

O’zbekiston iqtisodiyotida Yaponiya TMKlarining faoliyati alohida diqqatga sazovordir. 1993-1994 yillarda “Marubeni Korporeyshn”, “Mitsubisi Korporeyshn”, “Sumitomo Korporeyshn” kabi etakchi kompaniyalarning vakolatxonalari ochildi. Ushbu kompaniyalar ishtirokida neft-gaz, kimyo sanoati, qishloq xo’jaligi, qurilish texnikasini ishlab chiqarish, energetika va to’qimachilik sohalarini rivojlantirish va qator qo’shma korxonalarni yaratish, mamlakat ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish, transport tizimini modernizatsiyalash loyihalari amalga oshirildi.

So’nggi yillarda xorijiy TMKlarning O’zbekiston neft-gaz sanoatiga qiziqishi kuchayib bormoqda. Eng yuqori faollikni Rossiya va Osiyo kompaniyalari ko’rsatmoqda. Hozirgi kunda "Gazprom" va “Lukoyl” kabi Rossiya kompaniyalarining O’zbekiston yoqilg’i-energetika majmuasiga kiritgan sarmoyalari 3 mlrd. AQSh dollaridan ortadi. «Lukoyl» kompaniyasi 2004 yildan boshlab O’zbekistonning neft-gaz tarmog’iga 1,5 mlrd AQSh dollaridan ortiq investitsiya kiritdi. Yaqin 5-6 yil davomida kompaniyaning O’zbekistonga kiritgan investitsiyalari 5 mlrd. dollarni tashkil etadi.

O’z navbatida "Gazprom" kompaniyasi 2006 yil yanvarda "O’zbekneftegaz" MXK bilan Ustyurt mintaqasida 7 ta investitsion bloklarda va mamlakatning g’arbiy qismida geologik o’rganish ishlarini o’tkazish bo’yicha shartnomalar imzolagan. 2007-2011 yillarda kompaniya 610 mln. dollar mablag’ sarflashni mo’ljallagan bo’lib, O’zbekiston gazini xarid qilishda yetakchi sherik hisoblanadi.

Hozigi vaqtda “O’zbekneftegaz” MXK, Lukoyl (Rossiya), CNPC (Xitoy), KNOC (Janubiy Koreya) va Petronas (Malayziya) kompaniyalari ishtirokida Orol dengizining O’zbekiston qismida neft va gaz konlarini geologiya-qidiruv va o’zlashtirish uchun Mahsulotni bo’lish shartnomasini tayyorlash bo’yicha tuzilgan xalqaro konsern ishi alohida diqqatga sazovor.

2009 yil 7 aprelda “O’zbekneftgaz” MXK bilan Malayziyaning “Petronas” va Janubiy Afrika Respublikasining “Sasol” kompaniyasi o’rtasida O’zbekiston Respublikasida sintetik suyuq yoqilg’i ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishning asosiy tamoyillari to’g’risidagi bitim hamda o’zaro hamkorlikka oid anglashuv memorandumi imzolandi.29 “Petronas” korporatsiyasi tomonidan O’zbekiston iqtisodiyotiga jami 2 mlrd. AQSh dollar miqdorida sarmoya kiritilishi rejalashtirilgan.

2009 yil 11 mayda “O’zbekneftgaz” MXK va Koreya milliy neft korporatsiyasi (KNOC) o’rtasida “O’zbekiston Respublikasi Farg’ona mintaqasining Namangan-Targoch va Chust-Pop investitsion bloklarida geologiya-qidiruv ishlarini o’tkazish to’g’risida”gi kelishuv imzolandi. Kelishuvda koreys tomonidan besh yil mobaynida ikki bosqichda mazkur bloklarda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish ko’zda tutilib, 61 mln. AQSh dollariga yaqin sarmoyalarni o’zlashtirish mo’ljallangan.

Shunday qilib, O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish uchun TMKlarni va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish siyosati mavjud mablag’lardan, vaqt va imkoniyatdan samarali foydalanishga, amaldagi shart-sharoitlardan kelib chiqib, boyliklarni samarali joylashtirish va shu yo’l bilan respublika iqtisodiyotini yuksaltirish, uning jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilishiga rag’batlantirish yo’li bilan investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga jalb qilishga hamda ulardan samarali foydalanishga qaratilgan.




Download 456.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling