Xalqaro menejment
“Xalqaro menejment” kategoriyasi
Download 456.36 Kb.
|
XALQARO MENEJMENT MA'RUZA MAVZULARI O'ZBEK TILIDA
1.2. “Xalqaro menejment” kategoriyasi
Xalqaro (global) menejment kompaniyalarni ikki va undan ortiq mamlakatlarda faoliyat yuritishini boshqarishni nazarda tutadi, global menejer malakasiga ega mutaxassis esa keng doiradagi masalalar - eksport-import bitimlaridan tortib chet elda mahsulot ishlab chiqarishgacha bog’liq bo’lgan faoliyatni amalga oshirishi lozim. Bunda u turli madaniyatlarga moyil va global menejment nazariyasi, falsafasi va psixologiyasini o’zlashtirib olishi kerak, va har qanday sharoitda eng avvalo mamlakatimiz manfaatlarini ko’zlashi zarur. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek: «… davlatimiz tashqi siyosatining ma’no-mazmuni va maqsadi bitta – u ham bo’lsa, O’zbekiston manfaati va yana bir bor O’zbekiston manfaatidir»7. Xalqaro menejment – bu chet elda tashqi iqtisodiy aloqalarning barcha shakllaridagi (eksport, import, texnologiyalarni ayirboshlash, qo’shma korxonalar, xorijda xizmatlarni ishlab chiqarish va ko’rsatish, xorijiy investitsiyalarni amalga oshirish, transmilliy korporatsiyalar) jamoaviy faoliyat sharoitlarida firmalarni to’g’ri boshqarish nazariyasi va amaliyotidir. Xalqaro menejment asosiy xususiyatlari u yoki bu jihatdan milliy va ko’pmilliy jamoalarning bu madaniyat ushbu toifaga keng ma’noda beradigan narsalarni boshqarishda hisobga olishi va foydalanishi hisoblanadi. Chet elda jamoaviy faoliyat sharoitlarida ishlash o’zbek tadbirkorlari va davlat xizmatchilari orasida tobora keng tarqalishi bir qator sabablarga ega. Birinchidan, sobiq SSSR hududida mustaqil davlatlarning tashkil topishi ko’p hollarda tadbirkorlar uchun xorijiy faoliyatga o’xshash sharoitlarda harakat qilish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Ikkinchidan, davlatimiz tashqi iqtisodiy aloqalarining kengayishi milliy firmalarning nafaqat transmilliy korporatsiyalar (TMK), balki turli xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilishiga olib kelmoqdaki, bunday sharoitda ularning tashkiliy tuzilishi va strategiyasini o’rganish zarur hisoblanadi. Bunday zaruratning tahlilini, Islom Karimovning 2011 yil London uchrashuvlari davrida aytgan so’zlaridan ham topish mumkin, ya’ni: «Bizning mamlakatimizda britaniyalik investorlar tomonidan tashkil etilgan ikki yuzga yaqin qo’shma korxonalar, ellikdan ortiq Buyukbritaniya firmalarninng vakolatxonalari faoliyat ko’rsatmoqda», bu esa o’z navbatida ikki davlat o’rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bilan bir vaqtda «…siyosiy munosabatlarning keng ko’lamdagi huquqiy-normativ asoslarini, savdo-sotiq va iqtisodiy, hamda investistion hamkorlikni mustahkamlaydi».8 Xalqaro menejmentni o’rganish ta’lim oluvchilarning xalqaro toifadagi rahbarlar uchun zaruriy bo’lgan sifatlarga: tashabbus, oqlangan qaltislikka tayyorlik, o’ziga ishonch, global ko’lamda fikrlash, xorijiy sheriklar bilan konstruktiv aloqalarni o’rnatish qobiliyatini shakllantirishga erishishga yordam beradi. Ushbu kurs materiallarini o’rganish ta’lim oluvchilarga dunyoda xalqaro menejment rivojlanishining quyidagi asosiy yo’nalishlarini ko’rsatib beradi: - bo’ysunuvchilarga yuklanadigan javobgarlik ulushining ortishi; - iste’molchilarning hohish-istaklariga e’tiborni kuchaytirish; - firmalar faoliyatida marketing rolini oshishi; - ishlab chiqarish texnologiyasini uzluksiz takomillashtirish hamda mahsulot va xizmatlar assortimentini yangilash; - qisqa muddatli natijaga va uzoq muddatli maqsadlarga ega tadbirlarni aniq ajratilishi; - milliy manfaatlarga rioya qilish. Download 456.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling