Xalqaro menejmentni o’rganish ta’lim oluvchilarning xalqaro toifadagi rahbarlar uchun zaruriy bo’lgan sifatlarga: tashabbus, oqlangan qaltislikka tayyorlik, o’ziga ishonch, global ko’lamda fikrlash, xorijiy sheriklar bilan konstruktiv aloqalarni o’rnatish qobiliyatini shakllantirishga erishishga yordam beradi. - Xalqaro menejmentni o’rganish ta’lim oluvchilarning xalqaro toifadagi rahbarlar uchun zaruriy bo’lgan sifatlarga: tashabbus, oqlangan qaltislikka tayyorlik, o’ziga ishonch, global ko’lamda fikrlash, xorijiy sheriklar bilan konstruktiv aloqalarni o’rnatish qobiliyatini shakllantirishga erishishga yordam beradi.
- Ushbu kurs materiallarini o’rganish ta’lim oluvchilarga dunyoda xalqaro menejment rivojlanishining quyidagi asosiy yo’nalishlarini ko’rsatib beradi:
- - bo’ysunuvchilarga yuklanadigan javobgarlik ulushining ortishi;
- - iste’molchilarning hohish-istaklariga e’tiborni kuchaytirish;
- - firmalar faoliyatida marketing rolini oshishi;
- - ishlab chiqarish texnologiyasini uzluksiz takomillashtirish hamda mahsulot va xizmatlar assortimentini yangilash;
- - qisqa muddatli natijaga va uzoq muddatli maqsadlarga ega tadbirlarni aniq ajratilishi;
- - milliy manfaatlarga rioya qilish.
- Xorijiy tadbirkorlik sharoitlarida yuqori tavakkalchilik
“Tadbirkorlik” atamasi keng ma’noda firmani tashkil qiluvchi yoki uni boshqaruvchi shaxslarning tavakkalchilikka tayyorligining alohida jihatlari majmui sifatida aniqlanadi. “Tadbirkorlik” so’zi inglizcha “entepeneurship” yoki fransuzcha “entrependre” so’zidan kelib chiqadi va “imkoniyatlarni amalga oshirish, qo’llash yoki novatorlik faoliyati, yoxud korxona tuzish yo’li bilan ehtiyojlar va istaklarni qondirish” ma’nolarini anglatadi. - “Tadbirkorlik” atamasi keng ma’noda firmani tashkil qiluvchi yoki uni boshqaruvchi shaxslarning tavakkalchilikka tayyorligining alohida jihatlari majmui sifatida aniqlanadi. “Tadbirkorlik” so’zi inglizcha “entepeneurship” yoki fransuzcha “entrependre” so’zidan kelib chiqadi va “imkoniyatlarni amalga oshirish, qo’llash yoki novatorlik faoliyati, yoxud korxona tuzish yo’li bilan ehtiyojlar va istaklarni qondirish” ma’nolarini anglatadi.
- Tadbirkorlik faoliyati asosan ikki turga bo’linadi:
- Klassik tadbirkorli, bunda biznes kompaniya yoki firma ixtiyoridagi resurslardan eng yuqori natijaga erishish faoliyatining asosi deb qaraladi.
- Innovatsion tadbirkorlik. Tadbirkorlikka iqtisodiyotdagi yangicha yo'nalish, yangi korxonalar ochish asos bo'lib, tub maqsadlarni belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |