Xalqaro moliya bozorlari integratsiyasi mundarija: kirish I bob. Moliya bozori haqida tushuncha
Download 0.82 Mb.
|
XALQARO MOLIYA BOZORLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dunyoning iqtisodiy ittifoqiga
- Benilyuks iqtisodiy ittifoqi
- G‘arbiy Afrika iqtisodiy va valyuta ittifoqi
Iqtisodiy ittifoq – integratsiyaning oliy formasi bo‘lib, bunda qatnashuvchi mamlakatlar o‘z iqtisodiy siyosatlarini, shu jumladan pul, soliq va ijtimoiy siyosatlarini, shuningdek savdoga hamda ishchi kuchi va sarmoya ko‘chib yurishiga nisbatan siyosatni muvofiqlashtiradilar. Unda bojxona tariflari, tovar va ishlab chiqarish faktorlari, mikroiqtisodiy siyosat koordinatsiyalari, valyuta, byudjet, pul sohalarida qonunchilikning unifikatsiyasi ko‘rib chiqiladi.
Dunyoning iqtisodiy ittifoqiga – Yevropa hamjamiyati (YES), keyinroq Yevropa itifoqi (1993y) a’zo bo‘ldi. Hozirgi kunda Yevropa ittifoqqiga 27 ta mamlakatlar qo‘shilgan. Ular quyidagilar hisoblanadi: Avstriya, Belgiya, Bolgariya, Vengriya, Germaniya, Gresiya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Lyuksemburg, Litva, Latviya, Kipr, Niderlandiya, Portugaliya, Polsha, Ruminiya, Sloveniya, Slovakiya, Serbiya, Fransiya, Finlyandiya, Shvesiya, Chexiya, Estoniya, Harvatiya. Benilyuks iqtisodiy ittifoqi (1948y) - Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg. Mustaqil Davlatlar hamdo‘stligi (MDH) 1992 y. - Armaniston, Ozarbayjon, Belorus, Ukraina, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston. Mag‘rib arab ittifoqi (1989y) – Jazoir, Liviya, Mavritaniya, Marakko, Tunis. Lagos harakat rejasi (1973) – Afrika janubidan Saharagacha bo‘lgan mamlakatlar. Manu daryosi itifoqi (1973)-Gvineya, Liberiya, Sverra-Leone. G‘arbiy Afrika iqtisodiy va valyuta ittifoqi (1994y) – Benin, Burkina-Faso, Kot-d Ivuar, Mali, Niger, Senegal, Togo. To‘liq iqtisodiy integratsiya – a’zo mamlakatlar guruhlari yagona iqtisodiy siyosatini o‘tkazilishida qarab chiqilgan tiplari aralashadi. Ular integratsion ittifoq chegarasida huquqiy qonunchilikning unifikatsiyasini talab qiladi. To‘liq iqtisodiy integratsiya barcha a’zo mamlakatlar uchun valyuta siyosatini talab qiladi. Yagona valyuta munosabatlarida yagona valyuta tizimi va yagona valyuta mexanizmi mavjud. Yagona valyuta, valyuta nazoratining yagona qoidalari, umumiy markaziy bank va boshqalar kiradi. Shuni ta’kidlash kerakki, integratsion jarayonlar makroiqtisodiy darajada ham, mikro iqtisodiy darajada ham muhim harakterga ega. Shuning uchun bu integratsiyaning ikki darajasi parallel ravishda o‘tadi. Ular ko‘p kesishmaydi, bir-biri bilan yaqinlashadi va bir-birini to‘ldiradi. Integratsiyaning makroiqtisodiy darajasini egallash an’anasi aniq integratsion guruhga a’zo mamlakatlar davlatlararo iqtisodiy munosabatlarini nazorat qilishni ko‘chaytirishga to‘la mos keladi. Yo‘nalishlarning turli shakllari, makro va mikro integratsiyaning mos kelishi iqtisodiy jihatdan ham, integratsion birlashuv jihatdan ham harakter kasb etadi. U yoki bu iqtisodiy integratsiya tiplarining yaratilishi va amal qilishida siyosiy faktorlar ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Tijorat banklari valyuta-ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirishda qator maxsus bo'limlarni tashkil etishi maqsadga muvofiq: - valyuta bozorida bitimlarni tuzish uchun valyuta dilingi (Dealing) bo'limi; - valyuta bitimlarini rasmiylashtirish (Back office) bo'limi; - hisob-kitoblarni amalga oshirish bo'limi (Settlements). Odatda, valyuta operatsiyalari deganda, xorijiy valyutalar va valyutaviy qimmatliklarga mulk huquqini almashinishi bilan bog'liq amalga oshiriladigan operatsiyalarga aytiladi. Tijorat banklari valyuta operatsiyalarining bir qancha turlari mavjuddir. Iqtisodiy adabiyotlarda asosan ikki turi ajratib ko'rsatiladi: 1. Naqd kassa bitimlari yoki spot operatsiyasi; 2. Muddatli bitimlar (ularning eng keng tarqalgan shakllari - forvard, optsion, fyuchers, svop va boshqalar). Naqd kassa bitimlari yoki spot operatsiyasi sharti bo'lib, valyuta bitimi tuzilgandan so'ng, valyutalar ikki ish kunida kelib tushsa, bu spot operatsiyalari deyiladi. Agar bankning ikki ish kunidan kechiksa, aybdor bank jarima to'laydi. Ushbu ikki ish kuniga bank uchun dam olish va bayram kunlari kirmaydi, shuningdek, har ikkala mamlakat banki uchun ish kuni bo'lishi shart. Muddatli valyuta operatsiyalarining asosiy sharti bo'lib, belgilangan muddatda, ammo ikki ish kunidan oshiq bo'lgan muddatda amalga oshiriladigan operatsiyalarga aytiladi. Muddatli valyuta bitimlarining eng keng tarqalgan shakli forvard bitimlaridir. Bank amaliyotida forvard bitimlarini amalga oshirishning standart muddatlari uchraydi. Standart muddatlarga 1, 3, 6, 9 va 12 oylarni misol qilib keltirish mumkin. Forvard bitimlari odatda valyuta kurslarining o'zgarishi natijasida yuzaga keladigan risklarni oldini olish uchun bartaraf qilish maqsadida ishlatiladi. Masalan, eksportyor tovarini 6 oy muddatda to'lash sharti bilan sotdi. 6 oydan keyin u 10 mln. AQSh dollari miqdoridagi valyuta tushumiga ega bo'lishi kerak. Agar 6 oy mobaynida AQSh dollarining kursi tushib ketsa, eksportyor zarar ko'radi. Zararni oldini olish uchun eksportyor bank bilan forvard valyuta bitimini tuzadi. Tijorat banki bitim imzolanayotgan paytdagi aniq forvard kursini aniqlaydi va ana shu kurs bo'yicha 90 kundan keyin mijozning 10 mln. AQSh dollarini sotib oladi. Tijorat banki zarar ko'rmaslik uchun bitim miqdori, bitim muddati, bitim valyutasidagi kreditlarning foiz stavkasi, baholovchi valyutadagi depozitlarga to'lanadigan foiz stavkalarini tahlil qilib, ustama yoki diskont ekanligini aniqlaydi va valyutalarni xedjirlaydi (sug'urtalaydi). Agar valyuta bitimi bo'yicha foiz stavkasi baholovchi valyutaning foiz stavkasidan past bo'lsa, bu valyuta yuqori kursda katirovka qilinadi va chiqgan ko'rsatkich ustama sotiladi. Agar valyuta bitimining foiz stavkasi yuqori bo'lsa, bu ko'rsatkich diskont bo'ladi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling