Xalqaro moliya istitutlari va ularning turlari


Download 152.67 Kb.
bet1/14
Sana02.06.2024
Hajmi152.67 Kb.
#1838412
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
30 XALQARO MOLIYA ISTITUTLARI VA ULARNING TURLAR1

MUNDARIJA:

KIRISH

1. Xalqaro moliya institutlari rasosiy maqsadlari, funktsiyalari va vazifalari. Xalqaro moliya institutlari globalizatsiya lokomotivlari sifatida.


2. Xalqaro valyuta fondi: maqsadi va funktsiyalari, moliyalashtirish manbalari va faoliyati turlari. O‘zbekistonning XVF bilan o‘zaro munosabatlari
3. Mintaqaviy moliya tashkilotlari: Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


KIRISH
Xalqaro valyuta - kredit va moliya munosabatlarining institutsional tuzilishi o’z ichiga ko’plab halqaro moliyaviy tashkilotlami oladi. Ularning ayrimlari yirik moliyaviy resurs va katta vakolatlarga ega bo Tib, dunyo iqtisodiyoti va moliya - kredit jarayonlarida bevosita va bilvosita ishtirok etadi. Boshqalari hukumatlararo moliyaviy masalalami muhokama etish, moliya - kredit siyosati bo’yicha tavsiyalar va maslahatlar berish hamda moliyaviy yordam ko’rsatish bilan shug’ullanadi. Yana boshqalari axborot yig’ish, muhim valyuta - kredit va moliya muammolari va umuman, iqtisodiyotda statistik va ilmiy - tadqiqot ishlarini amalga oshiradi.
Ushbu xalqaro moliyaviy tashkilotlar zamonaviy xalqaro moliyaviy institutlari deb yuritiladi. Ularning vujudga kelishi, tashkil topishi va rivojlanishining asosiy sababi jahon xalqaro iqtisodiyotining taboro globallashib borayotganligidir (quyidagi rasmga qarang).
Bu institutlaming asosiy maqsadi - xalqaro va mahalliy ijtimoiy - iqtisodiy doirada yuz berayotgan murakkabliklarga va qarama - qarshiliklami bartaraf etish, yumshatish hamda ularning o’zaro hamkorligini ta’minlashga qaratilgandir.
Dunyoda global ahamiyatga ega bo’lgan xalqaro moliyaviy institutlar tarkibiga, BMTning hayrxoxligida tashkil etilgan, ixtisoslashtirilgan Xalqaro valyuta jamg’armasi (XVJ), Jahon banki guruhi, Butunjahon savdo tashkiloti kiradi. Bu ixtisoslashtirilgan xalqaro moliyaviy institutlar Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT)ning faoliyati bilan bog’liq xalqaro moliyaviy va iqtisodiy masalalami hal etishda bevosita ishtirok etadi.
BMTning ixtisoslashtirilgan muassasasi - iqtisodiy kengash - Evropa, Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasi uchun 4 mintaqaviy komissiya tuzgan. Osiyo va Lotin Amerikasi komissiyalari Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Amerikalararo taraqqiyot banki (ATB)ni tashkil etilishiga vositachilik qilgan. Maxsus jamg’armalar bu tashkilotlami to’ldirib turadi.

Download 152.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling