Xalqaro moliya istitutlari va ularning turlari
Download 152.67 Kb.
|
30 XALQARO MOLIYA ISTITUTLARI VA ULARNING TURLAR1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 98233,8 Manba: www.imf.org/.Annual Report 2017.
- 11.4-rasm. 2008-2017 yil moliya yilida to„lanmagan imtiyozli kreditlar (mlrd. SDR) Manba: www.imf.org/.Annual Report 2017.
- 11.5-rasm. 2013-2017 yil moliya yilida tematika bo„yicha texnik ko„mak ko„rsatish (joylarda ko„rsatilgan ko„maklar kishi-yillarda) Manba: www.imf.org/.Annual Report 2017.
Manba: www.imf.org/.Annual Report 2017. XVF imtiyozli moliyalashtirish mexanizmlariga kengaytirilgan kredit ( past daromadli foiz stavkasi: 0 %, qoplash muddati: 5/4—10 yil) Stend-bay kredit (foiz stavka: 0,25% , qoplash muddati 4-8 yil) va tezlashtirilgan kreditlash (foiz stavkasi: 0%, qoplash muddati: 5!4-10 yil) mexanizmlari kiradi. 2017- yil moliya yilida Ijro kengashi XVF ning imtiyozsiz moliyalashtirish mexanizmlari doirasidagi umumiy summasi 98,2 mlrd. SDR dagi (28 aprel 2017 yilga bo‘lgan 0,71103 SDRning dollarga almashinuv kursi bcfyicha 134,7 mlrd. AQSh dollari) 15 kelishuvlami tasdiqlagan. 11.4-rasm. 2008-2017 yil moliya yilida to„lanmagan imtiyozli kreditlar (mlrd. SDR) Manba: www.imf.org/.Annual Report 2017. Byudjet-soliq siyosatida XVF tomonidan daromad bilan ta’minlash va harajatlarni samarali boshqarish, shu juladan, soliq va bojxona siyosati, byudjetni shakllantirish, davlat moliyasini boshqarish, tashqi va ichki qarzlar hamda ijtimoiy himoya tizimi yuzasidan hukumatlarga maslahat va taviyalar beriladi. Bu o‘z navbatida, ijtimoiy sohadagi davlat tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarini sifatini oshirish imkoniyatlarini yaratib beradi. Pul-kredit siyosati va moliyaviy sektori siyosatida markaziy banklar bilan birgalikda pul-kredit va kurs bo‘yicha siyosatni modernizatsiya qilish, tartibga solish hamda nazorat qilish organlari bilan moliyaviy tashkilotlarni nazorat qilishni takomillashtirish yo‘nalishida ish olib boradi. Mazkur yo‘nalishda olib borilgan chora-tadbirlar milliy iqtisodiyot va xalqaro savdoni o‘sishini rag‘batlantirish orqali mamlakatning moliyaviy holatini barqarorlashtirishda muhim o‘rin tutadi. MVF Huquqiy masalalarda boshqarishning huquqiy asoslarini xalqaro standartlar muvofiqligi bo‘yicha texnik ko‘mak ko‘rsatish orqali, byudjet va moliya sohasidagi islohatlar hamda korruptsiya, pul mablagdarini noqonuniy o‘zlashtirilishi hamda terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishda asoslangan chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha mamlakatlar bilan hamkorlik qiladi. 11.5-rasm. 2013-2017 yil moliya yilida tematika bo„yicha texnik ko„mak ko„rsatish (joylarda ko„rsatilgan ko„maklar kishi-yillarda) Manba: www.imf.org/.Annual Report 2017. O‘zbekiston Respublikasi 1992- yil 21- sentyabrda XVF ning a’zosiga aylangan bo‘lib, XVF bilan hamkorlik asosan moliyaviy sektorni rivojlantirish va makroiqtisodiy islohatlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan. XVF va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi Kelishuvning IV moddasiga ko‘ra Hukumat va Markaziy bank bilan konsultatsiyalar o'tkazish maqsadida XVF vakillarining respublikamizga doimiy tashrifi amalga oshirilib kelinmoqda. Mazkur missiyalarning faoliyati iqtisodiyot sohasi, moliyaviy sektor va statistika, shuningdek iqtisodiy islohatlami davom ettirish yo'nalishlarini crrganishdan iborat. 2002- yilda 0‘zbekiston Respublikasi Hukumati, Markaziy bank va XVFning hamkorligi jarayonida so‘rnning ayirboshlashi va 0‘zbekiston bilan XVF o'rtasidagi Kehshuvning VIII moddasida ko'zda tutilgan «Iqtisodiy va moliyaviy siyosat bo'yicha Memorandum» va «Joriy xalqaro operatsiyalar bo'yicha milliy valyutani ayirboshlashni ta’minlash ish rejasi» ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. O'zbekiston va XVF o‘rtasidagi konstmktiv muloqot Ish rejasida ko'zda tutilgan barcha choralami bajarishga yordam berdi, natijada 2003- yilning 15- oktyabrida 0‘zbekiston Respublikasi tomonidan joriy xalqaro operatsiyalar bo'yicha milliy valyutani ayirboshlashini ta’minlash borasidagi VIII moddaning 2(a), 3 va 4 bo'limlari bo‘yicha majburiyatni olishga erishilgan. XVFning tavsiyalariga ko‘ra, 0‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan «Tijorat banklarining kapital adekvatliligiga bo'lgan talablar to'g'risida», «Tijorat banklari tomonidan tuzilayotgan rezervlami shakllantirish va foydalanish, aktivlar sifatini klassifikatsiyalash», «Tijorat bankning likvidlilik boshqaruviga boTgan talablar to‘g‘risida», «Banklar va ularga tegishli shaxslar o'rtasidagi bo'lgan operatsiyalar to‘g‘risida» va «Bir qarzdoming yoki o‘zaro aloqador qarzdorlar guruhining maksimal risk miqdori to‘g‘risida»gi nizomlaming yangi tahriri ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Ushbu o'zgartirishlar milliy qonunchilikda bank nazoratining halqaro talablarini (Bazel III) maksimal darajada hisobga olinishga sharoit yaratdi. So‘nggi yillarda XVF tomonidan respublikaga turli yo‘nalishlar bo'yicha texnik ko'maklar ko'rsatib kelinmoqda. Xususan, Markaziy bankka 2014 yilda bank sektorida korporativ boshqaruvni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlami ishlab chiqishdagi texnik ko'makni ko'rsatib o'tish mumkin. Mazkur texnik ko'mak natijasida "Korporativ boshqaruv to‘g‘risida"gi Nizo’lga oxirgi xalqaro standartlarga, jumladan korporativ boshqaruvni takomillashtirish bo'yicha Bazel qo'mitasi tamoyillari (2010 yil oktyabr) va Moliyaviy barqarorlik bo'yicha Kengaslming (2013 yil fevral) "Risklar boshqaruvini tematik shahri” tavsiyalariga muvofiq qayta ko'rib chiqilgan. 2016 yil apreldan boslilab XVF tomonidan respublikada tijorat banklarida stress-test sinovlarini metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha texnik ko'mak doirasida ish boslilangan. 11.2-jadval
Download 152.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling