Xalqaro Moliya Markazlari
Download 28.31 Kb.
|
Xalqaro Moliya Tezis1 S.B
Xalqaro Moliya MarkazlariTоshkеnt Mоliyа instituti Mоliyа fаkultеti Mоliyа yônаlishi 4-kurs tаlаbаsi Ziyovuddinov Sh Ilmiy rаhbаr: PhD dots. Yuldasheva U.A Annotatsiya: Xalqaro moliya tashkilotlari o’zida jahon iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlash uchun moliya va valyuta-kredit munosabatlarini tartibga solish maqsadlarida davlatlararo kelishuv asosida tashkil etilgan xalqaro tashkilotlarni ifodalaydi. Xalqaro moliya tashkilotlarining yuzaga kelishiga asosan jahon xo’jaligida globallashuv jarayonlarining rivojlanishi hamda xalqaro moliya bozorlaridagi va jahon valyuta tizimidagi beqarorlikning kuchayishi sabab bo’ldi. Xalqaro moliya tashkilotlari vujudga kelishining birinchi bosqichi birinchi va ikkinchi jahon urushlari orasidagi davrga to’g’ri keladi. Xalqaro moliya tashkilotlari vujudga kelishining ikkinchi bosqichi hamda ular faoliyatining kuchayish jarayoni ikkinchi jahon urushidan so’ng mustamlakachilik tizimining parchalanishi va 1970 yillardagi iqtisodiy o’zgarishlar bilan bog’liqdir. Shu bilan birgalikda 1980-yillarning boshlarida xalqaro moliya tashkilotlari faoliyatida uchinchi bosqichning boshlanganligini qayd etishimiz mumkin. Chunki bu davrda jahon iqtisodiyotida globallashuvning kuchayishi hamda integrasion jarayonlarning jadallashuvi kabilarni ko’rsatish mumkin. Dunyodagi bir qator davlatlarning hukumat organlari zamonaviy xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi muammolarni birgalikda hal etishga ehtiyoj sezdilar va buning natijasida xalqaro tashkilotlarga bo’lgan talab yanada ortib bordi. Xalqaro moliya tashkilotlariga Xalqaro Valyuta fondi, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro hisob-kitoblar banki, Osiyo, Amerika, Afrika mintaqaviy rivojlanish banklari va boshqalar kiradi. Xalqaro moliya tashkilotlarining vujudga kelishiga va faoliyatining rivojlanishiga quyidagi omillar ta’sir ko’rsatgan: xo’jalik hayoti baynalmilallashuvining kuchayishi, shuningdek, milliy chegaralardan tashqariga chiquvchi transmilliy korporasiyalar va transmilliy banklarning tashkil topishi; jahon xo’jaligida moliyaviy munosabatlarni xalqaro tartibga solishga bo’lgan ehtiyojning kuchayishi; jahon valyuta tizimi, xalqaro valyuta-kredit, qimmatbaho qog’ozlar va oltin bozorlaridagi yuzaga keladigan muammolarni hamkorlikda hal qilish zaruriyatining ortib borishi. Xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlari tomonidan bajariladigan asosiy funksiyalarga quyidagilar kiradi: Axborot funksiyasi. Xalqaro moliya tashkilotlari jahon xo’jaligi rivojlanishining umumiy tendensiyalari hamda biror bir davlatning iqtisodiy holati to’g’risida ma’lumotlar olish mumkin bo’lgan axborot markazi rolini bajaradi. Xalqaro valyuta-kredit tashkilotlari o’tkazilgan xalqaro konferensiyalar, yig’ilishlar, tadqiqotlar natijalari bo’yicha statistik materiallarni nashr etib boradi. Maslahatchi funksiyasi. Xalqaro moliya tashkilotlari mamlakatlarning xukumatlariga valyuta-kredit va moliya siyosatini o’tkazish bo’yicha maslahatlar beradi. Tartibga solish funksiyasi. Xalqaro moliya tashkilotlari xalqaro moliya munosabatlarini tartibga solish funksiyasini ham bajaradi. Jumladan, XVF to’lov balansida muammolarga ega bo’lgan mamlakatlarga vaqtinchalik moliyaviy yordam ko’rsatadi. XVF mamlakatlarga milliy valyuta kursini bir maromda saqlash uchun ham bir necha bor vaqtinchalik yordam ko’rsatgan. Bashorat qilish funksiyasi. Xalqaro moliya tashkilotlari milliy va jahon iqtisodiyoti rivojlanishining bashoratini amalga oshiradi. Xalqaro moliya tashkilotlari quyidagi maqsadlarni ko’zlagan holda faoliyat yuritadi: jahon iqtisodiyoti va xalqaro moliyani barqarorlashtirish maqsadida jahon hamjamiyatida harakatlarni birlashtirish; valyuta va moliya-kredit munosabatlarini xalqaro tartibga solishni amalga oshirish; jahon valyuta va moliya-kredit siyosatining strategiya va taktikasini hamkorlikda ishlab chiqish va muvofiqlashtirish. АDАBIYОTLАR RО`YXАTI 1. N. Jumayev,U. Burvonov, Moliyaning dolzarb muammolari - T 2003 214 bet 2. R. Tojiyev, S Jumayeva. Xalqaro moliya. O`quv qo`llanma. TDIU, 2005 137 bet 3. A. Vahobov, U. Burxonov, N. Jumayev. Xalqaro moliya munosabatlari. – T Sharq 2003 bet. 4. Ataniyozov . J. X. Alimardonov E. D. 214 bet Download 28.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling