Xalqaro moliya tizimida moliya-sanoat guruhlari
Download 18.11 Kb.
|
Xalqaro moliya tizimida moliya
. Xalqaro moliya tizimida moliya-sanoat guruhlari Reja
2.Moliya-sanoat guruhlari tasniflanishi 3. Moliya-sanoat guruhlari tushunchasi va uning iqtisodiy mohiyati Jahon amaliyotida moliya va sanoat kapitalining birlashish jarayonlarining boshlanishi XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida sodir bo‘lgan. Ammo moliya-sanoat guruhlari atamasi nisbatan ilgari paydo bo‘lib, ilmiy muomalaga birinchi marta xorijiy mutaxassislar tomonidan kiritilgan. Tadqiqotlarimiz ko‘rsatishicha, moliya-sanoat guruhlari tushunchasiga nisbatan ilmiy adabiyotlarda yagona yondashuv kuzatilmaydi. Moliya-sanoat guruhlari mohiyati masalasini o‘rganishda uning iqtisodiy va huquqiy jihatlariga e’tibor qaratish lozim. YA’ni, moliya-sanoat guruhlarining o‘ziga xos me’yoriy-huquqiy asoslarini shakllantirish uchun mazkur xo‘jalik yuritish sub’ektlarining faoliyati bilan bevosita bog‘liq jarayonlari, tamoyillari va mohiyatini, tashkil topish sabablarini chuqur tahlil qilish zarur. Moliya-sanoat guruhlari tushunchasi mohiyati yondashuvlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, xorijiy iqtisodchilar ko‘pincha bunday birlashmalarning iqtisodiy mohiyatini to‘liq ifodalamaydigan ta’rifni qo‘llaydilar. Masalan, I.Starodubrovskayaning fikricha, moliyasanoat guruhlari deganda, odatda, iqtisodiyotni tuzilmaviy qayta qurishning muhim masalalarini hal etish va muvofiqlashtirilgan xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun moliyaviy institutlar hamda sanoat korxonalarini birlashtirish doirasida sodir bo‘lgan davlat rahbarligida tashkil etilgan tashkilot tushuniladi5. Biroq, mazkur ta’rifda moddiy, nomoddiy va moliyaviy aktivlarning birlashtirilishi masalalariga e’tibor qaratilmagan. I.YU.Belyaev moliya-sanoat guruhlarini birlashgan kapitalning harakati natijasi sifatida ta’riflaydi, yuridik tuzilmalarning birlashishiga va ularning asosiy maqsadlariga e’tibor bermasdan faqatgina kapital nuqtai nazaridan yondashgan6. A.E.Dvoretskaya moliya-sanoat guruhlarini barcha guruh ishtirokchilarining umumiy foydasini oshirish va sanoatga investitsiyalarni yo‘naltirish maqsadida moliyaviy resurslarni to‘plashga imkon beruvchi tuzilma sifatida ta’riflab, ishlab chiqarishni hisobga olmagan holda faqatgina moliyaviy jihatiga e’tibor qaratadi. A.G.Movsesyan esa, moliya-sanoat guruhlarini – bank, savdo, sanoat faoliyatining avvalgi alohida shakllarini yagona cheklangan yaxlitlikda birlashishi doirasida bank va sanoat kapitali integratsiyasi jarayonining nihoyatda davomiyligi hamda qo‘shilishi natijasi, deb hisoblaydi8. Bizning fikrimizcha, bu ta’rif ancha ahamiyatli. Biroq, ushbu ta’rif birlashmaning huquqiy asosi va yakuniy maqsadlarini to‘liq ochib bermagan. G.G.CHibrikovning ta’riflashicha, bozor iqtisodiyotida moliyasanoat guruhlari deganda, turli xildagi nomga ega bo‘lgan, o‘z ichiga ma’lum bir tashkiliy-huquqiy shakldagi sanoat-moliya va moliya guruhlarini, shuningdek, yirik transmilliy va milliy kompaniyalarni (masalan, IBM, Samsung va bosh.) hamda ko‘pincha aniq shaklga ega bo‘lmagan, lekin o‘zida bir qancha tizimli negiz hosil qilgan va albatta iqtisodiy, hattoki siyosiy kuchni ifodalovchi (masalan, Щvetsiyadagi Vallenberglar «imperiyasi», AQSHdagi Kaliforniya guruhi va boshqalar) etarlicha keng doirada birlashgan tuzilmalar tushuniladi9. Lekin bu, fikrimizcha, birmuncha bir tomonlama qarash bo‘lib faqatgina birlashmaning tashkiliy-huquqiy shaklini anglatadi. V.A.Svetkovning ta’riflashicha, moliya-sanoat guruhlari deganda, xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun mehnatni taqsimlash va uni muvofiqlashtirish, ular o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikdagi iqtisodiy va moliyaviy munosabatlarni o‘rnatish asosida moliyaviy tashkilotlar bilan sanoat korxonalarini birlashtirish doirasida sodir bo‘lgan moliya-sanoat majmualari tushuniladi.10 Fikrimizcha, ushbu ta’rif yuqorida berilganlarga nisbatan to‘liqroq mazmun kasb etadi. Nazarimizda, keltirilgan ta’rif etarli darajada aniq emas, fikrimizcha, moliya-sanoat guruhlari faoliyatining maqsadi ta’riflanib, moddiy, nomoddiy va moliyaviy aktivlarning birlashtirilishi, o‘zaro bog‘liqlikdagi iqtisodiy va moliyaviy munosabatlarga urg‘u berilgan. Amalda esa, ular mutlaqo turli xildagi tushunchalar hisoblanadi. Mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan M.B.Xamidulinning ta’riflashicha, moliya-sanoat guruhi o‘zida samarali ishlab chiqarish, moliya-xo‘jalik faoliyatini ta’minlash maqsadida o‘zining nomoddiy, moliyaviy, ishlab chiqarish resurslarini to‘liq va qisman birlashtirgan ishlab chiqarish, savdo-tijorat korxonalari, moliya-kredit institutlarini o‘z ichiga olgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning majmuini namoyon etadi. 11 Mazkur ta’rifda moliya-sanoat guruhlari faoliyatini ifodalovchi tushunchalar qamrab olingan bo‘lib, faqatgina boshqaruv tizimiga e’tibor qaratilmagan. 7.2. Moliya-sanoat guruhlari tasniflanishi Iqtisodiy adabiyotlarning chuqur tahlili moliya-sanoat guruhlari ta’rifining quyidagi muhim elementlarini aniqlash imkonini berdi: – iqtisodiyotdagi turli xil xo‘jalik sub’ektlarining birlashishi (yuridik shaxslar majmuasi); – moddiy va nomoddiy aktivlarning birlashishi; – investitsion loyiha va dasturlarni amalga oshirish uchun moliya-sanoat guruhlarini tashkil etishning aniq maqsadli xarakterga ega ekanligi. Fikrimizcha, yuqoridagi uchta elementni o‘ziga qamrab olgan ta’rifgina moliya-sanoat guruhlari mohiyatini to‘laroq ochib beradi. SHunday qilib, moliya-sanoat guruhlari deganda, ishlab chiqarish, xo‘jalik, moliyaviy va boshqa faoliyatlar samaradorligini ta’minlash maqsadida markazlashgan boshqaruvga ega bo‘lgan va o‘zlarining resurslarini (ishlab chiqarish, moliyaviy, mehnat, nomoddiy va boshqalar) birlashtirgan ishlab chiqarish, savdo korxonalari va moliyakredit institutlarini o‘z ichiga olgan mustaqil yuridik shaxslarning integratsiyasi shakli tushuniladi. Moliya-sanoat guruhlari tushunchasini ta’riflash bilan birgalikda uning asosiy funksiyalarini va iqtisodiyotdagi rolini aniqlash zarurdir. Ma’lumki, ob’ektning funksiyasi uni mohiyati namoyon bo‘lishining ko‘rinishi yoki tushunchasi bo‘lib hisoblanadi. Moliya-sanoat guruhlarining funksiyalari yuqoridagi qayd etilgan uchta jihatda uning mohiyatini ochib beradi. Metodologik jihatdan moliya-sanoat guruhlarining funksiyalarini uchta guruhga ajratish mumkin. Funksiyalarning birinchi guruhi moliya-sanoat guruhlarini iqtisodiy tuzilmalarning birlashishi sifatidagi xususiyati bilan bog‘liq bo‘lib, bunga korxonalar o‘rtasidagi aloqadorlikni mustahkamlash, moliya-sanoat guruhlari ichida hamkorlik shakllarini kengaytirish, mahsulot ishlab chiqarish hamda sotishni kengaytirishning yangi imkoniyatlarini izlash, ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish hamda ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirish kabilar kiradi. Funksiyalarning ikkinchi guruhi moliya-sanoat guruhlari mohiyatini kapitalning integratsiyasi shakli (moddiy va nomoddiy aktivlarning birlashishi) sifatida ochib beradi. Bularga, yangi korxonalarni qo‘shish va birlashtirish, korporativ tuzilmalarni doimiy takomillashtirish, transmilliy tuzilmalarga o‘tish, savdo firmalari va firma do‘konlarini yaratish yo‘li bilan mahsulot sotishni tashkil qilish, savdo belgilarini ishlab chiqish, bank bilan o‘zaro ichki aloqalarni mustahkamlash, yagona moliyaviy menejment tizimini tuzish hamda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va kengaytirish uchun xorijiy va ichki investitsiyalarni jalb etish kabilarni kiritish mumkin. Funksiyalarning uchinchi guruhi esa quyidagilardan iborat: – moliya-sanoat guruhlari faoliyatini barqarorlashtirish; 9 – ishlab chiqarishga innovatsiyalarni joriy etish, yuqori ilmiy sig‘imli mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish va bozorni kengaytirish ishlarini amalga oshirish, chuqur marketing tadqiqotlarini o‘tkazish; – mahsulotlar sifatini va raqobatbardoshligini doimiy oshirib borishga qaratilgan chora-tadbirlarni izchillik bilan amalga oshirish; – moliyaviy risklarni samarali boshqarish. Moliya-sanoat guruhlarini shakllantirish jarayoni mamlakatda sanoatni taraqqiy ettirishga, bozor munosabatlarini rivojlantirishga hamda jahon xo‘jaligiga integratsiyalashuv jarayonining kuchayishiga, shuningdek, quyidagi muhim makro va mikroiqtisodiy masalalalarni hal etishga yordam beradi: 1. Ichki raqobatlashuv muhitini shakllantirish va xo‘jalik aloqalarining yangi tizimini o‘rnatish asosida mamlakat iqtisodiyotida barqarorlashish jarayonlarini kuchaytirish hamda ishlab chiqarishni barqarorlashtirishga ta’sir ko‘rsatish. 2. Mamlakatning jahon bozorida mustahkam o‘rin egallashiga va yuqori raqobatbardoshlik darajasiga erishishini ta’minlash. 3. Narxlar barqarorligini kuchaytirish, shu jumladan, moliyasanoat guruhlariga tegishli bank asosida ularni umumiy moliyaviy bazasini tuzish, texnologik aloqador korxonalarning o‘zaro hisobkitoblari yordami bilan noto‘lovlar darajasini kamaytirish, xarajatlar qiymati oshishi jarayonini barqarorlashtirish. 4. Korxonalar o‘rtasida o‘zaro aksiyadorlik munosabatlarining rivojlanishi. 5. Zamonaviy korporativ boshqaruv tizimining shakllanishi va rivojlanishi va boshqalar. Moliya-sanoat guruhlarini ma’lum belgilarga ko‘ra tasniflash zamonaviy tashkiliy tuzilmalar moliya-sanoat guruhlari funksiyalarini ta’minlash zaruratiga javob berishini, iqtisodiy rivojlanishni kuchaytiruvchi rolini o‘ynashini tahlil qilishga imkon beradi. Fikrimizcha, faoliyatning turli xil tomonlari va jihatlaridan kelib chiqib moliya-sanoat guruhlarini bir nechta yo‘nalish bo‘yicha tasniflash mumkin. Bunda tasnifiy belgilar sifatida kapitalning shakllanishi, ishlab chiqarish aloqalarining xususiyati, guruh tashabbuskorining roli, faoliyatning asosiy yo‘nalishi va ko‘lami kabilar e’tiborga olinadi. (1-ilovaga qarang). Tasnifiy belgilarga ajratib tahlil qilish asosida moliyasanoat guruhlarining iqtisodiy strategiyasini amalga oshirishning ko‘p uchraydigan yo‘llarini ko‘rib chiqamiz. Hududiy belgisiga ko‘ra: 1. Hududiy guruhlar ma’lum bir hudud doirasida faoliyat yuritadi. Hududiy guruhlar asosan, hududiy belgisiga ko‘ra qo‘shni korxonalarning kelishuvi natijasida tuziladi. Bunday moliya-sanoat guruhlari iqtisodiy va texnologik munosabatlari o‘zaro aloqador bo‘lmagan korxonalarni hamda texnologik zanjiri o‘zaro bog‘langan korxonalarni o‘z ichiga olishi mumkin. Download 18.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling