23
Yuqorida ma‟lumotdan ko„rishimiz mumkinki, XRA tomonidan ajratilgan
jami mablag„lar 2014-yilda 22239 mln AQSh dollarini tashkil qilgan bo„lsa, 2016-
yilda 16170 mln AQSh dollarini tashkil qilgan, jami ajratilgan mablag„lar. 2016-
yilda ajratilgan mablag„lar 2014-yilga nisbatan 6069 mln AQSh dollariga
kamaygan. 2017-yilda 19462 mln AQSh dollarni tashkil etgan bo„lib, 2016-yilga
nisbatan 3292 mln AQSh dollariga ortgan.
XRA moliyaviy resurslari quyidagilar hisobidan tashkil topadi:
- XTTB ga a‟zo eng rivojlangan, shuningdek Quvayt, BAA ning
konvertirlangan valutasi;
- Iqtisodiyoti kam rivojlangan davlatlardan olinadigan 10% konvertirlangan,
90% milliy valuta hisobiga badal to„lovlari.