Xalqaro moliyaviy tashkilotlar va ularning investitsion loyihalarni amalga
Jahon banki tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar
Download 1.13 Mb. Pdf ko'rish
|
Курс иши намуна
Jahon banki tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar
16
16 www.worldbank.org Jahon bankining rasmiy sayti ma‟lumotlari asosida muallif tomonidan tuzildi 27 Jahon banki tomonidan hamkorlikda bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda (8-jadval). Jadval ma‟lumotlaridan ko„rinib turibdiki, O„zbekistonning Jahon banki bilan 2014-2018 yillar davomida turli sohalarga mablag„lar jalb etish maqsadida ko„plab shartnomalar tuzilgan. Bog„dorchilikni rivojlanishi hamda Pop-Angren temir yo„li loyihalariga yirik miqdorda mablag„lar jalb etishni ko„zlagan hamkorlikdagi shartnomalar tuzilgan. Shuningdek, boshqa loyihalarga ham yirik miqdorda mablag„lar jalb etish ko„zlangan shartnomalar tuzilgan hamda ularning bajrilish muddati uzoq yillarga mo„ljallangan. Shu bilan bir qatorda Jahon banki hozirgi kunda quyidagi loyihalarni amalga oshirish maqsadida mablag„ ajratmoqda: - Jizzax shahrida kanalizatsiya tizimini rivojlantish. Bu loyihaga 4 mln AQSh dollari miqdorida mablag„ ajratilgan bo„lib, mablag„ Jizzax viloyati hokimyatiga va “O„zkommunxizmat” tashkilotiga ajratilgan, loyiha muddati 2016-2020 yillarni o„z ichiga olgan. - Surxandaryo, Qashqadaryo, Namangan, Farg„ona, Andijon viloyatlarida elektr energiyasidan foydalanish hisobini yuritish va nazorat qilish tizimini yaratish. Loyiha summasi 300 mln AQSh dollari, muddati 2016-2019-yillar, mablag„ “O„zbekenergo” OAJ tashkilotiga ajratilgan. - Guzar-Buxoro-Nukus-Baynov A-380 avtomobil yo„lini 228-315 km ni ta‟mirlash. Mablag„ Respublika yo„l fondiga ajratilgan bo„lib, summasi 150 mln AQSh dollarini tashkil qiladi, muddati esa 2016-2020-yillarni o„z ichiga oladi. - Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini qo„llab-quvvatlash. Loyiha summasi 100 mln AQSh dollari bo„lib, Moliya vazirligiga ajratilgan. Muddati 2016-2021 yillar. - Toshkent viloyati shahar va tumanlarida kanalizatsiya hamda suv ta‟minoti tizimida qurilish va qayta ta‟mirlash. Mablag„ “O„zkommunxizmat” tashkilotiga ajratilgan, loyiha summasi 86,54 mln AQSh dollari, muddati 2016-2021 yillarni o„z ichiga oladi. 28 - Qarshi-Shahrisabz-Kitob yo„nalishidagi avtomobil yo„lini qayta ta‟mirlash. Loyiha uchun ajratilgan mablag„ Respublika yo„l fondiga berilgan, loyiha summasi 198 mln AQSh dollarida bo„lib, muddati 2016-2021 yillarni o„z ichiga oladi. - Pop-Namangan-Andijon temi yo„lini elektrlashtirish. Loyiha muddati 2017- 2021 yillarni o„z ichiga oladi. Summasi 80 mln AQSh dollarida, mablag„ O„zbekiston Temir yo„llari hamda O„zbekenergo tashkilotiga ajratilgan. - Qishloq hududlarida yangi proyektlarga asosan uylarni qurish. Bu loyiha Iqtisodiyot Vazirligi bilan amalga oshiriladi, muddati 2017-2021 yillar, summasi 500 mln AQSh dollarini tashkil qiladi. - Taxiatosh GESda elektr energiya ishlab chiqaruvchi stansiya qurish. Loyiha muddati 2015-2021 yillarni o„z ichiga oladi, summasi 300 mln AQSh dollarini tashkil etadi. “O„zbekenergo” tashkiloti bilan birgalikda amalga oshiriladi. - Xorazm aholi punktlarida Taxiatosh GES LEP 220 kv qurilishi. Bu loyiha 150 mln AQSh dollarini tashkil etadi, muddati 2016-2019 yillar. Ushbu loyihani amalgam oshirish uchun mablag„ “O„zbekenergo” tashkilotiga ajratilgan. Osiyo Taraqqiyot Banki asosan o„z kreditlarini texnologiya va uskunalarni sotib olish, ishchi kapital xarajatlarini qisman qoplashga, qishloq xo„jaligi sektorida mavjud uskunalarni modernizatsiya qilish, qayta qurollantirish va yangi ishlab chiqarishni tashkil etish bilan bog„liq bo„lgan sub loyihalarni moliyalashtirishga beriladi. Bu kredit liniyasining qarz oluvchisi bo„lib asosan O„zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy Faoliyat Milliy Banki hisoblanadi. Sub qarz oluvchi bo„lib xususiy, kichik va o„rta korxonalar bo„lishi mukin. Kredit olish uchun loyiha export va import o„rnini bosadiga mahsulot ishlab chiqarilishi va valutada o„zini qoplashi kerak. 4-rasm ma‟lumotlaridan ko„rishimiz mumkinki, 2017-yilda OTB ning mamlakatimizga ajratgan mablag„lari sezilarli darajada ortgan. 2015-yilda OTB ning qarz mablag„lari 505,36 mln AQSh dollari bo„lgan bo„lsa, 2016-yilda 508,01 mln AQSh dollarini tashkil etgan. 2017-yilga kelib esa 40,13 mln AQSh dollariga ortgan. OTB ning grant mablag„lari 2017-yilda 2015-yilga nisbatan 0,5 mln AQSh dollariga ortgan.
29 OTB ning mamlakatimizga ajratgan texnik yordami esa 2017-yilda 6,79 mln AQSh dollarini tashkil etgan, 2015-yilga nisbatan 2,06 mln AQSh dollariga ko„p.
Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling