bilan bir qatorda yaqin 10 yillikda bir nechta loyihalarni hamkorlikda amalga
oshirish rejalashtirolmoqda. Xususan, ikkilamchi quyosh energiyasi loyihasining
ta‟minlash hisoblanadi. Bunda moliyalashtirish manbai ikkita ya‟ni grant hamda
qarz mablag„i hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda boshqa bir qator loyihalar ya‟ni
bog„dorchilikni rivojlantirish, Toshkent viloyatida qishloq xo„jaligi uchun suv
https://www.adb.org . OTB ning rasmiy sayti ma‟lumotlaridan foydalanib, muallif tomonidan tuzildi.
31
Mamlakatimiz va OTB o„rtasidagi amaliy aloqalar yildan yilga
mustahkamlanib borayotganligini bank prezidenti Takexiko Nakaoning 2017-yilda
mamlakatimizga qilgan tashrifidan ham bilishimiz mumkin. Bank rahbari
mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev bilan uchrashdi hamda o„zaro
aloqalarni yanada rivojlantirish ya‟ni 2017-2019-yillar davomida mo„ljallangan
qo„shma dastur doirasida muhokamalar olib borildi.35 Mazkur uchrashuv
davomida bugungi kungda hamkorlik portfeli umumiy qiymati 14 mlrd. AQSH
dollaridan ziyodni tashkil etuvchi 59 loyihani o„z ichiga olgan bo„lib, ularni
moliyalashtirish uchun bankning 6 mlrd. AQSH dollaridan ko„proq mablag„ jalb
qilinganligi alohida qayd etib o„tilgan.