5-rasm ma‟lumotlarini tahlil qiladigan bo„lsak 1994 yildan boshlab hozirga
qadar 40 dan ortiq loyihalar o„zaro hamkorlik asosida moliyalashtirilgan bo„lib,
yillar bo„yicha eng ko„p miqdorda kredit ajratilgan yil 2015 yil bo„lib, 2015 yilda
500 million AQSh dollariga teng miqdordagi kredit ajratilgan. Ayrim yillarda
aniqrog„i 1996, 2001, 2004, 2006-yillarda hamkorlikda hech qanday loyiha
33
moliyalashtirilmagan. Eng ko„p loyiha amalga oshirilgan yil 2013-yil bo„lib, unda
jami 3 ta loyiha birgalikda amalga oshirilgan. Shuningdek, 2017-yilda mazkur
bank tomonidan ajratilgan kredit mablag„lari 444,9 mln. AQSh dollariga yetdi.
Hamkorlik doirasida amalga oshirilgan loyihalar faqatgina bir yo„nalish yoki
sohaga ajratilmagan bo„lib, turli xil sohalar ajratilgan mablag„lar hisobiga
rivojlangan. Ushbu loyihalarni sohalar bo„yicha tahlil qilamiz (6-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: