https://www.ebrd.com YTTBning rasmiy sayti ma‟lumotlaridan foydalanib muallif tomonidan tuzildi
36
Yuqoridagi jadval ma‟lumotlarini tahlil qiladigan bo„lsak, O„zbekiston
YTTBga a‟zo bo„lgan vaqtdan hozirga qadar hamkorlikda 60 ta loyiha birgalikda
boshlangan va shularning 49 tasi yakunlanib, 11 tasi hozirga qadar amalga oshirilib
kelimoqda. Jami investitsiyalar miqdori 868 million yevroni tashkil etib, shundan
amaldagi loyihalar miqdori 73 million yevroni tashkil etadi.
2017-yildan boshlab esa yana bir qator loyihalar amalga oshirish boshlangan,
xususan 2017-yilda jami 6 ta investitsion loyiha bo„yicha shartnomalar tuzilgan,
ushbu loyihalarning umumiy miqdori 69 million yevroni tashkil etgan. Hozirda
ham ushbu loyihalar amalga bo„yicha hamkorlik olib borilmoqda.
Xalqaro moliya tashkilotlari bilan aloqalar har bir mamlakat iqtisodiyotini
rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu sababdan xalqaro moliyaviy tashkilotlarni
yaxshilash har bir rivojlanayotgan mamlakat iqtisodiyoti uchun zarur hisoblanadi.
Ammo ushbu moliya institutlaridan olingan kreditlar davlat tashqi qarzi miqdorini
oshiradi. Tashqi qarzlarning oshishi esa, davlat uchun unchalik ham ijobiy
bo„lmagan ko„rsatkich hisoblanadi.