Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy-siyosiy fanlar” fakulteti “Siyosatshunoslik” yo’nalishi 28-22-guruh talabasi jo’rayeva mohinabonu


Download 109 Kb.
bet1/2
Sana10.02.2023
Hajmi109 Kb.
#1184951
  1   2
Bog'liq
Ijtimoiy tarmoqlar


Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy-siyosiy fanlar” fakulteti
Siyosatshunoslik” yo’nalishi 28-22-guruh talabasi
JO’RAYEVA MOHINABONU ning
Ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar hayotidagi o’rni (ijobiy va salbiy)”
mavzusida tayyorlagan mustaqil ishi

ANNOTATSIYA

Ijtimoiy tarmoqlar bugun qudratli axborot qurolga aylangan ekan, dunyo miqyosida mafkuraviy-g’oyaviy tahdidlarni targ’ibot va tashviqot etishda muhim omil vazifasini o’tamoqda. Ijtimoiy tarmoqlar yordamida yoshlarning qalbi, ongi va ruhiyatiga ta’sir ko’rsatishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning natijasida yoshlar ma’naviyati izdan chiqishiga olib kelmoqda. Shu boisdan ham, turli-tuman g’oyaviy, mafkuraviy va axborot xurujlarining avj olishini e’tibordan chetda qoldirmasligimiz darkor. Shundagina biz istiqbolda ma’naviy barkamol insonni, sog’lom avlodni tarbiyalashga erishamiz.

Kalit so‘zlar: Axborot, global, mafkura, internet, ma‟naviy tahdid, ijtimoiy tarmoq, virtual muloqot, modernizatsiya, ma‟naviyat, innovatsia.



KIRISH
Bugungi kunga kelib, internet tizimining ijtimoiy tarmog’ida ma’naviy, axloqiy tubanlikni “targ’ib” etuvchi sahifalarning soni bir nech yuz miliondan oshayotganligi insoniyatni yanada tashvishlantiradi. Bu haqda Chingiz Aytmatov shunday yozadi: “Tuya terisini odamning taqir boshiga kiydirish shart emas. Endi sodir bo’ladigan urushlar jang maydonida emas, balki mafkura poligonida yuz beradi. Shu jihatdan qaraganda, yoshlarning ko’p vaqtini internetda behuda sarflashi katta fojiadir”[1]. Chunki, Globallashuv jarayonida mafkuraviy ta’sir o’tkazish ko’lamini haddan ziyod kengaytirib, beqiyos darajada tezlatib yuborganida ham ko’rinadi. Inson o’z mustaqil fikriga, zamonlar sinovidan o’tgan hayotiy-milliy qadriyatlarga, sog’lom negizda shakllangan dunyoqarash va mustahkam irodaga ega bo’lmasa, har turli ma’naviy tahdidlarga, ularning goh oshkora, goh pinhona ko’rinishdagi ta’siriga bardosh berishi amrimahol.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Internet tizimining ijtimoiy tarmog’idan olingan narsa to’g’ri, ishonchli va zararsiz ekanini bilish kerak. Yaxshi-yomonning farqiga bormagan yoshlar ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilgan har qanday ma’lumot-xabarlarni haqiqat deb qabul qilayotgani jiddiy xavotirga solmoqda. Ular g’arazli maqsadlari yo’lida yoshlarda buzg’unchilik, begunoh odamlar qonini nohaq to’kish kabi jinoyatlarni avj oldirib, fuqarolar tinchligini buzib, xalq orasida nizo chiqarishga harakat qilishmoqda. Sarhadsiz internet dunyosiga kirgan yoshlar vaqt, umr g’animat ekanini doimo yodda saqlamog’i lozim. Zero, bu global tarmoq bepoyon hududlarga ega bo’lib, unda inson adashib soatlab, kunlarini samarasiz o’tkazib yuborish bilan birga yoshlarimiz o’jar va qaysar, keksalarning aytganini nazar-pisandga olmaydi, ajdodlar qadriyatlarini inkor etadi”[2]. Darhaqiqat, bugun axborot ko’p va tez kirib kelayaptiki ularni “hazm” qilish uchun teran tafakkur va keng dunyoqarash talab etiladi. Ayniqsa internet tizimining ijtimoiy tarmoq olami farzandlarimiz e’tibori va qiziqishini tortib borayotgan bugungi davrda ayrim kompyuter o’yinlari haqida ham shunday misollarni ketirish mumkin. Bugun dunyo aholisining 90 % dan ortig’ida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish imkoniyati mavjud. Foydalanayotganlar soni ham yildan-yilga ortib bormoqda. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko’ra insonlarning ijtimoiy tarmoqda sarflaydigan minimal vaqti 3 soatni tashkil etadi. Bir qarashda kishini xavotirga soladigan hech narsa yo’qdek[3]. Inson bu 3 soat mobaynida turli hududlarda yashaydigan yaqinlari, tanishlari, qarindoshlari bilan muloqot qilmoqda, bunda nima notabiylik bor deb o’ylash mumkin. Albatta, ushbu muloqot jarayonlarining ijobiy tomonlarini inkor etib bo’lmaydi. Biroq, ijtimoiy tarmoqlarda faqat ezgu niyatni ko’zlagan insonlar o’tirmasligini o’nlab misollar bilan asoslash mumkin. Ayniqsa, yoshlarda bunday holat ko’proq yolg’iz qolish istagining kuchayishida namoyon bo’ladi. Manbalarda ijtimoiy tarmoq – odamlarning muloqot qilish, o’xshash qiziqishlari yuzasidan boshqa odamlar bilan ijtimoiy munosabatlarni yaratish uchun foydalanadigan onlayn platforma deb ta‟rif berilgan. Ilk bor odamlar o’rtasidagi muloqot vositasi sifatida ijtimoiy tarmoqning elektron pochta ko’rinishi paydo bo’ldi. Bu kompyuter tarmoqlari orqali bog’lanishning ilk ko’rinishi edi. Dastlab ikki kishi o’rtasida ma’lumot almashish uchun yaratilgan elektron ma’lumot almashuv keyinchalik guruhlar o’rtasidagi muloqot vositasiga aylandi. Ijtimoiy tarmoqlar haqida ilk bora o’z tasavvurlarini bayon qilgan olimlar R.Solomonoff va A.Rapoport o’tgan asr o’rtalarida muloqotning virtual ko’rinishi haqida o’z fikrlarini bayon qilishgan. Vengriyalik mutaxassislar P.Erdos va A.Renilar ijtimoiy tarmoqlarni shakllantirish borasidagi tasavvurlarini aytib o’tishgan. Ijtimoiy tarmoq atamasini alohida tushuncha sifatida 1954 yil Manchester maktabi namoyondalaridan biri J.Barns ilmiy manbalarga kiritgan. Internet tarmog’ida insonlar o’rtasidagi muloqotning avj olishi, rivojlanib ketishini olimlar ijtimoiy tarmoqlarning tezkor faoliyati bilash bog’lashadi[4]. Aslida ham shunday. Siz virtual olamda tez va qulay muloqotni kunning yoki tunning istalgan vaqtida o’rnatishingiz mumkin. Suhbatdoshingiz bilan yozishib, gaplashib, uni ko’rishingiz ham mumkin. Buning uchun kompyuter yoki telefon va internet bo’lsa kifoya. Bugungi kunda mashhur bo’lgan ijtimoiy tarmoqlarda o’z sahifasiga ega bo’lmagan insonni topish qiyin. Ayniqsa, bu holatning yuqori darajasini yoshlar orasida ko’rish mumkin. Ma’lumotlarga qaraganda, dunyo yoshlari, jumladan mamlakatimizda o’sib kelayotgan yosh avlod asosiy vaqtining taxminan 50% foizi virtual muloqotga sarflanmoqda. Gap shundaki, ko’pchilik yoshlar o’z hayotlarini ijtimoiy tarmoqlarsiz tasavvur qila olmaydilar.

MUHOKAMA VA NATIJALAR


Virtual muloqotning avj olishi jonli muloqotga bo’lgan ehtiyojning pasayib ketishiga sabab bo’lmoqda. Shuni aytish kerakki, bugungi kunda jamiyatimizda o’zining doimiy ko’rishib turadigan yaqinlari bilan ham ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qiluvchi insonlar ko’pchilikni tashkil etmoqda. Bunday muloqot esa real voqelikdan ayri holda kechadi va inson o’zining hissiy kechinmalarini tasvirlab bera olmaydi. Bu esa insoniy tuyg’ularning yo’qolib borishiga zamin yaratadi. Yaqin o’tmishimizda insonlar o’rtasida “uyga keling” deb taklif qilingan bo’lsa, endilikda “telegram kanalim”ga tashrif buyuring, “Facebookdagi sahifam”ga kiring degan takliflardan ajablanmay qo’ydik. Shu nuqtai nazardan qaraganda, shiddatli global o’zgarishlar davrida yoshlar ong-u shuurini internet tizimining ijtimoiy tarmog’i orqali kirib kelayotgan zararli g’oya va ta’sirlardan samarali va ishonchli himoyalash tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa o’qituvchilar, ma’naviyat targ’ibotchilari, ota-onalardan yanada hushyor va ogoh bo’lishni, yosh avlodning g’oyaviy-mafkuraviy immunitetini mustahkamlash borasidagi ishlar ko’lamini yanada kengaytirishni talab qiladi. Ma’lumki, dunyoda g’oyaviy hamda informatsion xurujlar, turli mafkuraviy tahdidlar avj olayotgan bugungi kunda yoshlarimiz ma’naviyatini yuksaltirish, ularning tafakkurida sog’lom dunyoqarash asoslarini shakllantirish eng muhim vazifadir. Bunday murakkab va tahlikali davrda ma’naviy – ma’rifiy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish yoshlarimizni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, yoshlarimizning hayotga ongli munosabatini shakllantirish, yon – atrofda yuz berayotgan voqealarga daxldorlik hissini oshirish, diniy ekstremizm, xalqaro terrorizm, zo’rlik bilan joriy etish oqibatida xalqaro maydondagi ziddiyat va qarama – qarshiliklar kuchayib borayotgan bir vaziyatda o’zimizning kelajak strategiyamizni aniq belgilab olish, g’animlarning g’arazli urinishlari nimaga qaratilganligini har tomonlama anglab olish va keng jamoatchilikka yetkazish, mamlakatimiz mustaqilligi, tinch va osoyishta hayotimizga xavf tug’dirishi mumkin bo’lgan tajovuzlarga qarshi izchil kurash olib borish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan milliy g’oya targ’iboti va mafkuraviy jarayonlarning amaliy ishlari va ijobiy natijalarini yoshlarga tushuntira bilish, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Ma‟naviyat va ma’rifat ishini vatanparvarlik ishi, vijdon ishi” ekanligi to’g’risidagi qarashlarining mazmun-mohiyatini har bir fuqaroga, xususan, yoshlar ongi, qalbi va ichki dunyosiga singdirish zarur. Umuman, bugungi kunda internet tizimining ijtimoiy tarmoqlari salbiy ta’sirining oldini olish uchun yoshlarning ma’naviy salohiyatini oshirish, iqtidorli va iste’dodli bolalarning o’z ijodlarini erkin namoyon etish va axborot almashish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida zamonaviy axborot texnologiyalari orqali maxsus internet dasturlarini ko’proq tuzib, yoshlarga mo’ljallangan turli mavzular bo’yicha maqsadli loyiha va sohaviy tizimli dasturlarni tayyorlash va ularni doimiy tarzda yangilab borish maqsadga muvofiqdir. Shu bilan birgalikda jamiyat hayotining modernizatsiyalashish sharoitida jamiyatda ma’naviy sohada quyidagi vazifalarni ham bajarishimiz maqsadga muvofiqdir: - yoshlarimizni ma’naviy yangilanish va islohotlar jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirish; - turli qarash va fikrga ega bo’lgan yoshlarning o’ziga xos orzu-intilishlarini uyg’unlashtiruvchi g’oyalar Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson, yagona Vatan tuyg’usi, adolat - qonun ustuvorligida, xalq roziligi, jaholatga qarshi ma’rifat, innovatsion taraqqiyotni ta’minlash barcha yurtdoshlarimiz uchun muqaddas maqsadga aylanishiga erishish, milliy hamjihatlikni yanada mustahkamlash; - ota-bobolarimiz dinining gumanistik mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish borasidagi ishlarni davom ettirish. Buning uchun, avvalo: - ommaviy axborot vositalarida milliy ma’naviyatimiz aks etgan ko’rsatuvlar, seriallar, kino va badiiy filmlar namoyishini omma e’tiboriga taqdim qilish; - internet tizimidan foydalangan holda milliy saytlar ko’paytirish hamda yoshlarbop ruknlarni ochish va ular orqali milliy g’oyalarni singdirib borishni ta’minlash; - jamiyatda ma’naviyatni takomillashtirish mavzuida ilmiy loyihalar joriy etish hamda qonun ustuvorligini ta’minlash zarurdir. XXI asrda davlatimizning ravnaqi, uning kuchi hamda salohiyati ko’p jihatdan xalq ma’naviyatining yuksakligi va pokligiga, yoshlarimizning intellektual savodxonligiga, ular ongi, ichki dunyosi va qalbida milliy g’oyaning rivojlanganligi bilan chambarchas bog’liqdir. Bunda esa internet tizimining ijtimoiy tarmog’idan tarqatilayotgan turli xil yot g’oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetining nechog’liq shakllanishiga bevosita aloqadordir.
Internetning yoshlar tarbiyasiga ta'siri

Hozirgi davrda Internet tarmog‘iga ulangan kompyuter, mobil telefonlari deyarli ko‘plab xonadonlarda mavjud. Bundan tashqari, yoshlar internet kafelarda ham tarmoqdan foydalana oladilar. Bugungi kunda axborot texnologiyalari jadal taraqqiy etishi va ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha jabhalariga joriy etilishi sababli barcha uchun kompyuter savodxonligi dolzarb masalalardan biridir.


Yoshlar ijtimoiy tarmoqlar kengayib borayotgan davrda o‘sib ulg‘aymoqda. Bu quvonarli hol albatta. Biroq har narsaning me’yori bo‘lmog‘i zarur. Yoshlar virtual olamning haqiqiy olam emasligini bilib borishlari shart. Ba’zan bolalar kattalar tomonidan nazoratsiz va ularning ruxsatisiz tarmoqqa tashrif buyurish imkoniga ega bo‘lib qoladilar. Bolalar va o‘smirlar Internet tarmog‘ida sayr qilarkan, ularga umuman kirish mumkin bo‘lmagan saytlarga duch kelishlari mumkin.
Tabiiyki, bunday axborotlar qiziquvchan yoshlarni o‘ziga ko‘proq jalb etadi. Biror harakatni amalga oshirishda bolalarga qanchalik ruxsat etilmasa, ularda shunchalik yuqori darajada qiziqish uyg‘onishi barchaga ma’lum. Yoshlar tarmoqdagi nosog‘lom turmush tarzidan axborot beruvchi ayrim manbalarga duch kelsalar, yanada qiziqib, mazkur axborotlarga alohida e’tibor qaratishlari ehtimoldan xoli emas. Shu sababdan kattalar farzand tug‘ilgan kundan boshlab ulariga issiq choynak, qozonlarga yaqinlashish, pichoq, qaychi kabi o‘tkir uchli narsalarga tegish mumkin emasligini onglariga singdirganlari kabi, tarmoqdagi axborotlar ham xavfli ekanligini tushuntirishlari, ularda axborotlardan to‘g‘ri foydalanish salohiyatlarini shakllantirishlari zarur. Albatta, Internet tarmog‘i manbalari zamonamiz o‘smirlari bilim doirasini, dunyoqarashini kengaytirishi bilan ayrim jihatlariga ko‘ra ularning tarbiyasiga nafaqat salbiy, balki xavfli ta’sir ko‘rsatishi ham mumkinligini unutmasligimiz zarur.
Yaqindagina ota-onalar yoshlarning kompyuter o‘yinlariga berilib, ularga bog‘lanib qolishlari xavfidan cho‘chib, oldini olishga harakat qilgan bo‘lsalar, hozirgi vaqtda esa bu xavfga yana ijtimoiy tarmoqlar xavfi ham qo‘shildi.
Internet — bu deyarli barcha qiziqishlarni qondirish makonidir. Ba’zan tarmoqda ayrim axborotlarni izlab o‘tirishning ham hojati bo‘lmaydi, ular har yerda o‘zlari taqdim etilaverishi sababli osongina erishish mumkin.
Shunday ekan undagi ba'zi bir xavflarning oldini olish maqsadida quyidagi tavsiyalarga e'tibor qaratish zarur:
1. Farzandingiz tarmoqdan foydalanmoqchi bo‘lganida uni nazoratdan chetda qoldirmang;
2. Farzandingizning tarmoqqa birinchi qadamlaridanoq, Internetda faqatgina "yaxshi" emas, balki "yomon" axborotlarni ham uchratishi mumkinligini tushuntiring;
3. Internetdan biror manbani saqlab olishda e’tibor qaratish zarur bo‘lgan qoidalarni tushuntiring;
4. Farzandingizga tarmoqda ham haqiqiy hayotdagi kabi tartib-intizom qoidalarini unutmaslik zarurligini ta’kidlang;
5. Farzandingizning Internetdan foydalanishida ba'zi hollarda cheklovlarni o‘rnating;
6. Har kuni farzandingiz muloqotlarini kuzatib borishni o‘zingizga odat qiling;
7. Farzandingiz va o‘zingizning kompyuter savodxonligingizni muntazam rivojlantirib boring. O‘z bilimlaringiz bilan o‘rtoqlashing. Internet xavfsizligi sizning bu boradagi bilim va malakangizga ham bog‘liq ekanligini unutmang.
Kun sayin jadal rivojlanib borayotgan axborot asrida zamonaviy texnika vositalaridan foydalanmaslikning yoki ularga murojaat etmaslikning hech bir iloji yo’q. Chunki, inson dunyoqarashining shakllanishida, ma’naviy olamining yanada kengayishida, ayniqsa kampyuter texnologiyasi asosiy vosita rolini bajarmoqda. Bu — bir tomondan quvonarli holat. Bugungi kunda, biz yoshlar, mana shunday katta imkoniyatlardan xohlagancha foydalanib, o’qish yoki ish davomida vaqtimizdan ancha unumli foydalanmoqdamiz. Hozirgi kun nuqtai nazar bilan qaraydigan bo’lsak, allaqachon global tarmoqqa aylanib ulgurgan internet o’zining tezkorligi chegara bilmasligi bilan ommaviy axborot vositalari orasida eng muhim sohaga aylanib ulgurdi. Unda faoliyat yuritayotgan ijtimoiy tarmoqlar: Kun.uz, Daryo.uz kabi saytlar orqali har soatda yurtimiz va jahonga oid eng so’ngi yangiliklardan boxabar bo’lib turamiz. Ammo… Shiddat bilan yuksalib borayotgan fan-texnika asrida,internet va ijtimoiy tarmoqlarining ijobiy jihatlari bilan bir qatorda uning yoshlar ma’naviyatiga, ularning yangiliklarga chanqoq ongiga salbiy ta’sirining ham guvohi bo’lyapmiz. Zimdan e’tibor bersak, internet kafelariga serqatnov yoshlar (ayniqsa o’smirlar) u yerga borishib, har xil buzg’unchi g’oyalar ruhidagi ur-sur, o’ldir-yondir komp’yuter o’yinlarini tomosha qilayotganligini, tuturuqsiz narsalar bilan vaqtlarini besamar o’tkazayotganligiga guvoh bo’lapmiz. Bunday yoshlarni biz internet imkoniyatlaridan to’laqonli, faqat bilim olish bilan mashg’ul deya ayta olamizmi? Eng achinarlisi, ayrim befarq ota-onalar farzandim internetda o’tirib, bilim olyapti, deb o’ylashadi. Shu o’rinda talabalarning ba’zi dars paytlarida qo’l telefonlari orqali internet saytlariga kirib, bemalol foydalanib o’tirishlariga munosabat bildirmoqchiman. To’g’ri talaba mustaqil izlanuvchi shaxs sifatida, bilimini ko’proq boyitishi, turli xil manbaalarga murojaat etishi yaxshi. Lekin dars hisobidan emas… chunki, harnarsaning ham o’z vaqt-soati bor, shu jumladan internetdan foydalanishning ham. Yaqinda yana bir atama tilimizda ishlatila boshlandi. Bu igromaniya tushunchasi. Hash-pash deguncha ommalashib ham ketmoqda. Qisqacha ta’rif beradigan bo’lsam, “Igromaniya” — bu komp’yuterdan o’rin olgan turli xil o’yinlarga mukkasidan ketishdir. Ruhshunoslarning ma’lumotlariga qaraganda, yoshlar buzg’unchi, destruktiv g’oyalarga qarshi mafkuraviy immunitet hali to’la shakllanmagani uchun o’qigan yoki ko’rgan ma’lumotlariga tez ishonishadi. Bunday hollarda yoshlarning ma’naviyatiga, ruhiyatiga salbiy

ta’sir ko’rsatadigan igromaniyani hech bir jihatdan oqlab bo’lmaydi. Kundalik hayotimizda har narsaning salbiy va ijobiy tomoni bo’lgani kabi zamonaviy texnika vositalaridan foydalanishda ham me’yorga amal qilmog’imiz zarur!


Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Albatta, ularning oʻziga yarasha ijobiy va salbiy jihatlari bor. Qolaversa hozirgi paytda internet, uyali telefonlar orqali shaxsni badnom qiluvchi behayo tasvirlarning tarqalib, ommalashib borayotgani dunyo jamoatchiligini tashvishga solmoqda.
Internet – katta bozor boʻlib, u yerda xaridor oʻziga kerakli barcha maʼlumotlarni topishi, “oʻrgimchak toʻri” deya nom olgan virtual olam orqali xohlagan suratlarni koʻrish yoki istagan videofilmlarni tomosha qilishi, shuningdek, bu global tarmoq orqali oʻzaro muloqot qilish, turli mavzuda fikr almashish, qolaversa oʻzlari uchun tanishlar topishi mumkin.
internet va ijtimoiy tarmoqlarni toʻla qoralab yo oqlab boʻlmaydi, kishilar undan qanday maqsadda foydalanayotganiga qarab, ijobiy yoki salbiy baho berilishi, bugungi kunda “Facebook”, “Telegram”, “Youtube” kabi boshqa ijtimoiy tarmoqlar misolida ko’rishimiz mumkin

Darhaqiqat, oʻsmirlarda 15–20 yosh oʻzgarish davri boʻladi. Internetdagi behayolikni targʻib qiluvchi saytlar, hamjamiyatlarga aʼzo boʻlib, ularni doimiy koʻrib, kuzatib boruvchi insonlar, xususan yoshlar u yerdagi fotosuratlar, videolavhalarni koʻrish naqadar salbiy oqibatlarga olib kelishini bilmoqlari lozim.


"Ijtimoiy tarmoqlar yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi" Bugungi kunda internetdagi ijtimoiy tarmoqlar ayniqsa yoshlar orasida ommalashib bormoqda. Yurtimizda internetdan foydalnuvchilarning aksariyati "Odnoklassniki.ru", "Feysbuk", "V.kontakte", "Moymir" kabi tarmoqlarda o‘z profillariga ega. Biroq keyingi yillarda mazkur tarmoqlarning yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan jihatlari ham ko‘zga tashlanayotgani ko‘pchilikni tashvishga solmoqda. So‘rovnomani o‘tkazishdan maqsad ham mazkur masala yuzasidan o‘quvchilarimizning fikrlarini o‘rganish edi. Bir hafta davomida 110dan ortiq ishtirokchi "Internetdagi ijtimoiy tarmoqlar yoshlar hayotida qanday o‘rin tutadi?" so‘rovnomasiga o‘z munosabatlarini bildirishdi. Qizig‘i shundaki, o‘quvchilarning 32 foizi ushbu tarmoqlar do‘stlar orttirish, manfaatli tanishuvlar uchun kerak degan fikrni ma’qullagan bo‘lsa, yana shuncha foydalanuvchi tarmoqlarning yoshlar tarbiyasi va odob-axloqiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini tan olgan. Demak, bugun ijtimoiy tarmoqlar qanchalik ommalashmasin, uning salbiy oqibatlarini ko‘ra bilayotganlar safi ham oshib bormoqda. So‘rovnomaning to‘liq natijasi bilan tanishing: Savol: Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar hayotida qanday o‘rin tutadi? 1. Do‘stlar orttirish va manfaatli tanishuvlarga yordam beradi - 32 (26.9%); 2. O‘z fikrini erkin bildirish imkoniyatini beradi - 24 (20.2%); 3. Yoshlar tarbiyasi va odob- axloqiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi - 32 (26.9%); 4.G‘araz niyatli shaxslarning o‘z manfaati yo‘lida foydalanishi uchun bir vosita - 10 (8.4%); 5. Bekorchilikdan boshqa narsa emas - 21 (17.6%). Eslatib o‘tamiz, "Darakchi" gazetasining shu hafta nashrdan chiqadigan 16- sonida jurnalist Gulnoza Alimovaning "Sotsial tarmoqlar virtual narkotikmi yoki ommaviy madaniyatning yangi bosqichi?" deb nomlangan maqolasi chop etiladi. Muallif mazkur maqolada ijtimoiy tarmoqlarning bugungi kunda yoshlar hayotida tutgan o‘rni haqida keng mushohada yuritadi. O‘tkazib yubormang. Ijtimoiy tarmoqlar va jamiyat Изо Hozirgi globallashuv jarayonida va jahonda olamshumul o‘zgarishlar sodir bo‘layotgan bir paytda biz nafaqat aniq bir inson, balki butun jamiyat hayotiga o‘z ta’sirini o‘tkazib kelayotgan axborot texnologiyalarining ajoyib ixtirolaridan biri bo‘lmish sotsial tarmoqlarni chetlab o‘tolmaymiz. Joriy vaqtda sotsial tarmoqlar deyarli butun dunyoni qamrab olgan. Ayniqsa, yosh avlod juda ham sotsial tarmoqlarni yaxshi ko‘radi. Kimga internetda o‘z rasmlarini qo‘yish, olis masofadagi do‘stlar va qarindoshlar bilan gaplashish, o‘yinlar o‘ynash, musiqa tinglash va so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish, statuslarni tinmay o‘zgartirish yoqmaydi deysiz? Agar biz sotsial tarmoqlar soniga va ularning turlariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ularning hammasini yoritishda bu maqola ojizlik qiladi. Keling biz eng mashhur sotsial tarmoqlar va ularga qancha foydalanuvchi a’zo bo‘lganligiga bir nazar tashlaylik: Facebook – 750 million, Twitter – 200 million, Qzone – 480 million,
Download 109 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling