Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti
Hokimiyat turlari va xususiyatlari
Download 71.23 Kb.
|
Doniyorov Temur - siyosiy antropologiya
2. Hokimiyat turlari va xususiyatlari
Siyosiy hokimiyat resurslari subyektning hokimiyat obyektiga ta’sirini ta’minlovchi barcha vositalardir. Ishontirish, rag‘batlantirish, qo‘rqitish — subyekt obyektga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan vositalaridir. Xususan, X.Vamberida shunday гувоҳликни учратамиз: "Улуғ амалдорлар o‘z vazifalarini bajargan paytda, soliqlar yig‘ish vaqtida yumshoq muomala qilishlari shart bo‘lgan. qamchi ishlatish man qilingan. Bu to‘g‘rida Temurning o‘zi aytadi: "Har bir vali o‘zining qamchisi kabi ahamiyatga ega bo‘lmasa, u kishi to‘ralik mansabiga loyiqq emas". Bu yerda gap — avtoritet to‘g‘risida ketyapti. Jamiyat rivojlanishiga qarab hokimiyat qo‘llaydigan asosiy resurslar ham o‘zgarib borgan. Masalan, ibtidoiy jamiyatlarda hokimiyat asosan yetakchi, qabila boshligi avtoritetiga tayangan. Keyinchalik ularning o‘rnini boylik, kuch egallagan, sanoati rivojlangan mamlakatlarda hokimiyat tayanuvchi asosiy resurs — tashkilot, ya’ni byurokratiya, partiyalar, - xarakatlar bo‘lib qoldi. Zamonaviy jamiyatlarning eng asosiy resurslari — bilim, axborot, deb ta’kidlanyapti. Utilitar resurslar — bu, kishilarning kundalik ehtiyojlari va talablarini qondirish bilan bormoq bo‘lgan moddiy va boshqa ijtimoiy vositalardir. Bu vositalardan kishilarni rag‘batlantirish uchun ham, jazolash uchunyaham foydalaniladi. Majburlovchi resurslar — bu ma’muriy jazolash bilan bog‘liq bo‘lgan vositalardir. Bu vositalardan odatda utilitar resurslar ish bermay qolgan paytda foydalaniladi. Bunga iqtisodiy sanksiyalardan hayikmaydigan ish tashlovchilarni sud orqali ta’qib etishni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Me’yoriy resurslarga-insonning ichki dunyosi, qadriyatlar va xulq — atvoriga ta’sir ko‘rsatuvchi vositalar kiradi. Ular bo‘ysunuvchilarga rahbar va ijro etuvchilar manfaatlarining umumiyligini tushuntirishga, hokimiyat subyekti xarakatlarining ma’qullanishini, uning talablari qabul qilinishini ta’minlashga qaratilgan. Ilmiy adabiyotlarda hokimiyatning resurslarini inson va jamiyat faoliyatining muhim sohalari — siyosiy- huquqiy, iqtisodiy, sotsial, madaniy — axborot, kuch ishlatuvchi sohalarga biioan turkumlashtirish ham keng tarqalgandir. Siyosiy — huquqiy resurslar — bu ijtimoiy tartibni, xavfsizlikni, barqarorlikni, fuqarolarning tinchligi- osoyishtaligini, jamiyatning yaxlitligi va bir butunligini ta’minlovchi vositalardir. Bu vositalarga dasturiy hujjatlar, Konstitutsiya, qonunlar va ularni ishlab chiqish, irodasini ya amalga ya oshiruvchi vosita sifatida foydalanilganda hokimiyatning resursi bo‘lib yuzaga chiqadi. Umuman, inson nafaqat hokimiyatning resursi, balki uning yasubyekti va obyektidir. Hokimiyatning turlari Politologiya va sotsiologiyaga oid adabiyotlarda hokimiyat turlarini Aniqlashning xilma — xil usullari uchraydi. Ulardan eng asosiysi quyidagilar: Mavjudlik sohasiga ko‘ra quyidagi hokimiyat turlari ajratiladi: iqtisodiy, axborot, ijtimoiy, siyosiy, xarbiy, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyatlari. Keyingi uch hokimiyat turli davlatga tegishli. Hozirgi dunyoda respublika boshqaruvi amal qilayotgan jamiyatlarning deyarli barchasida davlat hokimiyati qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyatlariga bo‘lingan. O‘z vaqtida Arastu hokimiyatning uch turi mavjudligini aytib o‘tgan. Ammo cheksiz hokimiyatni nazorat qilish va bo‘lish mexanizmi sifatida bu g‘oya ilk bor Jon Lokk (1632 — 1704) tomonidan 1688 yil ingliz "Shonli inqilobi" davrida monarx hokimiyatini parlament ya foydasiga cheklash masalasini hal qilish jarayonida mukammal ishlab chiqildi. Lokk xalq suvereniteti asosidagi konstitutsion hukumat amal qilishini, qonunlar parlament tomonidan ya ishlab chiqilib, hukumat ularni ijro etishi lozimligini talab etgan. Ammo hokimiyatlar bo‘linishi g‘oyasining muallifi, deb Sharl Lui Monteskye (1659 — 1753) e’tirof etiladi. Uya-yagona davlat hokimiyatini uch teng vakolatli va mustaqil qismga: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga ajratishni taklif etdi. Hokimiyatlarning hech biri cheksiz bo‘lishi yoki boshqalardan ustun bo‘lishi mumkin emas. Sud hokimiyati parlament va hukumatning konstitutsiya va qonunlarga amal қилишини кафолатлаши керак бўлган. Bu tamoyil qqhuquqIy tarzda ilk bor AqSH Konstitutsiyasida 1778 yilda bayon etildi. Unda Monteskye nazariyasi tutib turish va bosim mexanizmlari bilan to‘ldirilgan. Hokimiyatlar bo‘linishi tamoyilining amal qilishi, shuningdek, ommaviy axborot vositalarining hokimiyat faoliyatini tahlil va tanqid qilish erkinligini, hamda kuchli, qonun asosida faoliyat ko‘rsatuvchi muxolifotni nazarda tutadi. Turli mamlakatlarda hokimiyatlar bo‘linishi tamoyilining mazmuni va amalga oshirilishi turlichadir. Ammo ularning o‘zaro hamkorligi va nazorati mexanizmi hokimiyat faoliyati samaradorligini ta’minlaydi, qonun ustivor, huquqiy — konstitutsion davlat shakllanishiga xizmat qiladi. Iqtisodiy hokimnyat — iqtisodiy imkoniyatlar, moddiy boyliklar ustidan nazoratdir. Iqtisodiy hokimiyatga quyidagi tarkibiy qismlarni birlashtirish orqali erishiladi: 1) moliyavny qudrat. Moliyaviy imkoniyatlar faqat iqtisod uchun emas, balki turli imtiyozlar, bosim o‘tkazish va o‘ziga ma’qul siyosiy qarorlarni qabul qilinishiga erishish (lobbizm), foydali munosabatlar o‘rnatish v.x. vositasi sifatida iqtisodiy omillarni boshqalariga konvertatsiya qilishning ajoyib qurolidir. 2) axborot ta’siri. Tezkorlik bilan undirilgan axborot pulga oson almashinadi. Aytishlaricha, biron Rotshild bu imkoniyatni muvaffaqiyatli qo‘llagan ekan: Vaterlo jangida Napoleon mAg‘lubiyati haqidagi xabarni kaptarlar vositasida birinchi bo‘lib olganidan so‘ng u bu xabarni bir necha soat ichida birjadagi spekulyatsiya vositasida millionlarga aylantirib oldi. Hozirgi vaqtda kapitali boshqarish — banklar, moliya tuzilmalari, korporatsiyalarni birlashtiruvchi keng tarmoqli axborot tizimlaridan iborat. 3) moliyaviy ittifoq tarkibida o‘z o‘rnini to‘g‘ri Aniqlash. Bu o‘rin nafaqat subyektning iqtisodiy qudrati, balki u egalik qilayotgan va shu ittifoq uchun zarur hokimiyat elementlari bilan ham belgilanadi. 4) davlat bilan aloqalarning (korrupsiya emas) mavjudligi. 5) kuch bosimi mavjudligi.ya F.Xayyek bir o‘rinda "iqtisodiyqnazorat — inson hayotining" sohalaridan biri ustidan «oddiy» nazoratyaemas: bu — barcha mAqsadlarimizga erishish vositalari ustidan nazoratdir," — deb ta’kidlagan edi. Iqtisodiy hokimiyat siyosatga kuchli ta’sir o‘tkazadi. Negaki odamlarning asosiy hayotiy ehtiyojlari iqtisod sohasida yotdi. Bu yerda esa pul, boylik, manfaat-singari omillar universal, doimiy, sezilmas vosita sifatida saylov saylovchilar, siyosatchilar, deputatlar chunki, faoliyatiga ta’sir ko‘rsatib keladi. Ijtimoiy hokimiyat jamiyatdagi mavqe, maqom, imtyozlarni taqsimlaydi. Ma’naviy-axborot hokimiyati — bilim va axborot ustidan nazoratdir. Keyingi vaqtda OAV, universitet va maktablar hokimiyatning muhim omiliga aylanmoqda: muloqotning an’anaviy shakllari (oila, qo‘shnichilik, qarindoshchilik, hamkasabalik)dan inson juda kam foydalani6, axborotni asosan televideniye, radio, matbuotdan olishi; ta’siriniyg sezilmasligi, glaballigi, tezligi va manipulyatsiya imkoniyatlari cheksizligi— buning asosiy sababidir. Demokratik jamiyatda axborot institutlari odamlarning bilimini chuqurlashtirish, Duneqarashini kengaytirish vazifasini bajaradi. Yuqoridagi barcha shakllar ichida siyosiy hokimiyat eng asosiysi bo‘lib xizmat qiladi. Bu — uning ko‘plab manfaatlarni muvofiqlashtirish vositasi ekanligi, kuchga legitim tarzda tayanishi, qarorlarining boshqa qhokimiyat turlari uchun majburiyligi, suverenligi, imkoniyatlarining xilma—xilligi, qarorlar qabul qilinishi bir markazliligi bilan bog‘liq. Ijtimoiy munosabatlarning tabiati (formatsion turi) ga ko‘ra: quldorlik, feodal, kapitalistik hokimiyat ajratiladi; Xokimiyat subyekti va obyekta xususiyatlariga ko‘ra individual va kollektiv hokimiyat, davlat va nodavlat hokimiyati singari turlari ajratiladi; Jamiyatda amal qilish usuliga ko‘ra hokimiyat demokratik, avtoritar va totalitar shakllarga ega; Obektniig subektga itoati manbalari va sabablariga ko‘ra hokimiyatning quyidagi shakllari mavjud: kuch, majburlash, rag‘batlantirish, ishontirish, manipulyatsiya va avtoritet. Kuch shaklidagi hokimiyat subektning ko‘zlagan maqsadiga obektga jismoniy yoki ruhiy ta’sir o‘tkazish, yoinki uning harakatlarini cheklash orqali erishish qobiliyatni bildiradi; majburlashda obyekt subyekta itoat etmagan holda unga nisbatan kuch ishlatish tahdidi mavjud; rag‘batlantirish asosida hokimiyat subyekta obyekt manfaatdor bo‘lgan imtiyoz va xizmatlarni unga taqdim eta olish qobiliyati yotadi; ishontirish manbai bo‘lib hokimiyat subyekta obyektni itoat ettirish uchun qo‘llashi mumkin bo‘lgan dalillarga egalik xizmat qiladi; manipulyatsiya subyektning obyektga yashirin ta’sir o‘tkaza olish qobiliyati; avtoritet shaklidagi hokimiyatda subyektga xos muayyan xususiyatlar birligi obyektni uning buyrug‘ini qabul qilishga undaydi. Itoat manbaiga ko‘ra avtoritet shaxsiy, an’anaviy yoki letal bo‘lishi mumkin. Download 71.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling