Xalqaro nordik universiteti 1-mmt-22 guruh talabasi
Download 18.96 Kb.
|
1 2
Bog'liqXALQARO NORDIK UNIVERSITETI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dekorativ rasm chizish
- Foydalanilgan adabiyotlar: Hasanbayeva O. U. va boshqalar. Maktabgacha talim pedagogikasi T.: ”ilim ziyo” 2006
Mazmunli rasm chizish.
Mazmunli rasn chizishning asosiy maqsadi bolaning atrof-muhitdan olgan Taassurotlarini ifodalashga o'rgatishdir. Mazmunli rasm bu bir necha mazmunning ma`lum rangda tasvirlanishi. Bolalar qaysi mazmun bo'yicha rasm chizadilar? Bolalar kichik hikoya, ertak asosida va bolalarni o'rab turgan tevarak- atrofni, tabiatni chizishga harakat qiladilar. Masalan, «Biz shanbalikda» va «Kech kuz» rasmlari bunga misol bo'la oladi. Bolalar bilan olib boriladigan bunday mashg'ulotlar ularning har tomonlama kamol topishiga yordam beradi. Bunda bolalarning aqliy qobiliyati rivojlanadi. Bu jarayon asta-sekinlik bilan ro'y beradi, shuning uchun mazmunli rasm chizish o'rta guruhdan boshlab kiritilgan. Bunda ham yonma-yon turgan 2-3 ta predmetning tasviri o'rgatiladi. Mazmunli tasvirda predmetlarming bir-biridan ajratish uchun uning o'lchamini, fazodagi o'rinlariga qarab, predmetlaning katta yoki kichikligini orgatish kerak. Maktabgacha yoshdagi bola uchun predmetlar orasidagt fazoviy munosabatlarni farqlay olish juda qiyin. Mazmunli rasm chizishni, bog'chada o'rgatishning umumiy vazifalari quyidaglar: Mavzuning mazmunini ifodalashga uning asosini ajratishga o'rgatish. Obyektlar orasidagi o'zaro aloqani tasvirlashga o`rgatish. Obyektlar orasidagi proportsional joylashuvni tasvirlashga va ularning fazodagi ơrinlarini ko`rsatishga o'rgatish. Badiiy voqiylik bilan chizilgan syujetli rasm Dekorativ rasm chizish Dekorativ rasm chizish tasviriy faoliyat ing boshqa turlari kabi bolada estetik tuyg'uni rivojlantiradi. Bolalarni xalq amaliy san'ati namunalari bilan tanishti ishda tarbiyachi ularda vatanparvarlik ruhini shu san'at asarlarini yaratayotgan odamlarning mehnatiga hurmat kabi tuyg'ularni tarbiyalash kerak. Dekorativ rásm chizish quyidagi umumiy vazifalani o'z ichiga oladi. Bolalarda naqshning turlicha shakllari bilan bogliq holda kompozitsion hisni shakillantirish Rang qobiliyatlarini rivojlantirish. Xalq amaliy san'atining turlarini, usullarini farqlashga va ulaming alohida elementlaridan bolalarning o'z ijodida foydalanishga o'rgatish. Qalam va mo`yqalam bilan chizishning texnik ko'nikmalarini mustahkamlash Bolalarni dekorativ rasm chizishga o'rgatishda tarbiyachi ularda naqsh komponentlarining o'zaro bogliqligini, rangini, kompozitsiyasini shakl elementini ko'rishga o'rgatadi. Dekorativ asm chizishda rang qobiliyatining rivojlantirsh asosiy masala bo'lib hisoblanadi. Bir yoshdan uch yoshgacha bo`lgan bolalar guruhida rasm chizish malakasining hosil bo`lishi va rivojlanishi. Maktabgacha tarbiya muassasalarida rasm chizishga o`rgatish 2 yoshdan boshlanadi. Bu davr bolalarni tasviriy faoliyatga tayyorlash davri hisoblan adi. Bu davrda bolalar qalamni ushlash va qog'oz ustida yuritishga o'rganadi., Lekin bu jarayonda rivojlanmaydi, bola qalamni to'gri ushlashni bilmaydi, tarbiyachí asta-sekin uni qalamni to'gri ushlashga odatlantiradi, bunda bolani bajarayotganligi emas, balki qalamning harakati, uning uchi bilan qog'oz betiga taqillatishi qiziqtiradi. Qalam bilan to'g'ri turli xil shtrixlar, nuqtalar chizadi, qog`oz betida turli harakatlar qiladi, keyin sodda chziqlar asta-sekin murakkablash adi. Bu vaqtda bola qogoz ustiga tushirilgan turli xil izlarni ko`rib, xursand bo'ladi. Shuning uchun bu davr «Alabuj» davr deyiladı. Bu davr bolada taşviriy faollyatini vujudga keltirishga ta'sir ko'rsatadí. Bu guruhda maktabgacha talim-tabiya dasturi guruhli mashg'ulotlarni talab qilmasa-da, agar bolalar xohlashsa, ularni stol atrofiga o'tirgizib, rasm chizdirishga imkon yaratish mumkin. Naqsh bilan ishlangan dekarativ rasm Xulosa: men maktabgacha talim muassasaisda predmentli rasm mazmunli rasm dekarativ rasm chizish deganda shunday xulosaga keldimki bolajonlarimiz uchun rasm chizishning 3 ta turini qo`llashimiz mumkin. Alohida bitta olmani chizsa bu predmentli rasm bo`ladi. Agar sujetli yani tevarak atrof biror ertak qahramonlarini chizilsa mazmunli rasm bo`ladi. Dekarativ rasm chizish bilan bolalarning estetik tuyg`ulari naqsh bila ishlash qobilyati rivojlana boshlaydi. Foydalanilgan adabiyotlar: Hasanbayeva O. U. va boshqalar. Maktabgacha talim pedagogikasi T.: ”ilim ziyo” 2006 Download 18.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling