Xalqaro nordik universiteti


Dasturiy ta’minot turlari


Download 41.25 Kb.
bet3/5
Sana08.02.2023
Hajmi41.25 Kb.
#1168757
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
Referat

Dasturiy ta’minot turlari

Barcha dasturiy ta'minotlarni uchta kategoriya buyicha tasniflash mumkin:
— sistemaviy dasturiy ta'minot;
— amaliy dasturiy ta'minot;
— dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari.
Sistemaviy dasturiy ta'minot (Sistem software) — kompyuterning va kompyuter tarmoklarining ishini ta'minlovchi dasturlar majmuasidir. Amaliy dasturiy ta'minot (Aplication program paskage) — bu anik bir predmet soxasi buyicha ma'lum bir masalalar sinfini echishga muljallangan dasturlar majmuasidir.
Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari — yangi dasturlarni ishlab chikish jarayonida kullaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bulib xizmat kiladi, ya'ni ular dasturlarni ishlab chikish(shu jumladan, avtomatik ravishda xam), saklash va joriy etishga muljallangan.
Sistemaviy dasturiy ta'minot (SDT) kuyidagilarni bajarishga karatilgan:
— kompyuterning va kompyuterlar tarmoqining ishonchli va samarali
ishlashini ta'minlash;
— kompyuter va kompyuterlar tarmog’i apparat kismining ishini tashkil kilish
va profilaktika ishlarini bajarish.
Sistemaviy dasturiy ta'minot ikkita tarkibiy kismdan — asosiy (bazaviy) dasturiy ta'minot va yordamchi (xizmat kursatuvchi) dasturiy ta'minotdan iborat. Asosiy dasturiy ta'minot kompyuter bilan birgalikda etkazib berilsa, xizmat kursatuvchi dasturiy ta'minot aloxida, kushimcha tarzda olinishi mumkin.
Asosiy dasturiy ta'minot (baze software) — bu, kompyuter ishini ta'minlovchi dasturlarining minimal tuplamidan iborat.
Ularga kuyidagilar kiradi:
— operatsion tizim (OT);
— tarmok operatsion tizimi.
Yordamchi (xizmat kursatuvchi) dasturiy ta'minotga asosiy dasturiy ta'minot imkoniyatlarini kengaytiruvchi va foydalanuvchining ish muxitini (interfeysni) kulayrok tashkil etuvchi dasturlar kiradi. Bular tashxis kiluvchi, kompyuterning ishchanligini oshiruvchi, antivirus, tarmok ishini ta'minlovchi va boshka dasturlardir.
Birinchi shaxsiy kompyuterlar OT ga ega emas edilar. Kompyuter tarmokka ulanishi bilan protsessor doimiy xotiraga murojaat etar edi. Ularda murakkab bulmagan dasturlash tili, masalan, Beysik yoki shunga uxshash tilni kullovchi, ya'ni uni tushunib, unda yozilgan dastur bilan ishlay oluvchi maxsus dastur yozilgan bular edi. Ushbu til buyruklarini urganish uchun bir necha soat kifoya kilar, sungra kompyuterga uncha murakkab bulmagan dasturlarni kiritish va ular bilan ishlash mumkin bular edi. Kompyuterga magnitofon ulangach, chet dasturni xam yuklash imkoniyati yaratildi.
Buning uchun bitta, LOAD buyrug’i kifoya edi, xolos. Kompyuterga disk yurituvchilar ulanishi bilan OTga bulgan zaruriyat paydo buldi. Disk yurituvchi magnitofondan shunisi bilan fark kiladiki, bu kurilmaga erkin
murojaat etish mumkin. Diskdagi dasturlarni fakat nomi orkali yuklash imkonini beruvchi operatsion tizim ishlab chikildi va u disk operatsion tizimi (DOT) deb nom oldi. DOT nafakat diskdagi fayllarni yuklash, balki xotiradagi fayllarni diskka yozish, ikkita faylni bitta sektorga tushishining oldini olish, kerak bulgan paytda fayllarni uchirib tashlash, fayllarni bir diskdan ikkinchisiga kuchirish (nusxa olish) kabi ishlarni xam bajara oladi. Umuman olganda, DOT foydalanuvchini aloxida koKozlarda kuplab yozuvlarni saklashdan xalos etdi, disk yurituvchilar bilan ishlashni soddalashtirdi va xatolar sonini sezilarli darajada kamaytirdi. OTlarning keyingi rivojlanishi apparat ta'minotining rivojlanishi bilan parallel bordi. Egiluvchan disklar uchun yangi disk yurituvchilar paydo bulishi bilan OTlar xam uzgardi. Kattik disklarning yaratilishi bilan, ularda unlab emas, balki yuzlab, xatto minglab fayllarni saklash imkoniyati yaratildi. Shu sababli fayllar nomida xam anglashilmovchiliklar paydo bula boshladi. Ana shunda DOTlar xam ancha murakkablashdi. Ularga disklarni kataloglarga buluvchi va ushbu kataloglarga xizmat kursatuvchi vositalar (kataloglar orasida fayllarni kuchirish va nusxa olish, fayllarni saralash va boshkalar) kiritildi. Shunday kilib, disklarda faylli struktura paydo buldi. Uni tashkil etish va unga xizmat kursatish vazifasi esa OTga yuklanadi. Kattik disklar yanada katta ulchamlarga ega bulishi bilan OT ularni bir nechta mantikiy disklarga bulishni xam «urganib» oldi. Ular bir yangi paydo bulayotgan OT kompyuterning tezkor xotirasidan yanada yaxshi, unumlirok foydalana oladi va yanada kuvvatli protsessorlar bilan ishlay oladi.
1981 yildan 1995 yilgacha IBM PC kompyuterlarni asosiy operatsion tizimi MS DOS edi. Shu yillar ichida u MS DOS 22 versiyasigacha bulgan rivojlanish boskichlarini bosib utdi. MS DOS foydalanuvchi bilan kompyuterning apparat ta'minoti urtasidagi «vositachi» bulib xizmat kildi. Shuning bilan birga u insonga qaraganda kompyuterga yakinrokdir. Kompyuterni ta'mirlash va unga xizmat kursatish buyicha kupgina ishlar xam MS DOSda bajarilar edi. WINDOWS 95, WINDOWS NT, WINDOWS 98lar grafik interfeysli OTlar xisoblanadi, chunki ular foydalanuvchi bilan grafik tasvirlar (yorliklar, belgilar) yordamida mulokot kilish imkonini beradilar. Tarmoq OT. Tarmokka ulangan kompyuterlarni yakkaxol va birgalikda ishlashini ta'minlovchi maxsus dasturlar majmuasidan iborat OT— tarmok operatsion tizimi deb ataladi. Ushbu OT, jumladan, tarmok ichra ma'lumotlarni ayirboshlash, saklash, kayta ishlash, uzatish kabi xizmatlarni kursatadi. Asosiy dasturiy ta'minotni kushimcha ravishda urnatiladigan xizmat kursatuvchi dasturlar tuplami tuldirib turadi. Bunday dasturlarni kupincha utilitlar deb atashadi.
Utilitlar — bu, ma'lumotlarni qayta ishlashda kushimcha operatsiyalarni bajarishga yoki kompyuterga xizmat kursatishga (tashxis, apparat va dasturiy vositalarni testlash, diskdan foydalanishni optimallashtirish va boshkalar) muljallangan dasturlardir.
Amaliy dasturiy ta’minot.
Matn muharrirlari. Bu sinfga mansub bo’lgan amaliy dasturlarning asosiy
vazifalari matn ma’lumotlarini kiritish va muharrirlik qilish hamda qo’shimcha
vazifalar kiritish va tahrir jarayonlarini avtomatlashtirishdan iboratdir. Ma’lumotlarnikiritish, chiqarish va ularni saqlash amallari uchun matn muharrirlari tizimli dasturiy ta’minotni chaqiradi va undan foydalanadi. Ammo bu amaliy dasturlarning boshqa hamma turlari uchun ham xos bo’lib va bundan keyin bu dalilni maxsus ravishda ko’rsatib o’tirmaymiz.
Dasturiy ta’minot bilan tanishish, odatda, amaliy dasturlarning ushbu sinfidan boshlanadi va kompyuter tizimi bilan o’zaro aloqa hamkorlikning dastlabki ko’nikmalarini u bilan ishlashda hosil qilinadi.
Matn protsessorlari. Matn protsessorlarining matn muharrirlaridan asosiy farqi shundaki, ular faqatgina matn kiritish va uni tahrir qilishgagina emas, balki uni tuzishga, ya’ni shakllantirishga ham imkon beradi. Shunga mos ravishda matn protsessorlarining asosiy vositalariga yakuniy hujjatni tashkil etuvchi matn, grafiklar, jadvallar va boshqa ob’ektlarning o’zaro aloqasi ta’sirini ta’minlovchi vositalar, qo’shimchalariga esa - formatlashtirish jarayonini avtomatlashtiruvchi vositalarkiritiladi. Hujjatlar bilan ishlashning zamonaviy uslubi ikkita muqobil yondashuvni -qog’oz hujjatlar bilan ishlashni va elektron hujjatlar (qog’ossiz texnologiyalar bo’yicha) bilan ishlashni ko’zda tutadi. Shuning uchun hujjatlarni matn protsessorlari yordamida shakllantirish haqida gapirganda bir-biridan tamoyil jihatdan farq qiluvchi ikkita yo’nalish - chop etish uchun mo’ljallangan hujjatlarni formatlashtirish va ekranda aks ettirish uchun mo’ljallangan elektron hujjatlarni formatlashtirishni nazarda tutish kerak. Bunday hollarda uslublar bir-biridan jiddiy farqlanadi. Matn protsessorlari ham o’z navbatida farqlanadi, lekin ko’p hollarda va yo’nalishni o’zida mujassamlashgan hollarni ham k’orish mumkin.
Grafikli muharrirlar. Bu grafik tasavvurlarni yaratish va (yoki) ularga ishlov berish uchun mo’ljallangan keng dasturdir. Bunday sinfda quyidagi kategoriyalar farqlanadi: rastr muharrirlari, vektor muharrirlari, uch o’lchamli
grafiklar(3Dmuharrirlari) va ishlov berish uchun dasturiy vositalar.
Rastr muharrirlarini grafik ob’ekti rastrni tashkil qiluvchi hamda nur va rang
xususiyatlariga ega bo’lgan nuqtalarning kombinatsiyasi shaklida taqdim qilingan hollarda qo’llaydilar. Bunday yondashuv grafik tasvir ko’plab yarim tonlarga ega bo’lsa (tasvir uncha aniq bo’lmasa) va ob’ektni tashkil qiluvchi elementlarning nuri haqidagi axborot uning shakli haqidagi axborotdan muhimroq bo’lgan hollarda samarali bo’ladi. Bu fotografiya va matbaa tasvirlari, ularning retushi, fotoeffektlar va badiiy kompozitsiya (kollej)lar tuzish uchun xosdir.
Yangi tasvirlarni rastr muharrirlari vositalari bilan yaratish imkoniyatlari
chegaralangan va har doim ham ulardan foydalanish qulay bo’lavermaydi. Ko’pchilik holatlarda rassomlar an’anaviy asboblardan foydalanib, so’ngra rasmni maxsus apparat vositalari (skanerlar) yordamida kompyuterga kiritish va ishni rastr muharrirlar yordamida maxsus effektlar qo’llash yo’li bilan tugatishni afzal ko’radilar.
Vektor muharrirlari. Rastr muharrirlaridan tasvir haqidagi ma’lumotlarni
taqdim etish usuli bilan farq qiladilar. Vektor tasvirining elementar ob’ekti nuqta emas, balki chiziqdir. Bunday yondashuv chiziqlarning shakli uni tashkil qiluvchi alohida nuqtalarning rangi to’g’risidagi axborotdan ko’ra, kattaroq ahamiyatga ega bo’lgan chizmagrafik ishlar uchun xosdir. Vektor muharrirlarida har bir chiziq uchinchi tartibdagi matematik qiyshiq chiziq sifatida ko’rib chiqiladi va shunga muvofiq ravishda nuqtalarning kombinatsiyasi sifatida emas, balki matematik formula tarzida (kompyuterda bu formulaning raqamli koeffitsientlari saqlanadi) taqdim etiladi. Bunday taqdim qilish
rastr muharriri taqdimiga qaraganda ancha ixcham va shunga muvofiq ravishda
ma’lumotlar ancha kam joyni band etadilar, biroq har qanday ob’ektni yaratish ekranda nuqtalarni oddiygina aks ettirish bilan amalga oshirilmaydi, balki qiyshiq chiziqning parametrlarini ekran yoki matbaa tasvirining koordinatlariga muttasil ravishda qayta hisoblash bilan davom etadi. Shunga muvofiq, vektor grafikasi bilan ishlash unumdorligi yuqoriroq bo’lgan hisoblash tizimini ishlatishni talab qiladi.
Elementar ob’ektlar (chiziqlar)dan eng oddiy geometrik ob’ektlar (primitivlar) yaratiladi. Vektor grafikasi vositalari bilan yaratilgan badiiy illyustratsiya bir-birlari bilan o’zaro aloqada bo’lgan, bir-birlariga o’zaro ta’sir qiluvchi o’n minglab sodda ob’ektlarni o’z ichiga olishi, ulardan iborat bo’lishi mumkin. Vektor muharrirlari tasvirlarni yaratish uchun qulay, ammo ular tayyor rasmlarga ishlov berishda qo’llanilmaydi. Ular reklama tadbirkorligida keng qo’llaniladi, ularni matbaa nashrlarining muqovalarini bezatishda va badiiy ish usuli chizma usuliga yaqinroq bo’lgan hamma holatlarda ishlatiladi.
Uch o’lchovli grafika muharrirlari uch o’lchovli kompozitsiyalarni yaratishda
ishlatadilar. Ular ikkita o’ziga xos xususiyatga ega. Birinchidan, ular tasvir
qilinayotgan ob’ektlar yuzasini yoritish manba xususiyatlari bilan o’zaro ta’siri va aloqa shakllari sharoitlardan kelib chiqqan holda boshqarish imkoni berilsa,
ikkinchidan esa ular uch o’lchovli animatsiya yaratishga imkon beradilar. Shuning uchun uch o’lchovli grafika muharrirlarini ko’pincha 3D-animatorlar deb ham ataydilar.


  1. Download 41.25 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling