Xalqaro Olimpiya Akademiyaso va uning faoliyati


Olimpiya klublari. Olimpiya akademiyasi


Download 25.96 Kb.
bet3/3
Sana28.12.2022
Hajmi25.96 Kb.
#1014940
1   2   3
Bog'liq
olimpiya

2.Olimpiya klublari. Olimpiya akademiyasi, ularning vazifalari
Xalqaro Olimpiya qo’mitasi Xartiyasi va O’zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo’mitasining Nizomida qayd etilishicha, ilgor tajribaga va shart-sharoitlarga ega bo’lgan oliy o’quv yurtlari, viloyat markazlari hamda yi-rik sanoat shaharlarida Olimpiya klublari tashkil etili-shi mumkin. Bu tashabbus 1985-1987 yillarda S. Ayniy no-midagi Samarqand davlat pedagogika instituti (hozirgi SamDU) jismoniy tarbiya fakulьteti jamoasi tomoni-dan amalga oshirildi va keyinchalik shu asosda Olimpiya Akademiyasi tashkil etish haqidagi g’oya paydo bo’ldi.
O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi ta’sis etil-gach /1992/, barcha viloyatlarning sport qo’mitalari qoshi-da Olimpiya klublarini tashkil etish an’anaga aylandi. Ularning boshqaruv faoliyati klub raisi /prezident/ hay’-at a’zolari va kengash tomonidan olib boriladi.
Olimpiya klublarining asosiy vazifasiga quyidagilar kiradi:

  • O’z hududlarida jismoniy tarbiya va sportni keng

  • targ’ib qilish;

  • sport turlarini rivojlantirishga hissa qo’shish;

  • o’quvchi-yoshlar va aholi o’rtasida Olimpiya g’oyalarini targ’ib qilish;

  • sport musobaqalarini o’tkazishda ko’maklashish;

  • ilg’or tajribalarni ommalashtirish;

  • mutaxassis xodimlar bilan hamkorlik qilish;

  • respublika sport taraqkiyoti va sportchilariiig erishgan g’alabalarini matbuot va uslubiy qo’llanmalarda keng yoritish;

  • Xalqaro Olimpiya qo’mitasi va O’zbekiston Respub-likasi Milliy Olimpiya qo’mitasining amaliy faoliyat-larini chuqur o’rganish, qo’yilgan vazifalarni amalga oshi-rishda ko’maklashish va hokazo.



Olimpiya akademiyasi va uning vazifalari
O’zbekiston Olimpiya akademiyasi O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasiga bevosita yordam beruvchi va olimpiya g’oyalarini targ’ib qiluvchi jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi tashkilotdir.
Ta’kidlash lozimki, Xalqaro Olimpiya akademiyasi /XOA/ 1961 yilda tuzilgan. U Gretsiyaning Olimp shahri-da joylashgan va 170 dan ortiq mamlakatlarda uning tar-moqlari, ya’ni milliy Olimpiya akademiyalari /MOA/ tashkil etilgan. Xalqaro Olimpiya akademiyasining aso-siy vazifasi Olimpiya harakati, jismoniy tarbiya va sport nazariyasini o’rganish hamda targ’ib qilishdan ibo-rat. Uning faoliyati Xalqaro Olimpiya qo’mitasi tomoni-dan boshqarilib, moliyaviy ta’minoti esa Gretsiya Mil-liy Olimpiya qo’mitasi zimmasidadir.
Xalqaro Olimpiya akademiyasi har yili bir haftalik sessiya tashkil etadi va unda falsafiy-g’oyaviy muammo-larga bag’ishlangan ma’ruzalar eshitilib, seminarlar o’tkazadi. Ularning asosiy mohiyati Olimpiya harakati ta-rixi, sport mashg’ulotlari hamda jismonii tarbiya va sport-ning uslubiy masalalari bayonidan iborat bo’ladi. Bu anju-manlarga Milliy Olimpiya qo’mitalari, taniqli olimlar, murabbiylar, soha vakillari, xatto talabalar, aspirant-lar va sportchilarni safarbar etish mumkin.
1987 yil 18 fevralda Davlat sport qo’mitasi va O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutining tashabbusi bilan O’zbekiston Respublikasi Olimpiya akademiyasi gashkil qilindi. 1993 yil 18 aprelda O’zbekiston Respublikasi Olimpiya akademiyasi /O’zROA/ rasmiy ravishda ta’sis etiddi.
O’zbekiston Respublikasi Olimpiya akademiyasi fao-liyati uning saylangan prezidenti, ijroqo’m direktori tomonidan boshqariladi. 1994 yilda Olimp shahrida o’tka-zilgan Xalqaro Olimpiya akademiyasi sessiyasida O’zbekis-ton Olimpiya akademiyasi vakillari ilk bor ishtirok etishdi va keyingi yillarda ham faol qatnashib kelmoq-dalar.
Uzbekiston Respublikasi Olimpiya akademiyasi ijro-qo’mida /Nizomga muvofiq/ 12 kishi, ya’ni yetuk olimlar, o’qituvchilar, murabbiylar, Olimpiya harakatining namo-yandalari jamoatchilik asosida faoliyat ko’rsatadilar.
O’zbekiston Respublikasi Olimpiya akademiyasi o’z fa-oliyatini, asosan, Olimpiya g’oyalari, Olimpiya harakati, Olimpiya o’yinlarini ommalashtirishga qaratgan. SHu o’rin-da muhim faoliyatlarning natijalarini misol tariqa-sida keltirish maqsadga muvofiqdir.
1996 yil Olimpiya ta’limi tizimining tashkiliy va ilmiy-uslubiy asoslarini yaratishning hal qiluvchi ja-rayoni amalga oshirildi. Ya’ni turli hududlarda Xalqaro Olimpiya akademiyasi bilan o’zaro aloqalar ta’minlandi. Ayniqsa, Xalqaro Olimpiya qo’mitasining tashkil topi-shiga /1894/ va zamonaviy Olimpiya o’yinlarining /1896/ 100 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan Respub-lika ilmiy-nazariy anjumanlari /1994, 1996/ muhim ahamiyatga ega bo’ldi. 1997-2000 yillarda Olimpiya haraka-ti va o’yinlari bilan bog’liq ilmiy-amaliy anjumanlar o’tkazildi. Ma’ruzalar, amaliy takliflar, ilmiy-naza-riy tahlillar anjumanlarning ilmiy to’plamlarida o’z ifodasini topdi.
O’zbekistonda Olimpiya harakati bilan bog’liq barcha muammolar va masalalarni hal etishda O’zbekiston Pre-zidenti va hukumatining bevosita yordami e’tiborga lo-yiqdir. Ayniqsa, O’zbekiston Prezidentining 2000 yil 7 iyundagi «O’zbekistonda Ol'impiya harakatini yanada ri-vojlantirish va mamlakat sportchilarini Sidney shah-ridagi /Avstraliya/ XXVII Olimpiya o’yinlariga tayyorlash to’g’risida»gi Farmoni muhim ahamiyat kasb etdi. Farmon-da bayon etilishicha: «Mamlakatda Olimpiya harakatini yanada rivojlantirish va O’zbekiston sportchilarining Sidney shahridagi /Avstraliya/ XXVII Olimpiya o’yinla-rida muvaffaqiyatli ishtirok etishlarini rag’batlanti-rish maqsadida, shuningdek, O’zbekistonning xalqaro obro’sini mustaxkamlashda, yosh avlodni milliy g’urur va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda o’zbek sportchilari erishgan yutuqlarning g’oyat katta ahamiyatini e’tiborgaolib:
XXVII Olimpiya o’yinlarida sovrindor bo’lgan O’zbe-kiston sportchilarini rag’batlantirish, Vatanimizning sportdagi shon-shuhratini oshirishga qo’shgan munosib hissasini e’tirof etish maqsadida quyidagi miqdorda bir yo’la beriladigan mukofotlar belgilandi:

  • Oltin medal uchun - 100000 AQSH dollari;

  • Kumush medal uchun - 50000 AQSH dollari;

  • Bronza medali uchun - 25000 AQSH dollari /"Sport" gazetasi, 2000 yil, 9 iyun/.

Ushbu farmon murabbiylar va Olimpiya o’yinlarida qatnashadigan sportchilarga katta kuch va ruhiy ozuqa baxsh etdi. Natijada Sidney shahrida o’tkazilgan XXVII Olim-piya o’yinlarida /2000 yil 15 sentyabr - 1 oktyabr/ qat-nashgan 77 nafar sportchilar orasida 4 kishi Olimpiya o’yinlari medallari va O’zbekiston Prezidenti mukofo-tiga sazovor bo’ldilar. Ular: Muhammadqodir Abdullaev boks bo’yicha oltin medal sovrindori; Artur Taymazov erkin kurash bo’yicha kumush medal sovrindori; Rustam Saidov va Sergey Mixaylov boks bo’yicha bronza medali sovrindorlari bo’lishdi.
Olimpiya o’yinlari g’oliblari va barcha qatnashchilari-ni respublikamiz jamoatchiligi munosib qutib oldi. Ular O’zbekiston Prezidenti, hukumati, Davlat jismoniy tar-biya va sport qo’mitasi, sport jamiyatlari, uyushmalari rahbarlari va boshqa homiylar tomonidan munosib taq-dirlandilar.
Umuman olganda, Respublikada Olimpiya harakati va o’yinlarining muqaddas bo’lgan shiorlari: «Tezroq», «Ba-landroq», «Kuchliroq» hamda «Tinchlik», «Do’stlik» «Ham-jihatlik» kabi g’oyalari chuqur singib bormoqda. Bu fao-liyatlarni ommalashtirish ishlarida faqat O’zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo’mitasi xodimlari, uning tarmoqlaridagi mutasaddilar, Respublika Olim-piya akademiyasigina emas, balki sport tashkilotlari, ja-miyatlari, o’rta maxsus va oliy o’kuv yurtlari, sport homiy-lari, sport inshootlari xodimlari va boshqa juda ko’p tashkilotlar, muassasalar hamda rasmiy shaxslar ham yaqin-danturib ishtirok etmoqdalar.
O’zbekiston sportchilarining Olimpiya o’yinlaridagi ishtiroklari, ularning erishgan yutuqlari «Jismoniy tarbiya tarixi» darsligi va ilmiy-amaliy anjumanlar-ning ilmiy to’plamlari hamda maxsus o’quv-uslubiy qo’llan-malarda bayon etilgan.


Xulosa.
Olimpiya o’yinlari g’oliblari va barcha qatnashchilari-ni respublikamiz jamoatchiligi munosib qutib oldi. Ular O’zbekiston Prezidenti, hukumati, Davlat jismoniy tar-biya va sport qo’mitasi, sport jamiyatlari, uyushmalari rahbarlari va boshqa homiylar tomonidan munosib taq-dirlandilar.
Umuman olganda, Respublikada Olimpiya harakati va o’yinlarining muqaddas bo’lgan shiorlari: «Tezroq», «Ba-landroq», «Kuchliroq» hamda «Tinchlik», «Do’stlik» «Ham-jihatlik» kabi g’oyalari chuqur singib bormoqda. Bu fao-liyatlarni ommalashtirish ishlarida faqat O’zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo’mitasi xodimlari, uning tarmoqlaridagi mutasaddilar, Respublika Olim-piya akademiyasigina emas, balki sport tashkilotlari, ja-miyatlari, o’rta maxsus va oliy o’kuv yurtlari, sport homiy-lari, sport inshootlari xodimlari va boshqa juda ko’p tashkilotlar, muassasalar hamda rasmiy shaxslar ham yaqin-danturib ishtirok etmoqdalar.
O’zbekiston sportchilarining Olimpiya o’yinlaridagi ishtiroklari, ularning erishgan yutuqlari «Jismoniy tarbiya tarixi» darsligi va ilmiy-amaliy anjumanlar-ning ilmiy to’plamlari hamda maxsus o’quv-uslubiy qo’llan-malarda bayon etilgan.


Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Yarashev K.D. Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish. T.: 2002y. 120 – 135 betlar
2. J. Eshnazarov Jismoniy madaniyat tarixi va boshqarish T.: 2008
Qo`shimcha adabiyotlar.
3. David C.Watt Sports management and administration1998.
4. Xoldorov T.X, Nurmatov F.A., Yunusova D.S. Jismoniy madaniyat tarixi va boshqarish T.: 20082. Botirov X.A. Jismoniy tarbiya va sport tarixi. T. “O’qituvchi” 1993 y.


1David C.Watt. Sports management and administration. 1998. Р29.

Download 25.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling