Xalqaro savdo nazariyasi
eksport narxlar indeksi ei
Download 45.46 Kb.
|
xalqaro savdo nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15.4. Xeksher – Olinning neoklassik kontseptsiyasi
eksport narxlar indeksi ei
Savdo sharoiti indeksi = ---------------------------------------- 100 = ----- 100 Import narxlar indeksi Ii Indeksning o`sishi (masalan, 100 dan 105 gacha) savdo sharoitlarining yaxshilanayotganligini ko`rsatadi. YA`ni, ushbu mikdordagi importga xisob-kitob kilish uchun undan kam mikdorda eksport talab etiladi. Amaliyotda savdo sharoiti, birinchidan, tovarlar baxosi o`zgarishi xisobiga, unga bo`lgan talabning oshishi yoki kamayishiga boglik. Ayrim maxsulot ishlab chikaruvchilar (masalan, neft’ va neft’ maxsulotlari ishlab chikaruvchilar) narxlarda bo`layotgan o`zgarishlarga karamay, katta yutuklarga erishadilar. Ikkinchidan, savdo sharoiti ishlab chikaruvchilar yoki etkazib beruvchilarning bozorga moslashishiga (egiluvchanligiga) boglik bo`ladi. Uchinchidan, savdo sharoiti ishlab chikarish sharoitlari yoki maxsulotlar iste`molidagi o`zgarishlarga karab o`zgaradi. Savdo sharoiti indeksi mamlakatning xalkaro savdodagi xolati to`grisida ma`lumotlar bersada, ko`pgina kamchiliklardan xoli emas. Ularning eng asosiylaridan biri mamlakatda umumiy sharoitni yaxshilasada, sotilgan maxsulotlar mikdorini xisobga olmaydi. Boshkacha aytganda, savdo sharoiti yaxshilanishi eksport xajmi kiskarishi va import xajmi oshishiga olib keladi. Bu esa to`lov balansini yomonlashtiradi. A. Smit va D. Rikardo nazariyasida ishlab chikarishga ta`sir kiladigan eng asosiy omil mexnat xisoblangan. Maxsulotlar narxi esa ishlab chikarish xarajatlariga boglik. Keyingi tadkikotlar ishlab chikarishda asosiy omillar sifatida er, kapital kabi omillardan foyda olish imkoniyatini xisobga olgan. Agarda, mexnatning bozor baxosi ish xaki sifatida gavdalansa, kapitalning baxosi foiz stavkalari ko`rinishida, erning baxosi renta mikdorida aniklangan. 15.4. Xeksher – Olinning neoklassik kontseptsiyasi Xalkaro savdodagi zamonaviy karash tarafdorlari sifatida shved iktisodchi-olimlari eli Xeksher va Bertil’ Olinlarni (30-yillar) ko`rsatish mumkin. E. Xeksher va B. Olinlar «Ishlab chikarish omillariga boglik xolda narxlarni tenglashishi» koidasini oldinga surgan. Buning ma`nosi shundan iboratki, milliy ishlab chikarishdagi farklar ishlab chikarishning mexnat, er, kapital va shuningdek, u yoki bu maxsulotga ichki iste`moldagi o`zgarishlar kabi omillarga boglik. Ularning koidalaridagi asosiy vaziyatlar kuyidagicha keltirilgan: 1. Mamlakatlar o`zlarida ortikcha bo`lgan ishlab chikarish omilini ko`p talab kiladigan maxsulotlarni eksport kilishadi va aksincha, o`zlarida takchil bo`lgan ishlab chikarish omillarini ko`p talab kiladigan maxsulotlarni import kiladilar. 2. Xalkaro savdo yo`lidagi cheklashlar bekor kilinsa tovarlarning turli mamlakatlardagi «omil narxi» (tannarxi) ning tenglashishi kabi o`zgarishlar kuzatiladi. 3. Maxsulotlar eksporti o`rnini asta sekin ishlab chikarish omillari eksporti egallaydi. Agar mamlakatdagi bir ishlab chikarish omili mikdori bilan boshka omillar mikdori o`rtasidagi nisbat boshka mamlakatdagiga nisbatan yukori bo`lsa shu omil bu mamlakatda nisbatan ortikcha deb xisoblanadi. Xeksher-Olin kontseptsiyasiga asosan tashki savdo kuyidagi ko`rinishlarga ega: Faraz kilaylik, bir vaktda ikki mamlakat, ya`ni, «sanoatlashgan» va «agrar» mamlakat faoliyat ko`rsatmokda. Sanoatlashgan mamlakatda ortikcha kapital va ma`lum mikdorda ortikcha ishchi kuchi mavjud bo`ladi. Agrar mamlakatda esa ortikcha er mavjud, ammo kapital etishmaydi. Ayrim turdagi maxsulotlarni ishlab chikarishda kapital asosiy omil xisoblanadi. Masalan, neftni kayta ishlash, elektron mashinasozlik va mashina ishlab chikarish soxalari kam ishchi kuchidan foydalangan xolda kapital talabchan ishlab chikarish xisoblanadi. Kapital ortikchaligiga ega bo`lgan mamlakatlar aynan ushbu yo`nalishlarga ixtisoslashadilar. SHu bilan birga, don etishtirish va chorvachilik bilan shugullanadigan mamlakatlarda ko`prok er resurslari kerak bo`ladi va ular shu yo`nalishga ixtisoslashgan bo`ladilar. Xeksher–Olin kontseptsiyasini tadkik kilish borasidagi izlanishlar 50 yillarda «Leont’ev taajjubi» yuzaga kelishiga sabab bo`ldi. V.Leont’ev AKSH kapital ortikcha bo`lgan mamlakat bo`lishiga karamasdan 1947 yilda kapital talabchan emas, balki mexnat talabchan maxsulot eksport kilganligini ko`rsatib berdi. YA`ni Xeksher-Olin kontseptsiyasiga zid keladigan vaziyat yuzaga keldi. Keyingi tadkikotlar esa AKSH da kapitaldan ko`ra er va ilmiy texnik mutaxassislar nisbiy ortikcha ekanligi tasdiklandi. AKSH ishlab chikarilishida aynan shu omillar ko`prok foydalaniladigan tovarlarning sof eksportyori bo`lib chikdi. 1948 yil amerikalik iktisodchilar P. Samuel’son va V.Stolperlar Xeksher-Olin kontseptsiyasini takomillashtirishdi. Ularning nazariyasi bo`yicha xalkaro savdo – ishlab chikarish omillari bilan ta`minlanganlik darajasidan notekislik, texnologiyalarining bir-biriga mosligi, rakobatning rivojlanishi va maxsulotlarning xarakatchanligi kabi sharoitlarda mamlakatlar o`rtasidagi ishlab chikarish omillari narxlari tenglashadi. D. Rikardo modelida ishlab chikilgan va e. Xeksher, B. Olin, P.Samuel’son xamda V.Stolperlar tomonidan to`ldirilgan savdo kontseptsiyasiga nafakat mamlakatlar o`rtasidagi o`zaro foydali savdoni yo`lga ko`yish, balki mamlakatlar rivojlanishi o`rtasidagi farklarni kamaytirish vositasi sifatida xam karaladi. Download 45.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling