Xalqaro savdo tizimi reja
Klassik maktab nazariyalarini rivojlantirishga va kengaytirishga yo‘nal tirilgan nazariyalar. Bu nazariyalarga misol qilib P. Samuelson va R. Djons- larning «maxsus ishlab chiqarish omillari» nazari
Download 20.01 Kb.
|
Xalqaro savdo tizimi
1.Klassik maktab nazariyalarini rivojlantirishga va kengaytirishga yo‘nal tirilgan nazariyalar. Bu nazariyalarga misol qilib P. Samuelson va R. Djons- larning «maxsus ishlab chiqarish omillari» nazariyasini keltirish mumkin.1.Klassik maktab nazariyalarini rivojlantirishga va kengaytirishga yo‘nal tirilgan nazariyalar. Bu nazariyalarga misol qilib P. Samuelson va R. Djons- larning «maxsus ishlab chiqarish omillari» nazariyasini keltirish mumkin. 2.Klassik maktab nazariyalarini inkor etmagan holda xalqaro savdoning bu nazariyalarda o‘rganilmagan jihatlarini tahlil qilishga yo‘naltirilgan nazariyalar. Bu nazariyalarga misol qilib S. Linderning «kesishuvchan talab» nazariyasini keltirish mumkin. 3. Klassik maktab nazariyalarini inkor etuvchi va xalqaro savdoning yangi asoslarini topishga yo‘naltirilgan nazariyalar. Bu nazariyalarga misol qilib «miqyos samarasi» nazariyasini, «xalqaro savdoning dinamik modeli» nazariyasini va B. Balassaning «tarmoq ichidagi savdo» nazariyasini keltirish mumkin. Samuelson-Djons nazariyasida ishlab chiqarish omillarini ikki guruhga bo‘lish taklif etiladi: 1. Ishlab chiqarishning maxsus omillari — muayyan tarmoqlarda keng qo‘lla- niluvchi va boshqa tarmoqlarda esa deyarli qo‘llanilmaydigan ishlab chiqarish omillari. Ushbu omillar faqat bir tarmoqqa tegishli bo‘lganligi uchun tarmoqla- raro ko‘chib yurmaydi. Misol uchun, kapital sanoat tarmoqlarida keng qo‘llani- ladi, qishloq xo‘jaligida esa uning ahamiyati yuqori emas. Chunki qishloq xo‘- jaligida ishlab chiqarish omillarining revers samarasi yuqori boMganligi kapital o‘rniga mehnat resurslaridan keng foydalanish imkoniyatini beradi. Boshqa tarafdan yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan yer qishloq xo‘jaligi uchun maxsus omil bo‘ladi. Chunki sanoatda yerning unumdorlik darajasi hech qanday aha- miyat kasb qilmaydi. 2. Harakatchan omili — hamma tarmoqlarda keng qo‘llaniluvchi va shu sababli tarmoqlararo erkin harakatlanuvchi ishlab chiqarish omili. Bu omilga misol qilib mehnat resurslarini keltirish mumkin. Misol uchun, agar ishchi kuchi sanoat korxonasida o‘z ish joyini yo‘qotib qo‘ysa, u qishloq xo‘jaligiga borib ishlashi mumkin va aksincha. Bunday holatlar jahon xo‘jaligida ko‘p kuzatiladi. Ishchi- larning qishloq xo‘jaligidan sanoat tarmoqlariga o‘tishi natijasida jahon xo‘jali- gida urbanizatsiya jarayoni rivojlanib kelmoqda. Download 20.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling