Xalqarо savdо va darоmadlarning taqsimlanishi


Mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan mehnat sarfi1


Download 111 Kb.
bet3/13
Sana19.06.2023
Hajmi111 Kb.
#1615084
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
000000000000[1]

Mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan mehnat sarfi1


Movut(bir dona)

Vino( barrel)

Portugaliya

90

80

Angliya

100

120

Yuqoridagi misoldan ko`rinib turibdiki Portugaliya barcha turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega. Ya‘ni bir dona movut ishlab chiqarish uchun 90 mehnat birligi, bir barrel vino ishlab chiqarish uchun esa 80 mehnat birligini sarflaydi. Ammo, D. Rikardo Portugaliyada movut ishlab chiqarishga nisbatan vino ishlab chiqarish savdosini yo`lga qo`yish ko`proq foyda olib kelishini ta‘kidlaydi. Chunki, bir dona movutga nisbatan bir barrel vino ishlab chiqarish arzonga tushmoqda. Bunda nisbiy ustunlikdagi farq har bir millat uchun xalqaro savdoda yutuqqa olib keladi. Ya‘ni, Portugaliya bir barrel vinoni (80 birlikda) 120 birlikda Angliyaga sotsa va o`z navbatida, Angliyadan (100 birlikda) ushbu birlikda 1,2 dona movut sotib olish imkoniyatiga ega bo`ladi.
O`zida ishlab chiqarilgan mahsulotga solishtirganimizda esa 8/9 donaga ega bo`lar edi. Boshqacha aytganimizda, Portugaliyaning vino ishlab chiqarish va movutni sotib olish evaziga oladigan foydasi quyidagicha bo`ladi.
120 / 100 – 8 / 9 =1,2 - 0,(8) = 0,31 dona movut.
Angliya esa movut ishlab chiqarishda kamroq zaiflikka ega. Ya‘ni movut ishlab chiqarishga qilinadigan mehnat sarflari o`rtasidagi farq vino ishlab chiqarishdagiga nisbatan kamroq. Demak movut ishlab chiqarishga ixtisoslashish hisobiga xalqaro savdodan Angliya ham yutadi. Ya‘ni, movut ishlab chiqarib, uni Portugaliyaga sotish hisobiga 11/8 barrel vino (o`zidagiga nisbatan 5/6 barrel) sotib olishi mumkin. Ushbu vaziyatda Angliyaning yutug`i:
9 / 8 - 5 / 6 =7 / 24 = 0,29 barrel vino.
Bu misolda Portugaliya uchun har bir barrel vinoga 9/8 dona movut sotib olgandagina xalqaro sovda foydali hisoblansa, Angliya uchun esa har bir barrel vinoga 5/6 dona movut almashganda savdo foydali hisoblanadi.
Shunday qilib, erkin savdo xalqaro ixtisoslashuvni rag`batlantirib, quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: har bir mamlakat biror turdagi mahsulot ishlab chiqarishga
ixtisoslashishguncha o`tgan davrgiga nisbatan kamroq moddiy va mehnat xarajatlari sarflaydigan bo`ladi. Ammo, bu borada barcha nazariyalar ham savdoda mamlakatlarning pul birliklari ishtorokida amalga oshishi hisobga olinmagan. Chunki, mamlakatlar o`zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun valutalarini almashtirishadi. D. Rikardo ushbu vaziyatni ham tushuntirib bera olgan. U izohlaganidek yuqorida keltirilgan imkoniyat valutalarni almashtirish sharoitida ham saqlanib qoladi. Bu vaziyatda eksport-import to`lovlari o`zaro balansga ega emas. Bunday vaziyat valuta kurslaridagi o`zgarishlar hisobiga yoki biror bir mamlakatdagi barcha baholarni o`zgartirish hisobiga bartaraf etiladi. Yuqoridagi misol mavhum xususiyatga ega. U aniq vaziyatlarga asoslanishi uchun:

  • mehnat savdo qilayotgan mamlakatlar o`rtasida emas, balki mamlakat ichida harakatchan bo`lishini;

  • t ransport, bojxona xarajatlari, savdo ustamalari va boshqa cheklashlar hisobga olinmasligini;

  • m ahsulotlarning yangi namunalarni ishlab chiqarishda yangi texnika va texnologiyalarni qo`llash hamda ularni ko`p miqdorda seriyali ishlab chiqarishda xarajatlardagi o`zgarishlar e‘tiborga olinmasligini ta‘minlash imkoniyatlari yaratilishi lozim.

Angliya va Portugaliya misolida keltirilgan vaziyatlarda xalqaro savdo narxlarining keng amal qilayotgan shaklini qo`llash mumkin. Chunonchi, bir barrel Portugaliya vinosini Angliyada tannarxidan kam narxda (80) va sotib olingan bahodan (120) yuqori narxda sotmaslik kerak. Shuningdek, angliyaliklar movutidan Portugaliyada (90 dan 100 gacha) shunday tartibda sotilishi kerak.
Mahsulotlar bahosi o`rtasidagi o`zaro nisbat aniqlab olingandan keyin «savdo sharoiti» (terms of trade) tushunchasi savdo sharoitini aniqlab olish uchun esa ―savdo sharoiti indeks‖ tushunchasi kiritilgan. Bu indeks quyidagi formula orqali aniqlangan:

Download 111 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling