Xalqaro savdoning zamonaviy nazariyalari
Download 0.61 Mb.
|
1 2
Bog'liqXalqaro savdoning zamonaviy nazariyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy o‘sish sur’atining pasayishiga asosan
Mahsulot eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, mamlakat ichida qulay biznes muhitini yaratish, ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini rivojlantirish, bojxona bojlarining pasaytirilishi, subsidiyalar va imtiyozli kreditlar berish, boshqa xalqaro shartnomalar tuzish orqali milliy korxonalarning chet mamlakatlardagi faoliyati uchun 226 qulay sharoitlar yaratish kabi tadbirlar ularning raqobat ustunliklarini oshirishga xizmat qiladi.O‘zbekistonda 2018 yilda ichki iqtisodiy shart-sharoitlar milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish hajmlarining o‘sishini qo‘llab-quvvatlovchi xarakterga ega bo‘lgan bo‘lsa, tashqi shart-sharoitlar birmuncha noqulay shakllandi.Xalqaro valyuta jamg‘armasining 2019 yil yanvar oyida e’lon qilgan jahon iqtisodiyotining rivojlanish istiqbollari bo‘yicha qayta ko‘rib chiqilgan hisob-kitoblariga ko‘ra, 2018 yil yakuni bo‘yicha jahon iqtisodiyotining o‘sish sur’ati 3,7 foizni tashkil qilgan holda, 2017 yildagi ko‘rsatkichga (3,8 foiz) nisbatan 0,1 foiz bandga sekinlashganIqtisodiy o‘sish sur’atining pasayishiga asosan:Xitoyda iqtisodiy o‘sish sur’atlarining sekinlashishi natijasida jahon bozorida asosiy xom-ashyo tovarlariga talabning sust shakllanishi hisobiga ayrim xom-ashyo tovarlari narxlarining pasayishi; aksariyat davlatlarda pul-kredit siyosatining qat’iylashtirilishi sabab bo‘ldi. AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo munosabatlarida tanglikning yuzaga kelishi hamda ularning tashqi savdo siyosatlaridagi noaniqliklarning saqlanib qolinishi; Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2018 yilda o‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari hisoblangan davlatlardan xitoyda aqsh bilan "savdo urushlari"ning kuchayishi va jahon miqyosida iqtisodiy faollikning nisbatan susayishi natijasida iqtisodiy o‘sish sur’atlari 6,9 foizdan 6,6 foizgacha pasaygan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra hisobot yilida iqtisodiy o‘sish sur’ati turkiyada 7,4 foizdan 3,5 foizgacha va qirg‘izistonda 4,5 foizda 3,5 foizgacha sekinlashgan. Qozog‘istonda esa iqtisodiy o‘sish sur’ati 2017 yil darajasida (4,1 foiz) saqlanib qolgan.2018 yilda o‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari hisoblangan davlatlar milliy valyutalarining sezilarli darajada qadrsizlanishi ham tashqi iqtisodiy shart-sharoitlarning noqulay shaklanishiga o‘z ta’sirini o‘tqazdi. Xususan, xitoy yuani 2018 yil davomida aqsh dollariga nisbatan 6,5 foizga qadrsizlangan bo‘lsa, rossiya rubli 19 foizga hamda ushbu davlat iqtisodiyotiga bog‘liqlik darajasi yuqori bo‘lgan qozog‘iston tengesi 14 foizga qadrsizlandi. Turk lirasi esa 2018 yilda turkiyada kuzatilgan siyosiy-iqtisodiy nobarqarorlik va valyuta bozoridagi nomutanosibliklar natijasida hisobot yili davomida aqsh dollariga nisbatan 43 foizga qadrsizlandi.Thank you Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling