Xalqaro savdoning zamonaviy nazariyalari


Download 0.61 Mb.
bet1/2
Sana23.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1225935
  1   2
Bog'liq
Xalqaro savdoning zamonaviy nazariyalari

Xalqaro savdoning zamonaviy nazariyalari

I-80 guruh talabasi: Mirazimova Shahnoza

16-Variant

Reja:


1. Xalqaro savdoning zaruriyati va uning asosiy ko‘rinishlari.
2. Nazariyalarning rivojlanishi
3. Iqtisodiy o‘sish sur’atining pasayishi sabablari

Kirish. Hozirgi zamon iqtisodiyotining ochiqlik darajasi ya’ni mamlakatlarning ixtisoslashuvi va ular o‘rtasida kooperatsiya chuqurlashib bormoqda. Mamlakatlar o‘z iqtisodiyotini rivojlantirish,iqtisodiy muammolarni hal qilish borasida tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda bu holatlarni etiborga olishi shart.

Jahon savdosi tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy shaklidir. Uning kengayishi va chuqurlashuvi natijasida kapitalni chetga chiqarish imkoniyatlari yuzaga keldi va unga bog‘liq ravishda xalqaro moliyavaluta, kredit munosabatlari rivojlandi.

Xalqaro savdo rivojlanishining zarurligini belgilovchi ikkinchi muhim sabab shundaki hamma mamlakatlar ham barcha turdagi mahsulotni bir xil samaradorlik bilan ishlab chiqara olmaydi. Ya’ni bir tovar Yaponiyada arzon ishlab chiqarilsa, ikkinchi tovar O‘zbekistonda arzon ishlab chiqarilishi mumkin. Shu sababli resurslardan samarali foydalanish maqsadida mamlakatlar ixtisoslashadilar va o‘zaro savdosotiqni yo‘lga qo‘yadilar.


Tashqi savdo xalqaro ayirboshlashning an’anaviy shakli sifatida quyidagi ko‘rinishlarni o‘z ichiga oladi:
mahsulotlarni ayirboshlash: yoqilg‘i-xom ashyo mahsulotlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, sanoat mahsulotlari;
xizmatlarni ayirboshlash: muhandislik-maslahat xizmatlari;
transport xizmatlari, sayyohlik va boshqa xizmatlar.;
yangi ilmiy-texnik ma’lumotlarni ayirboshlash: litsenziyalar va «nou-xou»lar.
Xalqaro savdo mahsulotlari, xizmatlar va fan-texnika ma’lumotlarini ayirboshlashning barcha ko‘rinishlari tashqi savdo operatsiyalari yordamida amalga oshiriladi. Ular o‘z navbatida eksport, import, reeksport va reimport operatsiyalariga bo‘linadi..
1948 yil amerikalik iqtisodchilar P. Samuelson va V.Stolperlar Xeksher-Olin konsepsiyasini takomillashtirishdi. Ularning nazariyasi bo‘yicha xalqaro savdo – ishlab chiqarish omillari bilan ta’minlanganlik darajasidan notekislik, texnologiyalarining bir-biriga mosligi, raqobatning rivojlanishi va mahsulotlarning harakatchanligi kabi sharoitlarda mamlakatlar o‘rtasidagi ishlab chiqarish omillari narxlari tenglashadi.
D. Rikardo modelida ishlab chiqilgan va E. Xeksher, B. Olin, P.Samuelson hamda V.Stolperlar tomonidan to‘ldirilgan savdo konsepsiyasiga nafaqat mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro foydali savdoni 225 yo‘lga qo‘yish, balki mamlakatlar rivojlanishi o‘rtasidagi farqlarni kamaytirish vositasi sifatida ham qaraladi
M.Pozner, GXufbauer va R.Vernon tadqiqotlari ham nisbiy ustunlik nazariyasini yana bir bor tasdiqladi. Ular ishchi kuchi nisbatan kimmat turadigan mamlakatlarda ilg‘or texnologiyaga asoslangan mehnattalab mahsulot ishlab chiqarish baribir daromadli bo‘ladi, degan xulosaga kelishdi.
M. Porterga o‘z tadqiqotlari natijasida mamlakat tarmoqlari va firmalarining raqobat ustunligini belgilovchi omillarni ikki guruhga bo‘ladi:
    • Zarur sifatga ega va etarlicha miqdordagi ishlab chiqarish omillarinig mavjud bo‘lishi;
    • mamlakat ichida mazkur tarmoq mahsulotiga bo‘lgan talabning xususiyatlari, uning sifat va miqdor xarakteristikalari;
    • mamlakatda ushbu tarmoqqa yo‘ldosh va uni ta’minlab turuvchi,jahon bozorida raqobatbardosh bo‘lgan tarmoqlarning mavjudligi;

1.Asosiy omillar:
    • -tasodifiy hodisalar;
    • -tashqi iqtisodiy faoliyat yurituvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hukumat faoliyati.

2.Qo‘shimcha omillar:

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling