Xalqaro savdoning zaruriyati va uning asosiyko’rinishlari A. Smitning mutlaq ustunlik nazariyasi


Xalqaro savdoning zamonaviy nazariyalari


Download 0.77 Mb.
bet5/6
Sana22.06.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1650557
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MURAMBAR

16.5.Xalqaro savdoning zamonaviy nazariyalari
1948 yil amerikalik iqtisodchilar P. Samuelson va V.Stolperlar Xeksher-Olin kontseptsiyasini takomillashtirishdi. Ularning nazariyasi bo’yicha xalqaro savdo – ishlab chiqarish omillari bilan ta’minlanganlik darajasidan notekislik,
texnologiyalarining bir-biriga mosligi, raqobatning rivojlanishi va mahsulotlarning
harakatchanligi kabi sharoitlarda mamlakatlar o’rtasidagi ishlab chiqarish omillari narxlari tenglashadi.
D. Rikardo modelida ishlab chiqilgan va E. Xeksher, B. Olin, P.Samuelson hamda V.Stolperlar tomonidan to’ldirilgan savdo kontseptsiyasiga nafaqat
mamlakatlar o’rtasidagi o’zaro foydali savdoni yo’lga qo’yish, balki mamlakatlar rivojlanishi o’rtasidagi farqlarni kamaytirish vositasi sifatida ham qaraladi
Shuningdek M.Pozner, GXufbauer va R.Vernon tadqiqotlari ham nisbiy ustunlik nazariyasini yana bir bor tasdiqladi. Ular ishchi kuchi nisbatan kimmat turadigan mamlakatlarda ilg’or texnologiyaga asoslangan mehnattalab mahsulot
ishlab chiqarish baribir daromadli bo’ladi, degan xulosaga kelishdi. Masalan, mehnattalab sintetik gazlamalarni dastlab fakat ilmiy-gexnikaviy salohiyati yuqori bo’lgan mamlakatlardagina ishlab chiqarish mumkin edi. So’ngra, bu texnologiyani o’zlashtirilishi va keng yoyilishi tufayli sintetik gazlamalarni ishlab chiqarish ishchi kuchi arzon bo’lgan rivojlanayotgan mamlakatlarga xam ko’cha boshladi. Buning natijasida G’arb ilmiy-texnikaviy omil tufayli o’zi ega bo’lgan nisbiy ustunlikni qullay boshladi.
M. Porterga o’z tadqiqotlari natijasida mamlakat tarmoqlari va firmalarining raqobat ustunligini belgilovchi omillarni ikki guruhga bo’ladi:
  • Asosiy omillar:

  • -zarur sifatga ega va etarlicha miqdordagi ishlab chiqarish omillarinig mavjud bo’lishi;
    -mamlakat ichida mazkur tarmoq mahsulotiga bo’lgan talabning xususiyatlari, uning sifat va miqdor xarakteristikalari;
    -mamlakatda ushbu tarmoqqa yo’ldosh va uni ta’minlab turuvchi, jahon bozorida raqobatbardosh bo’lgan tarmoqlarning mavjudligi;
    -firmaning strategiyasi, shuningdek ichki bozordagi raqobat xarakteri
  • Qo’shimcha omillar:

  • -tasodifiy hodisalar;
    -tashqi iqtisodiy faoliyat yurituvchi korxonalarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha hukumat faoliyati.
    Mahsulot eksport qiluvchi korxonalarni qo’llab-quvvatlash, mamlakat ichida qulay biznes muhitini yaratish, ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini rivojlantirish, bojxona bojlarining pasaytirilishi, subsidiyalar va imtiyozli kreditlar berish, boshqa xalqaro shartnomalar tuzish orqali milliy korxonalarning chet

XULOSALAR
Xalqaro savdo ikki muhim ob’ektiv sabab-resurslarining mamlakatlar o’rtasida bir tekis taqsimlanmaganligi hamda mamlakatlarda ishlab chiqarish kuchlarining bir xil rivojlanmaganligiga ko’ra paydo bo’lgan.
Xalqaro savdoga mahsulotlarni ayirboshlash, xizmatlarni ayirboshlash va yangi ilmiy-texnik ma’lumotlarni ayirboshlash kiritiladi. Bu ayrboshlashlarning barcha ko’rinishi tashqi savdo operatsiyalari - eksport va import operatsiyalari yordamida amalga oshiriladi.
Xalqaro savdo nazariyasining klassik ko’rinishlari A. Smitning «Mutloq ustunlik» va D. Rikardoning «Nisbiy ustunlik» nazariyalaridir.
D.Rikardoning nisbiy ustunlik nazariyasi mutlaq ustunlikka ega bo’lmagan mamlakatlar ham tashqi savdodan foyda ko’rishi mumkinligini asoslab beradi.
Xeksher-Olinning neoklassik kontsepsiyasi «Nisbiy ustunlik» nazariyasini omillar bilan ta’minlanganlik nuqtai nazaridan izohlab berdi.
Erkin savdo yo’lidagi to’siqlarni bartaraf qilish resurslarni samarali taqsimlanishga yo’l ochib, provardida barcha mamlakatlar uchun iqtisodiy yutuq olib kelishi savdo nazariyalarida isbotlab berilgan.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling