Xalqaro standartlar muommosi


Demokratik islohotlar va saylov qonunchiligi


Download 107.5 Kb.
bet2/6
Sana01.05.2023
Hajmi107.5 Kb.
#1419465
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
XALQARO STANDARTLAR MUOMMOSI

2. Demokratik islohotlar va saylov qonunchiligi
Saylov qonunchiligi va amaliyoti O`zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning tarkibiy qismidir. O`zbekiston- yosh mustaqil demokratik davlat. Mustaqillik yillari – bu ma`muriy-buyruqbozlik tizimidan demokratik huquqiy davlat sari qo`yilgan dadil qadamlar yillaridir. Sovet imperiyasida saylov tizimi ham totalitar tuzumning tarkibiy qismi edi. Saylovchi psixologiyasida demokratik saylovlarga ishonch ruhi yo`q edi. Bu psixologiyani o`zgartirish O`zbekistonda amalga oshirilayotgan saylov borasidagi demokratik islohotlarning ustuvor maqsadidir.
O`zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik o`zgartishlarning mantig`i, tamoyillari quyidagilarda namoyon bo`ladi:
birinchidan, asta-sekinlik va bosqichma-bosqich harakat qilish va islohotlarni amalga oshirish;
ikkinchidan, demokratik o`zgarishlar darajasining xalq ruhiyatiga, mentalitetiga mosligi;
uchinchidan, tarixiy-milliy tajribaga tayanish;
to`rtinchidan, xalqaro huquq andozalari va talablarini e`tiborga olish;
beshinchidan, ilg`or xorijiy tajribani hisobga olish.
Shuning uchun, yangi saylov qonunchiligi va amaliyoti taraqqiyotini mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik siyosiy va huquqiy islohotlarning uzviy tarkibiy qismi deb qarash kerak.


3. O`zbekistonda saylov qonunchiligini rivojlanish bosqichlari
O`zbekiston saylov qonunchiligining asosiy maqsadi: samarali, ishchan, professional vakillik organlarini saylash va yuqori fuqarolik va huquqiy madaniyatli saylovchilarni shakllantirishdir.
Istiqlol yillarida O`zbekistonda saylov qonunchiligi uch bosqichni bosib o`tdi.
Birinchi bosqich: bir palatali parlamentga saylovlar bosqichi, ya`ni bu bosqich Sobiq Ittifoq davridan boshlangan bo`lib, to 2004 yilga qadar davom etgan. Bu bosqichda ilk bor O`zbekistonda muqobil (alternativ) ko`ppartiyaviylik asosida Prezidentlik saylovlari bo`lib o`tdi va saylovlar to`g`risidagi bir qator qonunlar qabul qilindi.
Bu bosqichda Konstitutsiyada saylov tizimining asoslari mustahkamlandi, saylovlar to`g`risidagi qonunlar asosida, ko`ppartiyaviylik asosida birinchi marta o`zbek parlamenti – Oliy Majlis saylandi.
Ikkinchi bosqich: ikki palatali parlamentga saylovlar bosqichi, ya`ni 2004 yildan boshlandi. Bu bosqichda amaldagi saylov qonunlari asosan Oliy MAjlis Qonunchilik palatasi va Senatiga saylovlar bo`lib o`tdi. O`zbekistonda saylov tizimi har bir bosqichda huquqiy asosda amalga oshirildi va jamiyatda, davlatda muayyan institutsiyaviy o`zgarishlar bilan davom ettirildi.
Saylov huquqining rivojlanishi va uning qo`llanilishi- bu demokratik islohotlarning tarkibiy qismi sifatida qaralmog`i kerak. O`tgan davrda nafaqat saylov qonunchiligimiz o`zgardi, rivojlandi, balkim saylov tizimining asosiy «figurasi» saylovchi, ongi, ruhiyati o`zgardi.


4. O`zbekiston Respublikasi saylov qonunchiligi tizimi
Mustaqillik yillarida O`zbekistonda yangi saylov qonunchiligi tizimi yaratildi. Shuni alohida ta`kidlash joizki, O`zbekistonning yangi saylov qonunchiligi tizimi nafaqat bevosita saylov to`g`risidagi qonunlarni, balkim saylovlarga bevosita taaluqli yana bir qator qonunlarni o`z ichiga oladi.
Янги сайлов қонунчилиги тизимига қайси қонунлар киради?
Birinchidan, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kiradi. Konstitutsiya- saylov qonunchiligi tizimining o`zagini, yadrosini, umurtqasini tashkil etadi.
Saylov qonunchiligi tizimiga, ikkinchidan, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to`g`risidagi qonun; uchinchidan, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g`risidagi qonun; to`rtinchidan, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov to`g`risidagi qonun; beshinchidan, Markaziy saylov komissiyasi to`g`risidagi qonun; oltinchidan, fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to`g`risidagi qonun kiradi.
Sanab o`tilgan 5 ta qonun bevosita saylovlarga bag`ishlangan qonunlardir. Ularni bevosita saylov to`g`risidagi qonunlar deb atash mumkin.
Bundan tashqari saylov qonunchiligi tizimiga yana bir qator boshqa qonunlar kiradi. Bu ikkinchi guruh qonunlarning huquqiy tartibga solish predmeti bevosita saylovlar bo`lmasada, ular saylovlarni u yoki bu jihatlarini tartibga soladi. Bunday qonunlar jumlasiga quyidagilar kiradi: “Ommaviy axborot vositalari to`g`risida”gi qonun, Ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi kodeks, Jinoyat Kodeksi, “Siyosiy partiyalar to`g`risida”gi qonun, “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to`g`risida”gi qonun, “Jamoat birlashmalari to`g`risida”gi qonun, “Fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlari to`g`risida”gi qonun, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida”gi qonun, “Prokuratura to`g`risida”gi qonun, Fuqarolik protsessual Kodeksi. Yana shu kabi bir qator qonunlarni saylov qonunchiligi tizimiga kiritish mumkin.
Demak, O`zbekiston saylov qonunchiligi tizimi ikki guruh qonunlardan tashkil topadi: birinchisi, Konstitutsiya va bevosita saylov to`g`risidagi qonunlar; ikkinchisi, u yoki bu jihatdan saylov masalalarini tartibga soladigan qonunlar.



Download 107.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling