Xalqaro tajribalarni o‘rganishning mohiyati nimalardan iborat


Download 26.71 Kb.
bet1/2
Sana20.10.2023
Hajmi26.71 Kb.
#1711750
  1   2
Bog'liq
6-bilet


Bilet 6

  1. Ota – onasiz va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar qaramog‘isiz qolgan nogiron bolalarni oilaga joylashtirishning alternativ shakllari?

  2. Maxallalarda nogiron bolalarni oilasi bilan ishlashda asosiy mashg‘ulotlar diqqatni nimaga qaratish kerek?

  3. Xalqaro tajribalarni o‘rganishning mohiyati nimalardan iborat.

  4. Aqli zaif bolalarni o‘qitish va tarbiyalashda oilaning ahamiyati.

  5. Yordamga muhtoj bolalar shaxsini rivojlantirishda maxsus muassasa mutaxasisslarning ish tizimini o‘rganish

JAVOBLAR
1.Bugungi kunda aholining maxsus qaramog‘iga muhtoj toifalari orasida – yetim bolalar hamda ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar alohida o‘rin tutadi. Jamiyatning asosiy vazifasi – bu bolalarni to‘laqonli ravishda sog‘lom fikrlaydigan, jamoaviy hayotga moslasha oladigan fuqarolar sifatida voyaga yetkazish va ularga keyinchalik ijtimoiy holatlarga ko‘nikishlarida kasbiy hamda turli xil hayotiy ko‘nikmalarni singdirishdir. Nogironligi mavjud bo„lgan bolani oila muhitida voyaga yetkazish barcha oila a’zolarini qamrab oladigan kundalik mashaqqatli jarayondir. Nogironligi mavjud bolalar ota-onalari farzandlari dunyoga kelganda vaziyatni qabul qilishlari va unda ijobiy tomonlarni ko’rishga intilishlari zarur. Farzandlar ulg’ayishar ekan ular qanday hold abo’lishlaridan qat’i nazar otaonalari ularni sevishlarini bilishlari juda ham muhim. Bolalar ota-onalarning har bir so’zi va his tuyg’ulariga ta’sirchandirlar. Ular yaqinlarining har bir harakatini darrov o’zlariga singdirib oladilar. Shuning uchun ham tushunish, qabul qilish va mehr-muhabbat nogironligi mavjud bolani tarbiyalashning asosiy tamoyili sanaladi.


Patronat - yetim va ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalarni hokimiyat, vasiylik va homiylik tashkilotlari tomonidan oilalarga joylashtirish shakli. Patronat oilaga joylashtirilgan bola homiylik ostidagi oila bilan birga, davlatdan moddiy yordam olishni oʻz ichiga olgan pullik vasiylikni anglatadi. Patronat vasiylik va homiylik organlari va ota-onalar oʻrtasidagi maxsus shartnoma asosida beriladi. Homiylik tizimi oilada asrab olishni istamaydigan - sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar yoki aka-uka va opa-singillari boʻlgan bolalarni joylashtirish imkonini beradi.
Oʻzbekistonda patronat tizimi Oila kodeksi (195-modda) asosida qonunchilik bilan belgilanadi.


2. Hozirgi kunda alohida e’tiborga muhtoj bolalar tarbiyasi va ushbu ta’limning o’ziga xos xususiyatlarini tadqiq etish zamonaviy pedagogikaning eng dolzarb masalalaridan biridir. Oila instituti nogironligi mavjud bolalarning shaxsiyatini shakllantiradigan maskan sifatida uning kelajakdagi rivojlanishda muhim rol o’ynaydi. Bolaning jamiyat bilan muloqotga kirishishi ham, o’zini erkin shaxs sifatida ko’ra bilishi ham aynan oila orqali amalga oshadi. Bolaning oilasi, yaqinlari uni tashqi olam bilan bog’lab turuvchi zanjir kabidir. Shuningdek jamiyatning bo’g’ini bo’lmish mahalalarda bunday oila vakillari uchun alohida e’tibor talab qilinadi. Alohida e’tiborga muhtoj insonlarga bo’lgan munosabat o’sha jamiyatning insonparvarlik ko’rsatkichini ham o’zida aks ettiradi. Nogironligi bo’lgan bolalarni to’g’ri tarbiyalash, ularning kelajakda hayotda o’z o’rinlarini topishlari va yaqinlari qaramog’iga muhtoj bo’lmasliklari jamiyatning o’z oldiga qo’ygan asosiy maqsadlaridan biri bo’lishi zarur.
Savollarda keltirilgan masalalarning bari birinchi qadamdan – jamiyat bilan muloqotga kirishishdan boshlanadi. Ko’pchilik ota-onalar nogironligi mavjud farzandlarini jamiyatdan o’zlari anglamagan holda ajratib qo’yadilar. Bu esa muloqot qobiliyati rivojlanishiga to’sqinlik qilib, bolaning ijtimoiylashuvini ortga suradi. Aslini olganda ota-onalar xolislik nazari bilan farzandlarining o’z qobiliyatlarini yuzaga chiqarishlari uchun harakat qilishlari darkor.
Bolaning jamiyatda o‘zini erkin his qilishi uning oiladagi erkinligidan boshlanadi. Nogironligi bo‘lgan bolalarning o‘z tengqurlari bilan muloqotga kirishishi hamda turli xil tadbirlarda ishtirok etishlari juda ham foydali. Bundan tashqari, farzandlariga mustaqil qaror qabul qilishlariga imkon beruvchi ota-onalar farzandlarida ma’suliyat va javobgarlik tuyg’ularini ham shakllantirib boradilar. Ota-onalarning har bir so’zi, xatti-harakati nogironligi bo’lgan bolalarga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Bola ota-onasida eng yaxshi namunani ko’rishi eng muhim omil.
Bolaning ongida o‘z kamchiligidan foydalanish kabi ruhiyatning shakllanmasligi ota-onalarning birinchi galdagi vazifalaridir. Buning uchun ba‟zi hollarda haddan ortgan talablar rad etilishi ham foydali bo’lishi mumkin. Buning uchun, albatta, o’qituvchi va boshqa mutaxassislarning maslahatlarini tinglash va unga amal qilish lozim. Nogironligi bo’lgan bolani tarbiyalash ota-onadan ham katta ma’naviy va jismoniy kuchni talab etadi. Bunda ota-onalarning o’z salomatliklariga e’tiborli bo’lishlari, hissiy muvozanatni va nekbinlikni saqlay bilishlari lozim. Bunday ota-onalar farzandlarini boshqa sog’lom bolalar bilan solishtirmasliklari darkor. Bunda ota-ona farzandlarining rivojlanish darajasini xolis baholay bilishlari, standart me’yorlarga emas farzandlarining erishgan yutuqlariga e’tibor qaratishlari zarur. Nogironligi bo’lgan bolaning g’ayritabiiy xatti-harakatlari sabab odamlardan uzoqroq tutilishi ota-onaning noto’g’ri tanlovidir. Bundan tashqari boladagi muammolarni aniqlash va ularni tuzatish choralarini topish uchun ham tabiiy shartsharoit zarur


3. Dunyo tajribasiga ko‘ra - yetim bolalar va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar, asosan, tezkor ravishda har bir bolaga oila topilguniga qadar vaqtinchalik patronat uylari, shelter yoki maktab-internatlariga: bolalar mehribonlik uylari, bolalar (go‘dak) uylari, umumiy maktab-internatlar, nogiron bolalar uchun maktabinternatlarga joylashtirilib, jamiyatdan uzilmagan holda bilim va tarbiyaga yo‘naltiriladilar.
Hozirgi davr globallashuv jarayonida yetim bolalar va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar hayotini tartibga solishning xorij tajribasi o‘ta muhim sanalib, bunda bolalar hayotida ijobiy o‘zgarishlarga erishish hamda ularni jamiyatga moslashib ketishlarida xorijiy tajribani mahalliy ijtimoiy amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari va implementatsiya – eng dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni oilalarga jalb qilish, oiladagi tarbiya va uning samaradorligini va bolalarni ijtimoiy himoya qilish muassasalari faoliyatini baholash o‘ta muhimdir. Bunda yetimlar va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar hayotidagi xorijiy tajriba ichki ijtimoiy amaliyotga tatbiq etiladi, aholini ichki ijtimoiy himoya qilish tizimining imkoniyatlari va cheklovlari hisobga olinib, shuningdek yetimlar va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar oilalarga muvaffaqiyatli joylashtiriladi. Bolalar bilan ishlash ijtimoiy muassasalarining samaradorligini oshirishga qaratilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar hayotini jamiyatga moslashtirish asosida xospislarni ochish, murakkab vaziyatga tushgan voyaga yetmaganlar uchun maxsus shelterlarni yaratish modelini ishlab chiqish ham jamiyatimiz oldida turgan konseptual vazifalardandir.
Ijtimoiy yetimlikni yanada kamaytirish, yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish, ularning jadal ijtimoiy moslashuvi uchun keng imkoniyatlar yaratish, tarbiya muassasalarining ish faoliyatini yaxshilash, shuningdek, jismonan sog‘lom va ma’naviy yetuk avlodni tarbiyalashda oilaning rolini mustahkamlash maqsadida quyidagi takliflarni keltirib o‘tish o‘rinli:


  1. Download 26.71 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling