Xalqaro tashk
Download 1.32 Mb.
|
Iqtisodiy rivojlanishning umumjahon tomonlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- II B O B. IS L O M TAR A Q Q I Y O T BANKI VA UNI MAMLAKATL A R I Q TI S
- 2.2 Islom t a r aq q i y o t ban k i va a ’ z o m a m l a k
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar
Umumiy huquq doirasi keng bo’lgan tashkilotlar Ixtisoslash-gan tashkilotlar Muvofiq-lashtiruvchi tashkilotlar Birlashti-ruvchi tashkilotlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Arab davlatlari ittifoqi BMT savdo va taraqqiyot bo’yicha Anjumani Savdo va sanoat sohasida Umumjahon savdo tashkiloti Sanoat rivojlanishi bo’yicha tashkilotlar Moliya-kredit sohasida Xalqaro valyuta fondi Umumjahon
va boshqalar Osiyo taraqqiyot
Shimoliy Amerika mamlakatla ri iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Islom taraqqiyot banki Keyingi yillarda xalqaro tashkilotlarning soni tez ko’paya boshladi. Bular davlat guruhlarini hududiy belgisi bo’yicha yoki iqtisodiy faoliyatning ma’lum sohalaridan manfaatdorlikning umumiyligi asosida birlashtiruvchi tashkilotlardir. Bunday tashkilotlar savdo, ishlab chiqarish, transport, valyuta-moliya operatsiyalari va boshqa sohalarda ham yuzaga keldi. II BOB. ISLOM TARAQQIYOT BANKI VA UNI MAMLAKATLAR IQTISODIYOTIDAGI AHAMIYATI 2.1. Islom taraqqiyot banki va uning faoliyat mehanizmi Islom Tarraqqiyoti Banki (ITB) ba'zi manbalarda Islom Rivojlanish Banki - ko'p tomonli moliya instituti hisoblanib, 1-Islom Konferensiyasi Tashkiloti (hozirda Islom Hamkorlik tashkiloti) tomonidan arab mamlakatlari Moliya vazirlari tomonidan ta'sis etilgan. Islom taraqqiyot banki 1973-yil Jiddada Islom konferensiyasi tashkilotining a’zo-davlatlari deklaratsiyasi imzolanganidan keyin 1974-yilda tashkil qilindi, o’z faoliyatini rasmiy ravishda 1975-yil 20-oktabrdan boshlagan. Bankning moliyaviy resurslari ustav kapitali va qo’shimcha moliyaviy vositalaridan iborat. Moliyaviy faoliyatlarning kengayishi natijasida bank qo’shimcha manbalar bilan ta’minlandi: 1980-yilda sarmoya-depozit rejasi ishga tushgan. Bu reja sarmoyadorlar uchun bankka moliyaviy yordam berishda qatnashish orqali qisqa muddatli sarmoyalarni amalga oshirish uchun islom muqobilini beradi. Ushbu tizim asosida bank nafaqat yakkaholdagi omonatchidan, balki tashkilotlardan ham „Importga moliyaviy yordam berish operatsiyalari“ dasturini amalga oshirish uchun depozitlar qabul qiladi Tashkilotga 56 ta mamlakat a'zo bo'lib, quyidagi davlatlar bankni asosiy moliyalashtiradigan mamlakatlar hisoblanadi: Saudiya Arabistoni Liviya Eron Nigeriya Qatar Misr Turkiya Birlashgan Arab Amirliklari Quvayt 1987-yilda „Islom banklari portfeli“ tashkil qilingan. Ushbu tashkilot a’zo bo’lgan davlatlararo savdo-sotiq moliyaviy qo’llab quvvatlash uchun sarmoyadan foydalanish, hamda qimmatbaho qog’ozlar va lizing bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalarni amalga oshirish maqsadida ochilgan. Shariat normalariga asosan bunga naqd pul va qarzlar kirmaydi. 1988-yildan savdo-sotiqqa uzoq muddatli moliyaviy yordam berish rejasi amalga oshirila boshladi. Ushbu reja importga moliyaviy yordam berish programmasini to’ldiradi va IKTga a’zo bo’lgan davlatlarning an’anaviy bo’lmagan tovarlari eksportini kengaytirishda ko’mak beradi. Bu esa IRBga a’zo bo’lgan davlatlardan eksport qilish uchun kerakli moliyaviy vositalar bilan 6 oydan 60 oygacha bo’lgan muddatga jalb qilish orqali amalga oshiriladi. 1989-yilda alohida investitsion fond tashkil qilingan. Uning maqsadi qo’shimcha moliya resurslarini jalb qilish va ularni shariatga asoslangan holda sarmoyalashtirish. Tashkilotning asosiy maqsadi a’zo mamlakatlarning, shariatga asoslangan musulmon jamoalarining, iqtisodiy rivojlantirish va ijtimoiy taraqqiyotiga ta’sir o’tkazishdan iborat. Islom taraqqiyot banki quyidagi vazifalarni o’z oldiga qo’yadi: aksionerlik kapitaliga vositalarni sarmoyalashtirish; ishlab chiqarish korxonalari va loyihalariga qarzlar berish; a’zo-davlatlarga iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi maqsadida boshqa shakllarda moliyaviy yordam berish; aniq maqsadlar uchun tuziladigan maxsus fondlarni boshqarish; (nomusulmon davlatlardagi musulmon jamoalariga yordam fondi shular jumlasidan) moliyaviylashtirish uslublari vositasida moliyaviy resurslar yo’naltirish va depozitlarini qabul qilish; a’zo davlatlarga texnik yordam ko’rsatish; bepul kreditlar berish; musulmon davlatlarning rivojlanishi bo’yicha tashkilot a’zolarini o’qitishda xizmatlar ko’rsatish Yuqorida ta’kidlangandek, Islom taraqqiyot banki tarkibiga 56 ta mamlakat kiradi va ular ITB guruhini tashkil qiladi. ITB guruhi keng ko'lamli ixtisoslashtirilgan va integratsiya faoliyati bilan shug'ullanib, ularga quyidagilar kiradi: Davlat va xususiy sektor loyihalarini moliyalashtirish; Qashshoqlik kamaytirishga ko’maklashish; Salohiyatni oshirish uchun texnik yordam ko’rsatish; A'zo mamlakatlar o'rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yo’lga qo’yish; Savdoni moliyalashtirish; Kichik va o’rta biznesni mliyalashtirish; Resurslardan oqilona foydalanish; Islom moliya institulariga to’g’ridan – to’g’ri investitsiyalarni jalb qilish; Investitsiya va kredit eksportini muhofaza qilish; Tashkilotga a’zo mamlakatlar va a’zo bo’lmagan musulmon davlatlariga maxsus yordam ko’rsatish; Favqulodda yordam ko’rsatish; A’zo mamalakatlarda xususiy va davlat tashkilotlariga maslahatlar berish. Islom taraqqiyot banki guruhi bosh ofisi Saudiya Arabistonining Jedda shahrida joylashgan bo’lib, uning to’rta davlatda filiallari joylashgan. Ular quyidagilar: Bundan tashqari a’zo mamlakatlarning 15 tasida bankning vakillari bor. Xususiy sektorni rivojlantirish bo’yicha hamda investitsiyalar va eksportni sug’urtalash bo’yicha Islom korporatsiyalarining ham Dubay va BAA da filiallali mavjud. Dastlabki ikkita filial 2012 yilda Turkiya va Indoneziyada, keyinchalik 2013 yilda Bangladesh, Nigeriya va Misrda ochilgan. 1975 yildan, ya’ni ITB ochilishidan boshlab unga Ahmad Muhammad Ali Al - Madani boshchilik qiladi. Uni faoliyati jamiyat va uning a’zolari hayot farovonligini oshirishga qaratilgan. Ijrochi direktorlar kengashi bankning barcha operatsiyalari va siyosati uchun javobgar hisoblanadi. Hozirgi paytda IDK 18 ta a’zodan tashkil topgan bo’lib, ulardan to’qqiztasi asosiy aksionerlar bo’lgan davlatlardan, qolgani esa boshqa a’zo mamlakatlar ichidan saylanadi va IDKning vakolat muddati uch yil hisoblanadi. Jadval ma’lumotlari asosida shuni ko’rish mumkinki, bankning asosiy kapitalining 43 foizi energetika sohasiga jalb qilinar ekan. Bunga sabab shuki, tashkilotga a’zo davlatlar asosan energetika mahsulotlariga boy hisoblanadi. ITB ning asosiy ta’minotchi davlatlari bo’lgan Saudiya Arabistoni, Eron, Qatar davlatlari neft xom ashyosiga juda boydir. Keying o’rinda 11,9 foiz bilan moliya sohasi turadi, undan keyin esa sanoat asosiy o’rinlardan birini egallaydi. Eng kam mablag’ ajratiladigan soha ko’chmas mulk hamda informatika va aloqa sohasi hisoblanib,ularning ulushi bir foizdan ham kamroqdir 2.2 Islom taraqqiyot banki va a’zo mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari Islom Taraqqiyot Banki dastlab tashkil etilganida unga 22 ta davlat a’zo bo’lgan bo’lib, bugungi kunda ularning soni 56 taga yetgan. Ularning tarkibi quyidagicha:
Afrika – 27 ta Osiyo – 26 ta Lotin Amerikasi - 1 ta Yevropa – 2 ta Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling